Smartfonning umrini uzaytiradigan 10 amaliy maslahat

Keraksiz habarnomalarni imkon qadar oʻchirishga xarakat qiling, chunki ular koʻp energiya sarflanishiga olib keladi. Bundan tashqari, koʻpincha push-habarnomalar uskunangiz zahiralariga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Xatto eng ilgʻor uskunalarga ham dam berish kerak, shuning uchun goh-gohida, jumladan tun paytida yoki hech boʻlmasa bir-ikki soatga uni oʻchirib qoʻying. Bunday harakatlardan keyin uning ishlash samaradorligi sezilarli darajada ortadi.

Ekran yorugʻligining pasaytirilishi shunday natija beradiki, uning quvvati ancha uzoqroq muddatga yetadi. Bundan tashqari, bu smartfon egasi koʻzining nuriga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Bu vazifalarni ulardan foydalanmagan paytda oʻchirib qoʻying. Akkumulyator ular uchun quvvatining koʻp qismini sarflaydi va niyati buzuq odamlarga sizning shaxsiy maʼlumotingiz uchun yoʻl ochib beradi.

Xattoki eng mustahkam telefonlar ham ob-havo sharoitlaga nisbatan oʻta bardoshli boʻlsa olmaydilar. Shu sababga koʻra, mutaxassilar smartfonni quyosh charaqlab turganda yoki kuchli ayoz paytida choʻntak yoki sumkadan zaruratsiz chiqarmaslikni tavsiya etadilar. Yuqori namgarchilik sharoiti ham huddi shunday tarzda telefonning ishida oʻz salbiy taʼsirlarini namoyon qiladi, shuning uchun, bu qoidaga koʻchada qor yoki yomgʻir yoqqan paytda ham albatta amal qilinishi kerak.

Mutaxassislar geolokatsiya optsiyasini oʻchirish va uni zaruratsiz ishlatmaslikni tavsiya qiladilar. Bu smartfondagi akkumulyatorning quvvatiga juda kuchli taʼsir koʻrsatadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ayrim gʻalamis kimsalar sizning hozirgi paytda qaerda ekanligingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotga aynan shu orqali ega boʻlishi mumkin. Bu esa xavfsizlik qoidalariga sira ham toʻgʻri kelmaydi.

Ishonchli manbalardan bu xaqda koʻplab maʼlumotlarni topish mumkin. Ularga qaraganda zamonaviy smartfonlarni 100% lik quvvat bilan "oziqlantirish"dan koʻra, uni 40-80% gacha quvvat bilan toʻldirish ancha "foydaliroq" emish.

Batareyani quvvat tamom boʻlguniga qadar ishlatishni faqatgina yangi smartfon uchungina qoʻllash mumkin. Undan keyin, yaxshisi, telefon quvvatini nazorat qilib, vaqtida zaryad qilib turish va tamomila zaryadsiz qoldirmaslik lozim.

Original quvvatlash moslamasining arzon analogidan foydalanish — smartfonning "sogʻligʻi"ga salbiy taʼsir koʻsatishi mumkin. Birinchidan, bunday moslamalar yuqori sifatga ega emas va tezda ishdan chiqadi, ikkinchidan, ular aloqa vositangizning akkumulyatoriga oʻta yomon taʼsir koʻrsatadi.

Smartfonning razyomlari doimo choʻntakdan, sumkalardan va boshqa changli joylardan ilashtirilgan chang zarralaridan aziyat chekadi. Aynan shunday holatlar smartfonning buzilishiga sabab boʻlishi ham mukmin. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun esa barcha razyomlarni havoga toʻldirilgan ignali shprits yordamida ehtiyotkorlik bilan tozalab turish maqsadga muvofiq.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



