Foydali

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Normal sochlar- ular yoruqlikda jilvalanib turadi, koʻrinishi sogʻlom, gullashga moyilligi yoʻq, “koʻnikuvchan” va oʻzining elastikligi bilan ajralib turadi. Yana bir ijobiy jihati shundaki, sanab oʻtgan hususiyatlarimizni soch yuvilganidan bir necha kun oʻtgan boʻlsada saqlab qoladi.

Yogʻli sochlar- yoqimsiz yaltirashi bilan ajralib turadi.  Tez formasini yoʻqotadi va alohida boʻlaklarga ajralib qoladi. Oʻzidan yoqimsiz hid taratadi hamda “quloqsiz” boʻlib qoladi. Bundan tashqari yogʻli sochlar yogʻli qazgʻoqlarni ham oʻzida jalb qiladi.

Quruq sochlar- xira tusli ( jilvakorlik hususiyatidan yiroq), tez sinuvchan, chigallashuvchi, gullashga moyil, mayda qazgʻoqli boʻladi.

Koʻpincha soch quruqligiga notoʻgʻri parvarish ham sabab boʻladi: muntazam yuvish, soch quritishda fenning issiq haroratidan foydalanish.

Aralash soch turi – bu turga uzun sochlar kiradi desak adashmaymiz. Uzun sochlar butun uzunligi boʻylab bir xil holatda boʻlmaydi. Ildiz qismi yogʻli uchlari esa quruq holatda boʻladi. 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Normal sochlar parvarishi

Yuvish. Normal sochlarni haftada bir marotaba, iliq suvda aynan oʻz turi uchun moʻljallangan shampun bilan yuvish ayni muddao.  Yuvishdan oldin sochlar taraladi va shampunga bir oz suv qoʻshib yuboriladi. Sochni  iliq suv bilan bir hil chayib  olinib, suv aralashtirilgan shampunni sochning hamma joyiga bir hil taqsimlab surtish kerak. Soch ildizlarini barmoq uchi bilan massaj qilingan holatda shampunni koʻpirtirib bir marotaba yuvishning oʻzi kifoya.

Chayish

Lavr yaprogʻi 50gr

1 litr suv

Suvga lavr yaprogʻI bargini qoʻyib 5 daqiqa qaynatamiz. Sovutib, yoʻriqnoma boyicha foydalanamiz.

Normal sochlar yuvilganidan soʻng jilvakor boʻlishi uchun yana quyidagi usul bilan chayish tavsiya etiladi:

1 osh qoshiq olma sirkasi

1 litr suv.

Endigi qaynatmani soch toʻkilishining oldini olish uchun ishlatsa boʻladi:

Quritilgan yoki yangi maydalangan qichitqi oʻti(1osh qoshiq);

Suv (200-250ml).

Qichitqi oʻtining ustiga qaynoq suv quyiladi, pas olov yoki suv hammomiga 10 daqiqaga qoʻyiladi. Soʻngra ustini yopib qoʻyib yarim soatga tindirib qoʻyiladi.

Limonli chayish

-100 ml limon sharbati

-1 litr suv

Limon sharbati sochlarga beqiyos jilo bogʻishlab, ularni bir tekis koʻrinishga keltiradi, yumshoqlik va mayinlik bagʻsh etadi.

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Yogʻli sochlarni parvarishlash

Yuvish. Yogʻli sochlarni kirlanishi bilan yuvish kerak. Yogʻli sochlarni boshqa turdagi sochlar uchun moʻljallangan shampun bilan yuvish aslo mumkin emas. Yogʻli turdagi sochlarni  toʻgʻri yuvish katta ahamiyatga ega. Oʻzida har xil oʻsimliklar ekstraktini jamlagan: shalfey, qichitqi oʻt, dengiz moyi, vitaminlar, mikroelementlar )  yogʻli sochlar uchun moʻljallangan shampunda yuvish kerak. Yuvish uchun yoqimli haroratdagi mayin, iliq suvni tanlang. Qaynoq suvda yogʻli sochlarni umuman yuvib boʻlmaydi, aks holda yogʻ bezlari faoliyati tezlashib ketadi.

Chayish. Sochlarni chayishda konditsionerdan emas, shifobaxsh oʻtlar qaynatmasidan foydalanish kerak. Bular yogʻ bezlari faoliyatini sekinlashtirishda koʻmak beradi va sochni mustaxkamlaydi.

-        1 litr iliq suv

-        2 yoki 3 osh qoshiq olma sirkasi

Mahsulotlarni birlashtiring va sochlarni yaxshilab chayqang. Uni soch tomirlariga yaxshilab suring. Ushbu xalqona usul sochlarga sogʻlom yorqinlik bagʻishlab, sochlarni oziqlantiradi va ortiqcha yogʻlardan halos etadi. 

Yana bir yogʻli sochlar uchun xalqona usul – bu greyfrutli yoki limon sharbati bilan  bosh terisi va soch ildizini massaj qilgan holatda chayish. Ushbu jarayondan soʻng sochni suvda chaymasa ham boʻladi. Bu  chayish usuli orqali siz nafaqat sochni yogʻsizlantirasiz balki sochlar yangilanganiga guvoh ham boʻlasiz. 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Quruq sochlar parvarishi

Yuvish. Yuvish haqida gap ketganda shuni unutmaslik lozimki, quruq sochlar qaynoq suvni hushlamaydilar. Yuvish jarayonining boshida iliq suvdan foydalanib sovuqroq haroratdagi oʻtlar qaynatmasi bilan chayish lozim. Sochlar quruqligiga qarshi kurashishda sizga momaqaymoq, kalendula, qichitqi oʻt koʻmak beradi. Sochga shampun surganda uni tayyor holatda emas, bir oz suv bilan aralashtirilgan holatda surish kerak. Shu holatda bosh terisining ishqoriy muvozanatini saqlab qolgan boʻlasiz.

Chayish. Quruq sochlarni chayishda oʻsimliklar damlamasi bilan chayish lozim. Qayin damlamasi oʻzining taʼsir kuchi bilan ajralib turadi: qayin daraxti yaprogʻini qaynoq suvga solib, ustini yopib ikki soatga tindirib qoʻyish kerak.  Yana huddi shu usul bilan yongʻoq, shalfey, hop gullar yaproqlaridan ham tayyorlash mumkin.

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Har bir soch turiga mos keluvchi niqob

Avakado niqobi

-        Pishgan avakado xamiri

-        1 osh qoshiq asal

-        2 choy qoshiq bodom yoki zaytun moyi

Hammasini aralashtirib, sochga surtiladi. Sochda 30-40 daqiqaga qoldiriladi va shampun bilan yuvib tashlanadi.

Smetanadan niqob

-        1 osh qoshiq yogʻli Smetana

-        1 osh qoshiq zaytun moyi.

Maxsulotlarni aralashtirib, sochlar ildiziga yuvilguniga qadar surtib qoʻyiladi. Bir oz vaqt oʻtganidan soʻng shampun bilan yuvib tashlanadi.

Asalli niqob

-        1 osh qoshiq asal

-        1 osh qoshiq bodom moyi

Asalni suv hammomida isitib olinadi, moy qoʻshib, yaxshilab aralashtiriladi. Ushbu niqobni soch yuvilguniga qadar surtib qoʻyish kerak.

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Muzlatgichingizda kefir yoki mayonez bormi? Ular sochlar parvarishi uchun eng asqotuvchi mahsulotlardir. Ushbu maxsulotlardan birini soch ildiziga surtib, boshga selofan qalpoq kiyib, sochiq bilan oʻrab olish lozim.

Yuvganda ham shampun bilan emas, oʻsimliklar qaynatmasi yoki bir necha tomchi sirka qoʻshilgan iliq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Soch uchun qimmat boʻlmagan lekin samaraga ega boʻlgan parvarish vositasini qidiryabsizmi?Dorixonaga choping, u yerdan A, E yoki V vitaminlarini sotib oling. Ajoyib samaraga ega. Uni shampunga qoʻshishda 1 ta tabletka  bir marta foydalanish uchun ekanligini hisobga olish zarur. Tabletkani har qanday efir moyiga qoʻshib ishlatsa ham boʻladi.

Tuz nafaqat taom mazasini meyorga keltiradi balki sochlar parvarishiga ham samarali taʼsir etadi. Qanday foydalanish mumkin? Kam hajmda tuzni olasiz ( imkon qadar yodlanganini), nam sochga boshni massaj qilgan holatda surtib chiqasiz. Shundan soʻng qolgan jarayonlar esa oddiy, sochga niqob yoki balzam surtib iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Natija : soch toʻkilishi kamayganini va sochlar  yumshoqlashganini seza boshlaysiz.

Dori qutichangizda aspirin tabletkasi bormi? Shampuningizga ikki dona aspirin tabletkasi qoʻshib yuborin. Sochlar chigallanish soʻzini unuta boshlaydi. Kafolatlangan natijani esa oʻzingiz ham payqay boshlaysiz.

Eng arzon turadigan konyakka tuhum sarigʻini qoʻshing. Tayyor boʻlgan suyuqlikni soch  ildiziga surtib sellofan qalpoq kiyib oling va sochiq bilan orab oling. 20 daqiqadan soʻng niqobni yuvib tashlang. Ilk foydalanishingizdan soʻng sochlardagi yoqimli oʻzgarish va mayinlikni seza boshlaysiz.

Quyidagi usullar soch parvarishi uchun koʻp pul sarflashning hojati yoʻq ekanligini isbotlat oladi. Yana bir kerakli maslaxat: ushbu jarayonlar kuchli taʼsirga ega biroq har kuni foydalanishni maslaxat bermaymiz. Ushbu niqoblardan  haftada ikki bora foydalanish yetarli. 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!

Toʻkiluvchan sochlar uchun niqob

Ushbu niqobdan haftada bir marotaba muntazam foydalanish orqali sochning quruqligi va toʻkilishini oldini olish mumkin.

Agar sizda intensiv soch toʻkilishi kuzatilsa ( kun mobaynida 100 tadan koʻp) niqobdan foydasi sezilmaguniga qadar haftada 2-3 marotaba foydalanishingizni maslaxat beramiz.

Sochlar toʻkilyabdimi? Demak bu bilan jiddiy shugʻullanish kerak. Agar sizning sochlaringiz kuniga 70-100 tadan toʻkila boshlaganini sezsangiz, bunday holatda imkon qadar dermo-trixolog koʻrigiga borishingizni maslaxat beramiz. Soch toʻkilishi garmonlar oʻzgaruv paytida (homiladorlik, tugʻish, emizish, klimaks) va kuchli stress oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Sizga garmon uchun test topshirib koʻrishingiz ham kerak boʻlib qolishi mumkin.

Niqob

1 ta tuxum sarigʻi

1 osh qoshiq asal

1 osh qoshiq zaytun yogʻi, yoki soch uchun moʻljallangan moylardan biri

1 choy qoshiq limon sharbati

1 osh qoshiq kefir yoki yogurt, mayonez ham boʻladi.

1 osh qoshiq soch uchun moʻljallangan niqob.

1 dona sarimsoqpiyoz boʻlagi (sarimsoqpiyoz sochlarning toʻkilishiga qarshi va yangi sochlarning oʻsib chiqishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Uni oʻrniga bir osh qoshiq limon sharbatini ham ishlatish mumkin) .

Ogohlantiramiz: xidi xoʻl sochda uzoq saqlanib qoladi. 2 – 3 oyga qadar

·      Agar soch yelkagacha boʻlsa niqob tarkibidagi mahsulotlarni ikki barobar kamaytirish kerak ( tuxum sarigʻidan tashqari).

Ushbu maxsulotlarning barchasi aralashtirilib sochga surtiladi. Ustidan dush uchun moʻljallangan qalpoq yoki sellofan paket kiyib olinadi. Soʻgra sochiq bilan oʻrab olinadi.

Ushbu niqobni sochda eng kamida 45 daqiqa ushlang ( imkon qadar ikki soatdan kam boʻlmasin). Soʻngra shampun keyin konditsioner bilan yuvib, 300-500 ml iliq suv bilan ( 30 gradusga yaqin haroratda) 1/8 limon suvi bilan chayish kerak. Agar har safar soch yuvishni ushbu jarayonlar  bilan yakunlasangiz sochingiz jilvakor koʻrinishga kelayotganini seza boshlaysiz.

 

Sochlar parvarishidagi qoidalar bilan tanishing!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar