Sport

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Ushbu maqolamizda taqdir zarbalariga qarshi kurashda oʻzida cheksiz kuch topa olgan shaxslar haqida ibratli voqealar bilan tanishishingiz mumkin.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Nik Vuychich oyoqsiz va qoʻlsiz tugʻilgan, lekin ota-onasini mehri tufayli, Nik oʻzining kuchiga ishondi va hech narsaga qaramay yashashda davom etdi: Nik golf oʻynaydi, syorfing bilan shugʻullanadi, dunyoni kezadi, minglab odamlar oldida sahnaga chiqadi, oʻzi haqida gapirib beradi, hayotga ishonchni va shijoat hissini hech qachon yoʻqotish kerak emas deydi. Yaqinda Nik ikkinchi martta ota boʻldi.
Koʻchada bolalar Nikdan oyoq qoʻli haqida soʻrashganida, Nik ularga ishonchli ovozda: “Bu hammasi sigaret chakishdan” deb javob berarkan.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Haqiqiy sportchi oxirigacha sportchi boʻlib qoladi. 20-yoshlik tennischi Viktoriya Duval buni amalda isbotladi. Ikki yil avval qiz Wimbledon turnirida qatnashgan edi, musobaqa vaqtida ahvoli yomonlashdi, uni kasalxonaga olib ketishdi. Kasalxonada unga: halokatli limfoma tashxisini qoʻyishdi. Viktoriya kasal boʻlish va davolanishga ulgiraman, birinchi navbatda boshlaganimni oxiriga yetkazishim kerak dedi va musobaqaga qaytdi va 3 ta turnirda gʻolib boʻldi. Musobaqadan keyin Viktoriya rostdan ham kasalxonaga qaytib bordi, kimyoterapiya kursini oʻtdi va hozirgi paytda yana sportga qaytgan.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Qachonki insonda hayotdan maqsadi boʻlsa, asosiysi unga erishish uchun xohish boʻlsa, uni hech narsa toʻxtata olmaydi. Bill Porterning xohishi ish topish edi. Unda bosh miyya falajlik kasali bor edi, bunday odamni ishga olishni hech kim istamasdi. Bunday tuganmas rad javoblardan yengilmagan Porter mahalliy kompaniyaga ishga kirdi. Shunday qilib Bill hamma rad etgan ishni topgan edi. Kutilmaganda Porter kompaniyaning eng yaxshi sotuvchisiga aylandi. Uning tarixini xabarlarda gapirishadigan boʻlishdi va 2002 yilda uning hayoti toʻgʻrisida “eshikma eshik” nomli film olingan.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Kseniya avtohalokatga uchragandan keyin nogironlar aravachasiga boʻgʻlanib qoldi, qiz homilador edi. Shifokorlarlar homilani oldirib tashlashni maslahat berishdi, lekin Kseniya rad etdi. Hozir uning qizi Taisiya oʻsmoqda, Kseniya boʻlsa kuchini yangi oʻzanga qaratgan. Eski rejalar, avvalgi hayot ritmi kerak boʻlmay qoldi. Endi Kseniya aravachadagi nogironlar huquqi uchun kurashmoqda. 2012 yilda u aravachadagi goʻzal ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan tanlovda gʻolib boʻldi. Bu unga ijtimoiy faoliyat yuritishga imkon berdi, hozirda u nogironlar ishi boʻyicha Moskva Meriga qarashli kordinatsion kengashning aʼzosi. Oʻtgan yili esa u yana ona boʻldi.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Raqqos uchun raqsga tushish qobiliyatini yoʻqotishdan yomonroq narsa yoʻq boʻlsa kerak. Agar professional raqqos oyogʻini avtohalokatda yoʻqotgan boʻlsa nima qilishi kerak?
Raqsni davom ettirish kerak! Aynan shunday qildi Breyk-dans bilan shugʻullanuvchi Yevgeniy Smirnov. U harakatlarni qaytadan oʻrgandi, balansni ushlab turish, qaytadan raqs tushishni oʻrgandi. Lekin sahnadagi namoyishlari faqat raqs, chiroyi emas balki, kuchli iroda, oʻzini shunga bagʻishlash tufayli amalga oshdi. Iloji yoʻq narsani oʻzi yoʻq.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Bu chiroyli qizga qarang. U hali 30 yoshga ham toʻlmagan. Lekin u juda koʻp azoblar koʻrgan. Taylandda Olesya Vladikina avtohalokatga uchragan. Uning yaqin dugonasi halok boʻldi, oʻzi esa chap qoʻlidan ajrab qoldi. Shu vaqtgacha u suzish boʻyicha sport ustasi boʻlgan va karyerasiga nuqta qoʻymoqchi ham boʻlgan. Lekin u qiz yengilmadi. Olesya vaqt oʻtishi bilan yana suzish bilan shugʻullanishni boshladi hamda Paraolimpiya oʻyinlarida qatnashdi va 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Olesya yasama qoʻl qoʻydirishga koʻnmadi, uni “juda noqulay”, deb aytdi, hamma harakatlarni chap qoʻlida bajarmoqda.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Aktyor karyerasi uchun chiroyli boʻlishi kerak, deb oʻylash notoʻgʻri. Buning uchun Silvestr Stallonening tarixini bilish yetarlidir. Tugʻma jarohat tufayli yuzining bir qismi falaj, uning ogʻzi qiyshiq, tili boʻlsa bir qismi falajdir. Lekin shuhrat qozonishiga bu uni toʻxtata oldimi? Yoʻq. Aktyor boʻlish- bu chiroyli boʻlib yurish degani emas, asosiysi rolini yaxshi oʻynashidir.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Qachonki insonda orzu boʻlsa, hech nima uni toʻxtata olmaydi. Meydelin Styuart daun kasali bilan tugʻildi. Ammo uni orzusi model boʻlish edi. Jurnallardagi, reklamalardagi, televizordagi va afishalardagi modellardek chiroyli boʻlishni istardi. Va unga erishdi ham!
Albatta bu yoʻl unchalik oson kechmadi va juda koʻp vaqt ketdi, lekin Meydelin oʻz orzusiga erishdi. Birinchi boʻlib 20 kg ozdi, keyin boʻlsa u hamma modellik agentliklariga borib koʻrdi. Meydelin ketma-ket rad javobini oldi, faqat bitta agentlik qiz bilan ishlab koʻrishga rozi boʻlmagunicha. Hozirgi paytda Meydelin ayollar uchun “nostandart oʻlchamli” kiyimlarni reklama qilmoqda. Bundan tashqari bu qiz Nyu-York moda haftaligida qatnashgan.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Koʻrlik bu dunyoni koʻrishga yoʻl qoʻymaydi, lekin uni his qilishga toʻsqinlik qilolmaydi, yurak bilan his qilishni. Ehtimol aynan shu narsa sababli taniqli italiyalik qoʻshiqchi Andrea Bochelli qoʻshiqlari orqali oʻz energiyasi va hayotga boʻlgan umid ishonchini boʻlishadi. Andrea Bochelli oilali, toʻrt farzandning otasi, u oʻz faoliyatini davom ettirmoqda, baʼzan mashhur boshqa qoʻshiqchilar bilan birga duetlar ijro etadi.

Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar

Bu modelning goʻzalligi haqiqattan gʻaroyib. Shantal Braun-Yang terining kamyob kasalligi – vitiligo, yaʼni teri pigmentatsiyasining buzilishi bilan kasallangan. Sha ntal ideal qomati va goʻzal yuz tuzilishini hisobga olib, oʻz kamchiligini fazilatga aylantirishga qaror qildi va yanglishmadi. Hozirda bu qiz taniqli amerika modelidir. “Qora tanli insonlar bor, oq tanli insonlar bor. Men esa ikkala guruhga taalluqliman”, - deydi model.

Hayotda oʻz oʻrnini topgan ushbu shaxslar haqidagi voqealar sizda tushkunlikni ketkazib, hayotga ishonch hisini uygʻotishiga ishonamiz!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar