Foydali

Trend darajasiga qadar koʻtarilgan shvedcha tozalash tizimi nima?

Trend darajasiga qadar koʻtarilgan shvedcha tozalash tizimi nima?

Ushbu usul nafaqat uyingizni, balki shaxsiy buyumlaringizni ham tartibga keltirish uchun yordam beradi. Uydagi tozalash ishlarini tez va qisqa fursat ichida maksimal darajadagi samaradorlik bilan amalga oshirishda quyidagi jihatlarga diqqat qarating. 

Trend darajasiga qadar koʻtarilgan shvedcha tozalash tizimi nima?

Biz odatda uyni tozalash vaqtida hamisha maʼlum bir buyumning kelgusida kerak boʻlib qolishi mumkinligi haqida oʻylayveramiz. Natijada kiyilmaydigan liboslar, ombordagi interyer buyumlari va boshqa narsalar uyda foydasiz yuk sifatida turaveradi. Shvedcha tozalash uslubi muallifi ushbu buyumlarni koʻzni “chirt” yumgan holatda tashlab yuborishni tavsiya qiladi. Shunday ekan, tozalash ishlarini boshlashdan avval keraksiz narsalarni koʻzdan kechiring va ularning roʻyxatini tuzib oling. 

Trend darajasiga qadar koʻtarilgan shvedcha tozalash tizimi nima?

Uyingizda sizga kerak boʻlmagan, ammo tashlab yuborishga koʻzingiz qiymaydigan narsalar bormi? Ularni belgilangan usulda saralab chiqing. Kiyimlar, idishlar, qurilish ashyolari, kitoblar, oʻyinchoqlar va shu kabi buyumlarni alohida koʻrinishga keltirib oling.

Ularning har biri uchun karton quti yoki paket izlab toping. Ushbu buyumlarni tanishlaringiz, doʻstlaringiz, qarindoshlaringizga hadya qilishingiz mumkin. Ayrimlarini esa internet tarmogʻi orqali sotib yuborsangiz ham boʻladi. 

Trend darajasiga qadar koʻtarilgan shvedcha tozalash tizimi nima?

Ushbu usul muallifi tashlab yuborish zarariy boʻlgan buyumlar qatorida kiyilmaydigan liboslar, sizga sigʻmay qolgan koʻylaklar, keraksiz narsalarni tilga oladi.

Eski suratlar, kundaliklar va maktublar bilan xayrlashish esa mutlaqo oson boʻlmaydi. Ammo, ushbu buyumlar sizga biror foyda keltira olmasa, ularni ham tashlab yuborganingiz maʼqul. 

Trend darajasiga qadar koʻtarilgan shvedcha tozalash tizimi nima?

Ushbu usul haqida boshqalarga ham aytib berish orqali uni yanada ommalashtirishingiz va kerakli motivatsiya olishingiz mumkin.

Shuni unutmangki, uydagi keraksiz buyumlardan halos boʻlish ichki hotirjamlik va tartibga ham sabab boʻladi. Bundan tashqari, tez orada uyingizga tashrif buyuruvchi Yangi yil bayramini ham ortiqcha muammolarsiz qarshi olasiz. Bilsangiz, Ispaniyada mahalliy odamlar Yangi yil kuni eski buyumlardan halos boʻlish uchun ularni derazadan pastga qarab uloqtirar ekanlar. Uyingiz, salomatligingiz, goʻzalligingiz, qulaylik va yaxshiroq yashashingiz uchun kerak boʻlmaydigan har qanday buyumni koʻzdan nariga uloqtiring. 

Ushbu usulni sinab koʻrgach, natijasini bizga ham aytarsiz-a? 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar