Texnologiya

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar
Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Xitoy; 

Sababi: bosh qahramonning mamlakat rahbariga oʻxshashligi; 

Koʻrilgan chora: multfilm va multserialning mamlakatdagi namoyishi taqiqlangan.

Hammasi internetdagi hazil memlardan boshlandi, unga koʻra, multfilmdagi Vinni ayiqchasini Xitoy prezidenti Si Tzinpinga oʻxshatishgan. Ushbu yoqimtoy asalxoʻr ayiqcha uning fotosuratiga juda oʻxshab ketishini internetdagi xitoylik foydalanuvchilarning oʻzlari ham aytib oʻtganlar. Ularning hattoki feʼl-atvorlari ham oʻxshash, deya taʼkidlaganlar.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Avstraliya; 

Sababi: xavfli hasharotlar bilan doʻstlashishga chorlaydi; 

Koʻrilgan choralar: mamlakatdagi namoyishi taqiqlangan.

Bolajonlarning ushbu sevimli multfilmining seriyalaridan birida choʻchqachalar oilasining yangi aʼzosi sifatida Ingichka Oyoq oʻrgimchakning paydo boʻlishi bilan uning Avstraliyadagi namoyishi toxtatildi. Boshqa mamlakatdagi tomoshabinlar uchun bu seriya odamlar va hasharotlar oʻrtasidagi doʻstlikni targʻib qilgan. Biroq sayyoramizning eng janubiy hududi boʻlmish Avstraliya qitʼasida 10 000 dan ortiq oʻrgimchaklar turi boʻlib, ularning orasida zaxarlilari ham talaygina. Shuning uchun ham avstraliyaliklar bu sakkizoyoqli hasharotlar bilan iliq munosabatlarga qarshilar.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakatlar: Yaponiya,Turkiya, Arab davlatlari; 

Sababi: bolalar sogʻligʻiga zarar yetishi; 

Koʻrilgan choralar: seriyaning efirda taqiqlanishi.

Ushbu bolalar animesining seriyalaridan birida mualliflar portlashni noodatiy tarzda namoyish etdilar: qizil va koʻk ranglarning taxminan 12 Gts chastota bilan ekrandagi lipilladi. Shundan keyin mamlakatlarning turli burchaklaridagi kichkintoylar ota-onalariga ahvollari yomonlashayotganligi haqida shikoyat qilganlar, baʼzi hollarda bolalarda qisman koʻrish qobiliyati yomonlashgan, xushidan ketish va tutqanoq holatlari kuzatilgan. 600 dan ortiq bolalar kasalxonalarga tushganlar. Animening ushbu seriyasi efirdan olib tashlangan va unga “Pokemon”dan karaxtlik” nomi berilgan.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakatlar: AQSH, Rossiya, Yevropa, Avstraliya, keyinchalik miltfilmning qisman namoyishi 120 dan ortiq mamlakatlarda taqiqlangan. 

Sabablari: zoʻravonlik va soʻkinish.                   

Koʻrilgan choralar: koʻpgina mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan, oʻz joniga qasd qiladigan seriyasi efirdan olib  tashlangan. 

Aslida multfilmlar taʼlim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib, shaxsning ijobiy tomonlarini targʻib qilishi kerak. Bikini-Bottomda har bir qahramon shaxsiy salbiy xususiyatga ega. Buning ustiga personajlar qilgan ishlari, oʻy-hayollari va hatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilmaydilar: koʻngilga kelgan ishni qilaveradilar. Koʻpgina mamlakatlar kelajak avvlodlarini bunday ahloqsiz boʻlishini xohlamasa kerak, albatta. 

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Avvaliga AQSH va Yaponiya, keyinchalik butun dunyoda. 

Sababi: qonunlar haqida notoʻgʻri tasavvur, Osiyo mamlakatlari haqida bir xil stepeotipdagi tafakkur.                                

Koʻrilgan choralar: seriyaning butun dunyo boʻylab taqiqlanishi, 2- qism Yaponiyada taqiqlangan va AQS hududida vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Baxs va munozaralarga sabab boʻlgan hamda vaqtinchalik efirdan olib tashlangan 2-qism “Gorizont ortidagi shahar”, deb nomlanardi. Syujet boʻyicha, jangovar pandalar keyingi hujumni uyushtirish uchun berkitilgan maxfiy shaharni topish maqsadida Baludan foydalanadilar. Koʻpchilik bu yerda baʼzi real hayotiy voqealar bilan oʻxshashlikni topganlar.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamalakat: butun dunyo.

Sababi: chekish, alkogol va zararli moddalarni isteʼmol qilish, zoʻravonlik.

Koʻrilgan choralar: baʼzi epizodlarni qisman taqiqlash, sahnalarni oʻchirish, qahramonlarni almashtirish.

Yarim asrlik translyatsiya davomida haqoratli deb hisoblangan koʻplab sahnalar kesib olib tashlandi, qayta ovoz berildi yoki butunlay efirdan olib tashlandi, chunki ularda Amerikaning 40-yillarga xos hayoti namoyish etilar edi.

Ammo, koʻpchilikning fikriga koʻra, multfilmning asosiy muammosi – jazosiz zoʻravonlik. Agar vaqti-vaqti bilan mushuk Tom oʻzining qilgan ishlari uchun jazosini olsa, Jerri mushukni toʻxtovsiz xoʻrlayveradi va bu narsa tomoshabinlar tomonidan qoralanmaydi, chunki u dastlab ijobiy qahramon, deb hisoblanadi.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: avval AQSh, Braziliya, keyinchalik dunyoning qolgan qismi.

Sababi: zoʻravonlik, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazish, bezorilik, jamoat arboblari va mamlakatlarni haqorat qilish.

Koʻrilgan choralar: bir necha epizodlar turli mamlakatlarda efirdan olib tashlangan.

AQSH da ushbu provokatsion multserial bobida turli xil baxslar mavjud, uning negizidagi voqealar oilaviy qadriyarlarning parchalanishi hamda bolalardagi notoʻgʻri hatti-harakatlarni oqlashga targʻib qiladi.

Rio Turizm Departamenti bitta epizodni juda haqoratli deb topdi va mualliflarni sud bilan qoʻrqitdi. Syujetga koʻra, qahramonlar Braziliya shaharlaridan biriga tushadilar, u maymunlar sakrab oʻtayotgan oʻrmon shaklida tasvirlangan. Ushbu seriya Braziliyada namoyish etilmagan.

Fikr bildirish erkinligiga chanqoq boʻlishiga qaramay, serial mualliflari alohida mamlakatlardagi anʼana va odatlarining hurmatini joyiga qoʻyganlar. Masalan, BAAdagi efirda Gomer pivo ichmaydi va bekon yemaydi. Vatikan animatsion seriyani "haqiqiy va aqlli" deb tan oladi, buning yordamida kattalar yana multfilmlarni tomosha qilishlari mumkin.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: butun dunyo.

Sababi: bezorilik, multfilm taʼsirida sogʻliqqa ogʻir shikast yetkazish.

Koʻrilgan choralar: Seriya butun dunyoda taqiqlangan.

Ushbu animatsion seriya unchalik foydali emas edi, ammo seriyalardan birining salbiy taʼsirining oqibatida koʻp yomon hodisalar roʻy berdi. "Komediyachilar" deb nomlangan epizodda ular olov bilan oʻyin-kulgu qilishadi. Bu AQShda 5 yoshli bolaga taʼsir qildi: qahramonlarning maroqlarini takrorlashga uringanda, bola uyini singlisi bilan qoʻshib yondirib yubordi.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: butun dunyo.  

Sababi: alkogol istemol qilish.

Koʻrilgan choralar: ijodkorlar tomonidan efirdan olingan.

Gap allaqachon taniqli "One Beer" seriyasi haqida. Ushbu epizod qahramonlari ota-onalar muzlatgichidan bir shisha pivoni oʻgʻirlash va boʻshatish niyatida. Bu seriya orqali mualliflar kichkina bolalarga nimalarni oʻrgatmoqchi boʻlganlari nomaʼlimligicha qolmoqda. Biroq, seriyani namoyish qilish taqiqlangan, ammo DVD-da saqlanib qolingan.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya.

Sababi: yomon odatlarni targʻib qilish, zoʻravonlik.

Koʻrilgan choralar: odobsiz sahnalarni olib tashlash, soʻz va gaplarni qisman almashtirish.

Multfilmni Rossiya televizorlari ekranlarida koʻrish mumkin, ammo u toʻliq koʻrinishda emas. Hazillarning darajasi kamaygan, sahnalar kesilgan va yosh chegarasi 12+ ga koʻtarilgan. Shunday qilib, masalan, 2-qismda, Dipper tasodifan Vendining ich kiymini bosib oladi (15 yoshli qahramon). Ushbu parcha tomoshabinlar uchun notoʻgʻri, deb tan olindi. Ammo uning olib tashlanishi syujetga taʼsir koʻrsatmadi.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: AQSh

Sababi: personajlar va syujet tomoshabin mentalitetiga nomuvofiqligi.

Koʻrilgan choralar: sahnalarni yoʻq qilish, xarakter reaktsiyalarini almashtirish, qisman replikalarni almashtirish, syujetni oʻzgartirish.

Koʻpchilik uchun sevimli boʻlgan multfilm Amerika tomoshabinlari uchun ham mavjud. Faqat baʼzi muhim oʻzgartirishlar bilan. Toʻliq uchta seriyadan amerikalik animatorlar juda mantiqsiz syujetli bitta multfilmni yigʻishdi.

Multfilmdan barcha yoqimsiz va qaygʻuli lahzalar oʻchirildi, hatto Lolo otasining oʻlimi ham, bu xarakterning oʻziga xos xususiyatini aks ettirar edi, lekin multiplikatorlar olib tashlashga qaror qilishdi. Pingvin oʻqituvchisi oʻzining "sinfi" oldida yiqilib tushgan sahnada talabalarning xotirjam munosabati kulgiga oʻzgartirildi.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Finlandiya

Sababi: soxta qadriyatlarni targʻib qilish.

Koʻrilgan choralar: Oʻrdak ishtrok etgan barcha multfilmlarni mamlakatda namoyish qilish taqiqlangan.

Oʻtgan asrning 70-yillarida Finlyandiya doʻkonlaridan kulgili Disney oʻrdagi haqidagi komiks gʻoyib boʻldi – buning sababi Donaldning ishton kiyishdan bosh tortgani. Xelsinki Yoshlar ishlari boʻyicha qoʻmitasi bu multfilmlar oilaviy qadriyatlarni buzadi, axloqqa tahdid soladi va pulga nosogʻlom istakni targʻib qiladi, deb hisoblaydi.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya

Sababi: daydilikning targʻiboti

Koʻrilgan choralar: 6:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqt davomida namoyishi taqiqlangan.

Multfilmni butkul efirdan olib tashlashni hech kim rejalashtirmagan,albatta. Hattoki eng kuchli baxs va munozaralar, tekshiruv va ekspertizalardan keyin ham. Kattalar bu myuzikldagi qoʻshiqdagi birgina qarama-qarshilikka eʼtibor berdilar: “Bizning boshpanamiz – moviy osmon”. Ularning fikricha, bu jumlalar yoshlarni daydi hayot tarziga targʻib qiladi. Koʻpgina ruhshunos va ekspertlarning taʼkidlashlaricha, kichkintoylarning ruhiyati bunday xulosa chiqarmaydi.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya

Sababi: daydilikka, chekishga va bezorilikka targʻibot.

Koʻrilgan choralar: soat 6:00 dan 23:00 gacha davr mobaynida namoyishi taqiqlangan.

Hammaga sevimli boʻlgan Cheburashkaning boshiga ham yuqoridagi musiqachilarning qismati yozilgan ekan. Bir kechani telefon budkasida oʻtkazgani uchun u tayinli turar joyi boʻlmagan shaxs, deb topildi. Koʻngli ochiq timsohning ham trubka chekishi kichkintoylar uchun emas. Mualliflari Timsoh Genaning trubkasidan shunchaki sovun koʻpiklari chiqayotganligini taʼkidlashlariga qaramay, multfilm namoyish vaqti boʻyicha taqiqqa uchragan.

Turli mamlakatlarda namoyishi taqiqlangan multfilmlar

Taqiqlangan mamlakat: Rossiya.

Sababi: chekish, spirtli ichimliklar ichish, bezorilikka targʻibot.

Koʻrilgan choralar: soat 6:00 dan boshlab 23:00 gacha vaqt oraligʻida namoyishi taqiqlangan.

“Tom va Jerri” multfilmining analogi boʻlgan ushbu multfilm ham haddan tashqari zoʻravonlik, bezorilik, alkogol isteʼmolida ayblangan, baʼzi sinchkov ekspertlar esa ikki qahramon oʻrtasida noodatiy munosabatlar borligini ham payqagan emishlar. 

Ushbu omillar bolaning ruhiyatiga salbiy koʻrsatishi sababli, multfilmni Rossiya telekanallarida faqatgina 23:00 dan keyingina koʻrish mumkin boʻladi. Kunduz kuni esa mulrfilmning faqatgina salbiy sahnalari boʻlmagan qismlarigina namoyish etiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar