Xunza qabilasi fenomeni: mahalliy aholi 120 yil umr koʻradi

Xunza daryosi vodiysini (Hindiston va Pokiston chegarasi) “yoshlik oazisi” deb atashadi. U yerda yashovchilar deyarli hech qachon kasal boʻlmaydi va yosh koʻrinadi.

Xunza qabilasi rak va yurak xastaligi kasalligi nima ekanligini bilmaydi va oʻzining uzoq umr koʻrishi bilan ajralib turadi.

Ularning uzoq yashashi hozirgacha izlanuvchilarni lol qoldiradi.

Ushbu qabila aʼzolari Hindiston shimolidagi Himalayda, Xunza daryosi boʻyida, juda ogʻir sharoitda yashaydi. Bu joyning nomi juda chiroyli – Baxtli vodiy.

Xunza vodiysi yashovchilari, qoʻshni xalqlardan farqli oʻlaroq, koʻrinishi yevropaliklarga oʻxshaydi.

Afsonalarga koʻra, ushbu kichik mamlakatga Aleksandr Makedonskiyning qoʻshinlari Hindistonga qilgan safarida asos solgan.

Ularing oʻz tili bor – burushaski (Burushaski, dunyodagi hech bir til bilan qarindoshligi aniqlanmagan shunga qarmasdan, bu yerda hamma urdu tilini, koʻpchilik ingliz tilini biladi).

Xunzaliklar xattoki 15 daraja sovuq havoda ham muzdek suvda choʻmilishadi, 100 yoshgacha harakatchan oʻyinlar oʻynashadi, 40 yoshli ayollar xuddi yosh qizlardek koʻrinadi, 60 yoshida oʻzining nazokati va latofatli qomatini saqlab qoladi, 65 yoshda esa farzandli ham boʻlishadi.

Yozda ular meva va sabzavotlar bilan, qishda esa quyoshda quritilgan oʻrik va oʻstirilgan donlar bilan ovqatlanishadi.

Yana bir qiziq maʼlumot: “och bahor davri” da ( mevalar xali pishib ulgurmagan mahal, 2-4 oy davom etadi) ular deyarli hech nima yemaydi va kunda bir mahal quritilgan oʻrikdan tayyorlangan ichimlikni ichishadi. Bunday roʻza madaniyatga singdirilgan va hamma bunga qatʼiy amal qiladi.

Shotland shifokori MakKarrison, Baxtli vodiyni birinchi boʻlib izoxlagan, u yerda oqsil isteʼmol qilish normaning eng quyi darajasida, agar buni norma deb boʻlsa, deydi. Xunzaliklarning bir sutkada isteʼmol qiladigan koloriyasi oʻrtacha 1933 kkal va oʻz ichiga 50 g oqsil, 36 g yogʻ va 365 g uglevodlarni qamrab oladi.

1984 yilda xunzakutlardan biri, ismi Said Abdul Mobud, Xitrou London aeroportiga kelgan. U pasportini koʻrsatganda migratsion xizmat ishchilari xayratdan yoqa ushladi. Hujjatlarga qaraganda xunzakut 1823 yil tugʻilgan va u 160 yoshda. Mobudning yoʻldoshi mulla, uning qaramogʻidagi inson Xunza mamlakatida avliyo hisoblanishini va oʻzining uzoq yillik umri bilan mashxurligini tushuntirgan. Mobudning sogʻligʻi juda yaxshi va ongi teran. U 1850 yildan boshlab barcha voqealarni yaxshi eslaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



