Yangi yil qachon va qanday qilib turli mamlakatlarda nishonlanadi. Va nega bunday farq bor?

Xitoy Yangi yilni fevralda nishonlaydi

Xitoy Yangi yili – bahor bayramidir. Uning nishonlanishi oyning fazalari orqali belgilanadi. Va har bir yil 12 ta hayvonlardan biriga bagʻishlangan.
Kiyimlar, uylar va koʻchalarni bezashda qizil ranglarning koʻp boʻlishi va juda shovqinli boʻlishi shart. Petardalar jaranglashi, baland krakerlar, mushakbozliklar - bularning barchasi yovuz ruhlarni qoʻrqitadi va omadni jalb qiladi. Baxt kelishi uchun uylar tozalaniladi.Moʻl-koʻl kechki ovqat uchun, hatto boshqa shaharlarda oʻqiydigan yoki ishlaydiganlar ham uylariga qaytishadi.
Yaponiyada Yangi yil deyarli bir oy davomida nishonlanadi

Yaponiyada esa Yangi yil Grigorian taqvimiga koʻra nishonlanadi. Bayram 25 dekabrda boshlanadi va deyarli bir oy davom etadi.Yaponlar uyni bambuk, olxoʻri va archa shoxlari kompozitsiyalari bilan bezatadi - bu boylik, farovonlik va muhabbat timsolidir.
Yangi yil arafasida yaponlar doimo maʼbadlarga tashrif buyurishadi va xudolardan baxt va salomatlik tilaydilar. Yangi yil arafasida ular bir-biriga oq va pushti rangdagi guruchli shirinliklar ulashadi - bu ranglar omad keltiradi.
Tailand Yangi yilni 13 aprelda nishonlaydi

Tailandda Yangi yil Songkran qadimgi hind astrologik taqvimiga koʻra yil oʻzgarishini va yomgʻirli mavsum boshlanishini anglatadi.
Tailandliklar buddist rohiblarni bayram taomlari bilan siylashadi. Budda haykallar jasmin va lola bargli suv bilan yuviladi. Shu kunlarda quruq qolish qiyin - suv toʻpponchalari, chelak va shlanglardan yoʻlovchilarga suv quyishadi. Bu poklanish, yangilanish va yil davomida toʻplangan salbiylikdan halos boʻlishni anglatadi.
Hindistonda Yangi yil yiliga bir necha marta nishonlanadi

Hindistonda Yangi yil dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda koʻproq nishonlanadi. Anʼanaviy hind yili, Gudi Padva, mart oyida nishonlanadi. Koʻpgina shtatlarda Yangi yilni u yerda yashaydigan xalqlarning anʼanaviy taqvimlariga binoan nishonlaydilar.
Eng yorqin bayramlardan biri bu Xoli Bengal Yangi yilidir. Boʻyoqlar festivali erta bahorda nishonlanadi. Birinchi oqshomda Xoliki maʼbuda qogʻirchogʻi yoqiladi, qora mollar olovdan oʻtkaziladi va koʻmir ustida yurishadi.Keyin zavqli bayramlar boshlanadi, odamlar bir-birlarini yorqin ranglar bilan burkab,ustidan rangli suv quyishadi.
Saudiya Arabistonida yangi yil nishonlanadigan aniq sana yoʻq

Islom mamlakatlarida yilni hisoblash Hijratdan (Muhammad Paygʻambar (s.a.v.) musulmonlarni Makkadan Madinaga olib borgan vaqt) boshlangan boʻlib, yangi yil Muharram oyining birinchi kunidan boshlanadi. Yilning kirib kelish sanasi oʻzgaruvchan - har yili 11 kunga suriladi. Shuning uchun, yangi yilning maʼlum bir sanasi mavjud emas.
Ammo bu hech kimni tashvishga solmaydi - aksariyat musulmon davlatlarida Yangi yil umuman nishonlanmaydi.
Yunoniston Avliyo Vasiliy kunini nishonlaydi

Yunonistonda 1-yanvar nafaqat yangi yil, balki Avliyo Vasiliyni eslash kuni hamdir. Bayramona dasturxonning asosiy taomi – vasilopita, xamir, yovvoyi mevalar va yongʻoqlardan naqshlar chizilgan pirog. Ichiga baxt timsoli hisoblanuvchi tanga solinadi –tanga chiqqan kishi yangi yilda eng baxtli boʻladi.
Yunonistonlik bolalar Santa Klaus yoki Qorbobodan emas, balki Avliyo Vasiliydan Yangi yil sovgʻalarini kutishadi. Bolalar ertasi kuni ertalab yoqimli kutilmagan sovgʻalarni topish uchun poyabzalni kechasi kamin oldida qoldiradilar.
Shotlandiyada 31 oktyabrdan 1 noyabrga oʻtar kechasi yangi yilning boshlanishi hisoblanadi

Samayn - hosilning tugashi va yangi yilning boshlanishi sharafiga qadimiy Keltlar bayramidir. Xristianlik qabul qilinganida, Samayn barcha avliyolar kuniga aylandi va undan oldingi tun Halloween deb ataldi.
Olov, sham va gulxan - bu bayramning ajralmas vositalaridir. Mollarni olovlar ortasidan haydashadi va odamlar olov ustidan sakrab oʻtishadi. Bu olov bilan tozalashning qadimiy marosimi. Shotlandiya,Irlandiya va Man orolidagi kelt xalqlarida 31 oktyabrdan 1 noyabrga oʻtar kechasi hanuzgacha yangi yilning boshlanishi hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada Yangi yilni eski vaqtda, 14-yanvarda, nishonlaydigan joylar mavjud

Gvaun vodiysidagi Pembrukshir shahrida tor koʻchalari va oʻjar fuqarolar boʻlgan kichik bir qishloq bor. Buyuk Britaniyaning barcha qismi allaqachon Grigorian taqvimiga oʻtgan, ammo bu qishloqning aholisi Yangi yilni 1752-yili paydo boʻlgan anʼanalarga koʻra, eski uslub boʻyicha nishonlashni davom ettirmoqdalar.
Gvaun vodiysida Yangi yil bayrami 13-yanvarda boshlanadi. Ushbu bayramda bolalar eski qoʻshiqlarni kuylashadi va qoʻshnilarnikiga chiqib, shirinliklar va sovgʻalar soʻrashadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



