"Yerning chempioni": qanday qilib oddiy odam plyajni 5000 tonna axlatdan tozaladi

86 hafta ichida Afroz koʻngillilar bilan birga plyajdan 5,4 million kilogram axlatni tozaladi.




2015 yilning oktyabrida Mumbaylik advokat Afroz Shax va uning 84 yoshlik qoʻshnisi Versova shahar plyajini koʻrib, juda ham achinib ketdilar. U yer axlat bilan toʻla edi. Ikki kishi birgalashib bu hududni tozalashga qaror qabul qildilar.

Shundan keyin, ular har dam olish kunlari plyajga tozalashga kelishar edi. Keyinchalik ularga koʻngillilar qoʻshilishni boshladilar. Ularning soni doimiy ravishda oʻsib bordi va mingta odamga yetdi.



Koʻngillilar plyajni 86 hafta tozalashdi. Ular 2,5 kilometrlik plyajdan 5 million kilogramdan ortiq axlatni tozalashga muvaffaq boʻlishdi. "Kinoindustriyadagi odamlar, polisiya, advokarlar, baliqchilar va oddiy yoʻlovchilar birga bitta maqsad bilan yigʻiayotganlarini koʻrish ajablanarli edi", deydi Shax. "Davlat vakolatli organlari bizni qoʻllab turar edilar, ekskovator, mashina, yuk mashinalarini kab zarur narsalarni berib turar edilar".

Plyajni tozalash ishlari 2017 yilning may oyida nihoyasiga yetdi. "Plyaj vanihoyat, toza. Bizning zahmatlarimiz oʻz mevasini berdi. Axlat endilikda, qirgʻoqqa faqatgina dengizdan kelib tushmoqda. Biz shahar maʼmuriyati vakillarini, plyaj doim toza qolishi uchun, mussonlardan avval irmoqlarni tozalashni iltimos qildik", deydi Afroz Shax.

Oʻz mehnatlari uchun Afroz Shax Birlashgan Millatlar Tashkilotidan "Yer chempioni" titulini oldi. Uning ishini plyaj tozalashning eng kattasi deb nomlashdi.

Biroq bunda Afrozning inisiativasi yakunlanmaydi. Endilikda u koʻngillilar bilan birga mahalliy irmiqlar orqali plyajga axlat tushishiga qarshi kurashmoqchi. Bundan tashqari, u qirgʻoq oldi mangr oʻrmonlarini axlatdan tozalamoqchi. Ular dovullardan tabiiy himoya boʻlib xizmat qiladi. Afroz Shax oʻz oʻrnagi bilan butun dunyodagi odamlarni ilxomlantirmoqchi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



