Yigitlari uyatchan, qizlari jasoratli, tabiati begʻubor Yaponiya

Yaponlar ularning tillarida ikki ogʻiz boʻlsa-da soʻzlashni biladigan odamlarni juda ham xurmat qilishadi. Ularning aytishlaricha, yapon tilini oʻrganish juda qiyin ish, shu sababli uni oʻrgangan odamni olqishlash zarur.

Yapon tilidagi eng qattiq koyish soʻzlari bizning tilimizdagi "ahmoq", "tentak" soʻzlari maʼnosiga mos keladi.

Yaponiyaliklar "ahmoq" soʻzini"baka" (aniq tarjimasi - ahmoq odam), horijlik odamni"Gaydzin" (aniq tarjimasi - begona), amerikaliklarni esa "Baka-gaydzin" deb ataydilar.

Yaponiyalik odamlar ovqat haqida gapirishni yaxshi koʻradilar, ular oʻzlari tanovul qilayotgan taomlarini muntazam ravishda muhokama qilib, tamaddi vaqti ham ovqatning mazali ekanligini bir necha bor takrorlashadi. Ushbu soʻzni aytmasdan uni yeyish esa madaniyatsizlik belgisi sanalar ekan.

Yaponiyada delfin goʻshti tansiq taom sanaladi. Undan turli shoʻrvalar, yaponcha kusiyaki (salkam shashlik) tayyorlashadi, hattoki xom koʻrinishda ham isteʼmol qilishadi. Delfinning goʻshti juda shirin boʻlib, baliq goʻshti mazasidan keskin farq qilar ekan.

Bu oʻlkada toʻgʻri ovaqatlanish tartibiga juda katta eʼtibor qaratadilar. Haqiqatan ham, yapon qizlari orasida semizlari juda kam.

Dunyodagi eng sekin MakDonalds aynan Yaponiyada joylashgan.

Yaponiyadagi restoranlarning hech birida choy-chaqa degan gap yoʻq. Yaponlar mijoz xizmat haqini toʻlagani uchun ham uni sotuvchi darajasiga taqqoslaydilar.

Yapon odamlari juda ham vijdonli boʻladi. Bordiyu metroda hamyoningizni tushirib qoldirsangiz, uni topilmalar boʻlimiga tashlab ketishlari ehtimoli 90% ga teng.

Yaponiyalik politsiya xodimlari shunchalar haqqoniyki, ular uchun pora tushunchasi butunlay begona. Ayrim holatlarda esa arzimagan qonunbuzarliklar uchun biroz urushib qoʻygancha (nari borsa"tentak" deya koyib) qoʻyib yuborishlari ham mumkin.

Tokio dunyodagi eng xavfsiz megapolis ekanligini bilasizmi? Bu yerdagi 6 yoshlik bolalar jamoat transportlarida mustaqil ravishda harakatlana oladilar.

Yaponiyalik yigitlar juda uyatchan boʻlib, ular uchun "Men seni sevaman" deya dil izhori qilish juda katta jasoratdir. Shu sababli bu yerda koʻp holatlarda yigitlarga nisbatan qizlar birinchi boʻlib sevgi izxor qilishadi.

Mamlakatdagi har uchinchi toʻy - sovchilar tomonidan uyushtiriladi.

Yaponlarni mehmondoʻst halq sifatida eʼtirof etish qiyin. Ular kamdan-kam hollardagina uylariga mehmon chaqirishlari mumkin.

Yaponlar haddan tashqari mehnatsevar halqdirlar. Ular 15-18 soat tinimsiz holatda ishlashlari ham mumkin ekan.

Ish joyiga oʻz vaqtida kelish - kechirilmas ayb sanaladi. Xodim oʻz ish joyida belgilangan vaqtdan yarim soat avval xozir boʻlib turishi kerak.
Yapon tilidagi "karoshi" degan atama mavjud. Bu "haddan koʻp ishlash oqibatida vafot etish" degan maʼnoni bildiradi. Aynan shu sabab bilan oʻlkada yiliga 10000 nafar odam oʻlim topadi.
Yaponiyaning shimoliy shaharlaridagi barcha yoʻlaklarda qizdirish tizimi bor, shu sababli qish faslida yoʻlaklar muzlab qolmaydi.

Yaponiyaning koʻchalarida soyabonlar solingan tuvaklarni koʻrishingiz mumkin. Agar yomgʻir yogʻib qolsa ulardan biri olgancha foydalanishingiz va ishlatib boʻlgach, yaqin atrofdagi ana shunday tuvaklarning biriga solib qoʻyishingiz mumkin.

Yaponiya tarkibida 6800 ta orol mavjud boʻlib,ulardan eng kattalari - Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu sanaladi.

Mamlakatda 100 yoshdan olgan 50 000 nafar odam yashaydi. Oʻlkadagi umr davomiyligi koʻrsatkichi dunyodagi birinchi oʻrinda v a83,7 yoshga teng keladi.

Mazkur mamlakat poyezdlari oʻzining aniqligi bilan kishini hayratga qoldiradi. Ularning kechikishi yoki ertaroq kelishi belgilangan vaqtdan uzogʻi bilan 18 soniyagacha farq qilishi mumkin.

Yaponiyada har yili 1,5 mingga yaqin zilzilalar boʻlib oʻtadi. Mamlakat tarixidagi eng halokatli yer qimirlashi 2011 yilning mart oyida sodir boʻlgan. Oqibatda sunami yuzaga kelgan va 15 869 nafar insonning oʻlimga duchor qilgan.

Yaponiyadagi uy jonivorlari soni oʻlkadagi bolalar soniga nisbatan koʻra koʻproq.

Yaponiyadagi mobil telefonlarning 90% i suvga nisbatan chidamlidir. Shu sababli undan hovuz va basseynlarda ham qoʻrqmay foydalanaverishadi.

Yaponiyada toʻrtburchak shakldagi tarvuzlar sotiladi. Bu kabi shakl ularni tahlash paytida rosa qoʻl keladi.

Yevropa mustamlakasi boʻlmagan dunyodagi toʻrt nafar zamonaviy mamlakat - Koreya,Tailand, Liberiya va ... Yaponiya sanaladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



