Sayohat

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

Yoʻlbars - yoʻl-yoʻl chiziqli yirik mushukni kim ham bilmaydi? Tasavvurimiz darhol Hindistonning changalzorlarini yoki Uzoq Sharq taygasini koʻz oldimizga keltiradi.

Aslida bu hayvonning areali juda katta: sharqiy Sibir janubidan Malay arxipelagining orollariga qadar. Turli joylardan boʻlgan yoʻlbarslar bir-biridan kuchli farq qiladi. Turli geografik hududlarda yoʻlbarsning koʻndalang yoʻl-yoʻl tusi oʻzgaruvchan va bu kenja turni ajratish uchun asos deb hisoblanadi. Ular Bengal, Xitoy, Sumatra, Amur, Yava, Bali, Turon yoʻlbarslari kenja turlariga ajratiladi. Shu kenja turlarning ichidan Turon yoʻlbarsini oxirgi marta tiriklayin yarim asr avval koʻrishgan.

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

Bugungi kunda tabiatda yoʻlbarslar juda oz qolgan, bu esa yaqin vaqtlarga qadar yoʻlbars insonning ashaddiy dushmani sifatida tanilgan va u bilan butun tarix davomida qatʼiy kurash olib borilganligiga qaramay, ularning ehtiyot qilib, himoyaga olish zarurligidan darak berib kelgandi. Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida yoʻlbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech.

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

Turon yoʻlbarsi

Turon yoʻlbarsi - (kavkazorti yoʻlbarsi, kaspiy yoʻlbarsi) (lotincha nomi - Panthera tigris virgata) yoʻlbarslarning qirilib ketgan kenja turi. Oʻrta Osiyoda, shimoliy Eronda va Kavkazda yashagan.

Tashqi belgilari

Bu kenja turdagi yoʻlbarslar junining yorqin-olov rang tusi va badanidagi chiziqlarining uzunligi bilan ajralib turgan - yoʻl-yoʻl chiziqlari uzunroq va jigarrang tusga ega boʻlgan. Bu kenja turning juni qishda qalinroq va yumshokroq boʻlib qolgan, bundan tashqari qishda hoʻrpaygan chekka soqllari paydo boʻlgan. Zamonaviy tadqiqotlarning koʻrsatishlaricha Turon yoʻlbarsi ancha katta, tahminan Amur kenja turiga yaqin, biroq bengal kenja turidan kichikroq edi. Turon yoʻlbarsining 240 kilogrammga teng boʻlgan yirik oʻlchamlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot mavjud. Lekin, bu kenja turning oʻta yashirin hʼayot tarzi tufayti, bundan yirikroq nusʼhalari ham boʻlgan, degan tahminlar ham bor. Bu yirtqichning istiqomat qilish joylari toʻqayzorlar, daryo boʻylaridagi kamishzorlar boʻlgan. Ushbu kenja tur yoʻlbarslar uchun yemish asosan jayronlar, saygʻoqlar, qulonlar, bugʻular va toʻngʻizlar. Koʻchmanchi toʻngʻizlar ortida Turon yoʻlbarsi Shimoliy Qozogʻiston va Oltoygacha yetib borganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar ham bor. Turon yoʻlbarsi tarqalish doimiy arealining shimolidagi chegarasi Qozogʻistondagi Balxash koʻli edi Oʻtmishda Kavkazda ham uchraganligi toʻgʻrisida tahminlar mavjud, ammo uni koʻrishgani toʻgʻrisida hech qanday maʼlumotlar yoʻq.

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

Oʻrta Osiyoda bu kenja tur “yoʻlbars” deyilgan, shuning uchun ham uning nomlanishi bir tomondan “yoʻl-yoʻl bars” soʻz iborasidan olingan deb tahmin qilinishiga qaramay, ushbu soʻznining etimologiyasi -yirtqichning feʼl-atvoriy xususiyatlariga bogʻliq deb xulosa qilingan, chunki u dastlabki istiqomat joyidan yuzlab va hatto minglab kilometr masofalarga safarlar qilishga qodir boʻlgan.

XX-asrning oʻttizinchi yillarida yoʻlbarslar Amudaryo boʻyida, Tojikistonning Afgʻoniston chegarasidgi “Yoʻlbars jar” qoʻriqxonasida uchrab turar edi. Sovet Oʻrta Osiyo hududida yoʻlbarslarning paydo boʻlishi oʻtgan asr qirqinchi yillarining oxiri - elliginchi yillarning boshlarida roʻyxatga olingan. Sovet Ittifoqi hududida, aniqrogʻi Turkmanistonning Eron bilan chegaradosh boʻlgan Kopetdag togʻ tizimida 1954-yilning 10- yanvar kuni paydo boʻlgan yoʻlbars Eronning shimoliy qismidan kirib kelgan.

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

21-asrning boshida AQSh saraton Milliy instituti, Oksford universiteti va Iyerusalim Yahudiy universitetining tadqiqotchilari butun Yevropa va Osiyo muzeylarida saqlanib kelayotgan 23ta turon yoʻlbarsi qoldiqlaridan toʻqima naʼmunalarini yigʻishga uringan edi. Olimlar tomonidan besh mitoxondral genlarning bitta segmenti aniqlangan. Natijada turon yoʻlbarsining mitoxondral DNKsi boshqa kenja turlardan farqi juda pastligi kuzatilgan.Kenja turning filogenetik aloqasi baholangan paytda Turon yoʻlbarsi bilan Amur yoʻlbarsining ajoyib oʻxshashligi kuzatiladi. Bu ikkala kenja turning tarixiy jihatdan uzoq boʻlmagan umumiy fazilatlari boʻlganligidan darak beradi. Filogeografik tahlil asosida shu tahmin qilinganki, Turon va Amur yoʻlbarsining ajdodi chamasi 10000 yilgacha boʻlgan davr vaqtlar oldin Ipak Yoʻlining sharqiy Xitoydagi Gansu hududi orqali Oʻrta Osiyoni istilo qilgan, keyinchalik esa Sibirni kesib oʻtib hozirgi Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Amur yoʻlbarsining populyasiyasini tashkil qilgan. Tarixiy jihatdan bir bulgan arealning ikkiga boʻlinib ketishi va Turon yoʻlbarsi bilan Amur yoʻlbarsiga arealiga ajralib ketishiga yakunlovchi sabab inson faoliyati boʻlishi mumkin.

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi

Shuningdek, tadqiqotlarning mualliflari shuni koʻrsatadilarki, ikkala kenja tur pirovardida bitta kenja turdeb tan olinishi kerak. Shu bilan bir vaqtda ularning taʼkidlashicha, DNKasosida kenja turlarni diagnostika qilinishi imkoniga nisbatan ziddiyatlar mavjud ekan. Yadroviy DNK tahlilining natijalari bu masalaning hal etilishiga katta yordam bergan boʻlar edi. Boshqacha qilib aytganda, agar yoʻlbarsning  ikkala kenja turlarida farq topilmaganida, kenja turlarni bitta kenja turga birlashtirilishi mumkin boʻlar edi. Biroq turon yoʻlbarsi qirilib ketgani va atigi ber necha shikast yetmagan naʼmunalar muzey kolleksiyalarida saqlanib kelayotgani uchun, ikkala kenja turlarning birlamchi morfologik baholarini qayta koʻrib chiqishning endi ilojisi yoʻq.

Oʻrta Osiyoda mahalliy aholi yoʻlbarslar havf tugʻdirmasligiga ishonchi komil edi, chunki yoʻlbarslar doim oʻzini inson bilan uchrashib qolishdan olib qochibyurgan. Oʻrta Osiyoda yoʻlbarslar populyasiyasining keskin kamayib ketishi Chor Rossiyasi tomonidan bu yerga qoʻshinlarning joʻnatilgani va rusiyzabon kishilar koʻchib kelishidan keyin kuchaygan. Masalan 1883-yilning 27- fevral kuni Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlarining shtab boshligʻi mahalliy aholining iltimosiga binoan Toshkent bilan Chinoz oʻrtasida paydo boʻlib qolgan yoʻlbarslarga qurshov uyushtirish buyrugʻini bergan. Bu buyruqni bajarish uchun doimiy harbiy qismlardan, aniqrogʻi 12-chi Turkiston batalonidan foydalanilgan.

Ammo bu koʻp jihatdan faqat qoʻshimcha taʼsir boʻlgan, chunki qayirdagi yerlarni ommaviy tarzda inson tomonidan oʻzlashtirilishi yoʻlbarslarni asosiy yemish manbaidan, yaʼni toʻqayzorlarda istiqomat qiluvchi toʻngʻiz, bugʻulardan mahrum qilib borar edi.

Yoʻqotilgan boylik - Turon yoʻlbarsi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar