Qiziqarli

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

 

“Fors-majorlar” seriali yulduzi boʻlgan aktrisa Megan Markl qiroli Eduard VIII va Uollis Simpson nikohlangan paytdan beri Buyuk Britaniya qirollik oilasi tarkibiga kirgan birinchi amerikalik inson boʻldi. Bundan 81 yil avval Uollis uchun taxtdan voz kechgan, sababi avvalgi qonunlarga uning ajrashgan ayolga uylanishi mumkin emasdi. Hayriyatki 2002 yilda ushbu qonun yoʻq qilindi va Garri hamda Meganning toʻyiga ham hech narsa qarshilik qilmadi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Ularning muhabbat qissalari haqidagi ilk xabarlar 2016 yilning noyabr oyida Britaniyaning  The Sunday Express nashri sahifalarida paydoboʻldi. Bu avvalgi soxta xabarlar, Garrining avvalgi uchrashib yurgan qizlari haqidagi maʼlumotlardan farq qilmasdi. Ammo 8 noyabr kuni shahzodaning shaxsan oʻzi Megan bilan uchrashayotgani haqida rasman xabar berishga majbur boʻldi. Shu bilan birga u paparatsilardan Marklni taʼqib qilishni toʻxtatishlari vainternet olamida sevgan qizi Megan haqida irqiy kamsitishlar paydo boʻlmasligini iltimos qildi. Sababi Megan Markl nomzodi koʻpchilikni hayratga solib qoʻygan, uning nomaʼlum kelib chiqishi, ajrashgan ayol maqomi (aktrisa 20117 yilda 7 yildavomida uchrashib yurgan insoni prodyuser Trevor Engelsonga turmushga chiqqan va 2 yildan keyin ajrashib ketgan), yoshi (u Garridan 3 yoshga katta), hattoki terisining rangi (uning onasi afroamerikalik, otasi Irlandiyadan) ham Garri muhlislarini yoqa ushlashga majbur qilardi.

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Garrining OAVganisbatan qilgan iltimosi hech kimning qulogʻiga kirmadi va Meganni kuzatish bilan birga uni yangi kuch bilan tanqid qilishga oʻtishdi. Garrini butun Britaniya, butun dunyo biladi, u haqida orzu qiladigan qizlar ozmuncha emas, Megan nomini esa shu kunga qadar “Fors-majorlar” seriali muxlislaridan boshqalar eshitmagan ham edi. Keyinroq qirollik eksperti Keti Nixoll “When Harry Met Meghan: A RoyalRomance” (“Garri Meganni uchratganda: qirollarga hos muhabbat qissasi”) hujjatli filmida aytishicha, shahzoda aynan shu serialni koʻrgach aktrisaning maftuniga aylangan va doʻstlaridan u bilan tanishtirib qoʻyishlarini iltimos qilgan. Ammo ularning ilk marta birga bergan intervyularida Garri ilk uchrashuvga qadar Megan haqida eshitmaganini aytadi.

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

“Men Meganni bilmasdim, u haqida doʻstimiz “Bu Megan Markl” deb tanishtirmaguniga qadar eshitmaganman. Men esa “Yaxshi, u haqida yana biror narsa bilish mumkinmi? U nima bilan shugʻullanadi?” dedim. Chunki shu paytga qadar “Fors majorlar”ni koʻrmagan, Megan haqida biror marta ham eshitmagan edim. Shu sababi u ilk marta xonaga kirib kelganda va uni koʻrganimda hayratda boʻlganman” deydi Garri. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Serial uchun kastingdan oʻtish va 7 yilga Torontoda istiqomat qilishdan oldin Megan Los-Andjelesda ota-onasi bilan birga yashagan. Ota-onasi qirollik oilasidan boʻlmasalar ham millionlab boylikka ega boʻlgan va Meganning ovsiniga aylanajak Keytning qarindoshlaridan farqli ravishda  aktrisa oddiy, oʻrtahol oilada oʻsgan va barcha narsaga oʻz kuchi bilan erishgan edi. Uning otasi Tomas Markl televidenie mashhur operator boʻlgan, koʻplab mashhur teleshoular vaseriallar ustida ishlagan, shu sababli ham uning bolaligi sahna ortida oʻtdi va bu uning kelajagini ham belgilab berdi. Meganni onasi Doriya esa yoga boʻyicha mutaxassis boʻlib, Meganni ushbu yoʻnalishga va sogʻlom turmush tarziga qiziqtirgan. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Megan kino olamida kelib qolishi tasodifan kechdi: uning doʻsti qiz ishtirokidagi maktab filmini tanish kasting direktorlaridan biriga koʻrsatdi va unga rol taklif qilindi. Megan uzoq vaqt davomida faqatgina epizodik rollar bilan cheklandi. Uning ishi aktrisaga yaxshi daromad olib kelmas, shuhrat onlari uzoqda edi, qoʻshimcha ravishda pul topish uchun Markl suratga olish ishlari oʻrtasidagi tanaffuslar paytida rassom-kalligrafist va restoranda ofitsiant sifatida ishlardi. 

“Ota-onam meni oʻsha paytlarda rosa qoʻllab-quvvatlashgan. Ular men uchun qaygʻurishar, barcha narsani uchma-uch yetkazishar, mening hisoblarimni toʻlab yurishardi. Men kalligrafist va ofitsiant boʻlib ishlardim, buni barcha boshlovchi aktyorlar kabi amalga oshirganman. Otam aktyor uchun ish topish qanday qiyin ekanligini tushunar edilar, shu sababli muvaffaqiyatga erishganimda haqiqatan oʻzini bahtiyor sezgan” deydi Megan Vanity Fair bilan oʻtkazilgan suhbatda. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Shu tariqa Megan va Garri oʻrtasidagi aloqalar tasdiqlangach, ularning tanishuvlari ham barchani qiziqtira boshladi. Ular Londonda, umumiy doʻstlar davrasida tanishib qolishgan. Juftlikni dizayner Misha Nonu tanishtirgan boʻlib, u Garri bilan maktabda birga oʻqigan doʻstining rafiqasi, shahzodaning jiyanlari malika Yevgeniya va Beatrislarning dugonasi va Meganning yaqin doʻstlaridan biri edi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Garri va Megan bir necha oy davomida oʻz munosabatlarini keng ommadan berkitib yurdilar. Aktrisa avvalgi kabi yashashda davom etdi, shaxsiy The Tig lifestyle blogi uchun postlar yozdi, seriallarda suratga tushdi va Instagramga Garri tomonidan taqdim qilingan moviy taqinchoqni taqib suratga tushirilgan tasvirlarni joylashtirdi. Ushbu bilaguzukni Garrining oʻzi ham uzoq vaqt davomida taqib yurgandi, uning Meganda paydo boʻlishi muhabbat qissasining yaqqol dalili boʻlib qoldi. Ularning ilk uchrashuvlaridan keyin Garri Botsvanga safarga ketdi, Megan esa suratga olish ishlarini davom ettirish uchun Torontoga uchdi. Oradan 3 hafta vaqt oʻtib Garri uni oʻzi bilan Afrika safariga birga borishga koʻndirdi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Ularning muhabbat qissalari tasdiqlangach, Garri Meganni shunchalar qattiq himoya bilan oʻrab tashladiki, u haqida biror maʼlumot olish mushkul boʻlib qoldi. 2016 yilning noyabr oyida suratkashlar Meganni Kensington saroyi yaqinidagi oziq-ovqat doʻkonida uchratdilar.

Bu orada Garri ikki haftalik tur bilan Karib orollariga yoʻl oldi. U orol  premyer-ministrining uyidagi bazmda boʻlgan payti Gaston Braun barchaning oldida shunday dedi:

“Bilishimcha, tez orada yangi malikamiz paydo boʻladi. Bilishingizni istardimki, sizlarni oʻz orolimizga asal oyini oʻtkazishga mamnuniyat bilan taklif qilaman”.

U safardan qaytar ekan Londonga emas, Torontoga qarab ketdi. Suratkashlar ularni Yangi yil archasini birga tanlayotgan paytlari uchratdilar. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

2017 yilning yanvar oyida Garri sevgan qizini akasi shahzoda Uilyam va kelinoyisi Keyt Middlton, shuningdek malika Sharlotta bilan tanishtirdi. Mart oyida ularning birga tushgan birinchi suratlari paydo boʻldi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

May oyida Keytning singlisi Pippa Middlton turmushga chiqdi. Tadbirga yaqin qolgan paytlarda turli mish-mishlar koʻpaydi. Ularda toʻyga Meganning ham kelishi aytilar edi. Megan nikoh marosimida koʻrinmadi, ammo toʻy sharafiga uyushtirilgan bazmda ishtirok etdi va suratkashlar qoʻliga tushdi.

Iyul oyining oxirgi kunlarida juftlik unashtirish marosimi uchun tayyorgarlik koʻrayotganlari haqida yozishni boshladilar. 4 avgust kuni Megan 36 yoshini nishonlashi kerak edi, OAVning fikricha, bu oila qurish taklifi uchun ham qulay payt boʻlardi. Ammo buning oʻrniga Garri unga uzuk sovgʻa qilish bilan cheklandi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Sentyabr oyida Garri Meganni qirolicha Yelizaveta II bilan tanishtirdi.

Noyabr oyining boshlarida Garri Meganning qoʻlini soʻrashga qaror qildi.

“Bu ajoyib oqshom edi. Biz uyda tovuq qovurish bilan band edik va birdan meni kutilmagan syurpriz hayratga qoldirdi. Bu juda ajoyib, tabiiy va romantik holat edi” deydi Megan.

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

 

Keyin esa ular omma qarshisida juftlik sifatida namoyon boʻla boshladilar. Ular Invictus Games sport musobaqasiga birgalikda borishdi va atrofdagilar bilan muloqot qilishdi. Shundan soʻng Meganning “Fors majorlar” serialini tark etayotgani maʼlum qilindi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

27 noyabr kuni Garri va Meganning unashtirilgani Kensington saroyi tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilindi. Toʻy marosimi 2018 yilning 19 may kuniga belgilandi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi

Shunday keyin ular omma qarshisiga birgalikda chiqishni boshladilar. Tez orada ularni zamonamizning eng chiroyli juftligi sifatida eʼtirof etishdi, toʻy hodisasi esaeng uzoq kutilgan tantanalardan biri boʻldi. 

Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
Zamonaning eng chiroyli juftligi: Megan Markl va Shahzoda Garrining muhabbat qissasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar