Ziyo va tafakkur chashmasi boʻlmish kitob haqida gʻaroyib faktlar

1. Insonlar kitob oʻqish uchun haftasiga oʻrtacha 6,5 soat vaqt sarflaydilar.

2. Esnoq haqida oʻqilganda esnoq keladi.
3. Qadimda kitoblar javonga “teskari” qoʻyilgan: umurtqasi devor tarafga, cheti tashqariga.

4. Tadqiqotlar natijasiga koʻra, bolalarni oʻqishga oʻrgatish uchun eng qulay davr- 4-6 yosh. 6-7 yoshdan keyin oʻqishni oʻrgatish nisbatan qiyinroq.
5. Roman yozishga oʻrtacha 475 soat sarf qilinadi.

6. Migel de Servantesning “Don Kixot”, Djon Banyanning “Piligrimning sayohati”, Oskar Uayldning “Qamoqxonadagi iqrorlik”, Nikolo Makiavellining “Podshoh” kabi asarlari qamoqxona panjarasi ortida yozilgan.
7. Qadimda kutubxonalarda kitoblar tokchalarga zanjir bilan kishanlangan.

8.Kitob doʻkonining xaridori kitobning old muqovasiga qarab oʻrtachasiga 8 soniya va orqa muqovasiga qarab 15 soniya vaqt sarflaydi.
9. Hozirgi paytda sotilayotgan kitoblarning yarmini 45 yoshdan katta boʻlgan odamlar sotib oladilar.

10. Adabiy kitoblarni muntazam oʻqib yurgan odamlar volontorlik va hayriya ishlari bilan shugʻullanishga 2,5 baravar va sport musobaqalarida qatnashishga 1,5 baravar koʻproq moyildirlar.
11. Kitoblarning 68% ini ayollar sotib oladilar.

12. Kitobxonlarning koʻpchiligida kitobning 18-betiga kelib qiziqishlari susayadi.
13. “Pengvin” nashriyotining kitoblari sigaretalar kabi hammabop boʻlishi uchun yumshoq muqovalarda ishlab chiqarilgan va birinchi boʻlib cherkovda muomalaga kiritilgan.
14. Amerikada oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, uchinchi sinfgacha oʻqishni oʻrgangan bolalarda qamoqqa tushish, narkotiklar qabul qilish va maktabni tamomlamaslikka moyillik kamroq.
15. Chalasavodlik yoʻqotilgan ish haqi, qoʻldan boy berilgan daromad va ishlab chiqarishning kamayishi sifatida biznes va soliq toʻlovchilarga 20 milliard dollarlik zararga aylanadi.

16. “Kitob qurti”- bu kitob muqovasi bilan oziqlanadigan juda mayda qumursqadir.
17. Kitob oʻgʻrisi- bibliokleptoman deyiladi. Eng taniqli bibliokleptomanlardan biri- bu Stiven Blumbergdir. U 268 ta kutubxonadan 23000 ta noyob kitoblarni oʻgʻirlagan. Buning uchun turli usullardan foydalangan: u kutubxonalarga vintilyatsion tizim va hattoki lift shaxtasidan tushgan. Blumbergning oʻgʻirlangan kitoblardan iborat kollektsiyasi taxminan 20 mln. dollarni tashkil etadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



