Argentinadagi hayvonot bog’i yopilganda qafasdagi hayvonlarni o’limga tashlab ketishdi
140 yillik tarixga ega Buenos-Ayres hayvonot bog’i 2016 yilda yopilgan. Hokimiyat hayvonlarni tarqatib yuborishga va’da bergan, lekin haqiqatda bu rejani amalga oshirish qiyin bo’lib chiqqan.

Hayvonlar xali ham tor qafaslarda shovqinli poytaxt o’rtasida qolib ketgan. Argentina hokimiyati 1,5 mingdan ortiq hayvonlarni boshqa hayvonot bog’lari (chet eldagilarga ham) tarqatib yuborishni va’da berishgan. Biroq bu va’da amalga oshmadi, o’tgan yil davomida bu vaziyatda hech qanday o’zgarish bo’lmadi, deb xabar beradi Associated Press.

Shahar hokimiyati va’da berilgan jarayon kutilganidan ko’ra ancha qiyin bo’lib chiqqanini aytdi. Hozircha hayvonlarning taqdiri va tarqatilish muddatlari haqida gapirishga ancha erta. Shuning uchun vaqtinchalik choralar ko’rildi: hayvonlarni ko’rishga avval 10 ming kishiga ruxsat berilgan bo’lsa, hozir bu raqam 2 mingga tushgan.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations