Donald Tramp hayotidan 9 ta fakt
Ismi: Donald Tramp (Donald Trump)
Tug’ilgan sanasi: 14 iyun 1946 (71 yoshda)
Vazni: 100 kg
Bo’yi: 191 sm
Burji: Ekizaklar
Faoliyati: AQSH ning 45-prezidenti

1. Donald Tramp biografiyasi

Donald Tramp – amerikalik tadbirkor, milliarder, qurilish bo’yichamagnat, mehmonxonalar va kazinolarning yirik tarmog’I egasi. Biznes va o’z-o’zini rivojlantirish bo’yicha ko’p sonli kitoblar muallifi. Respublika partiyasining a’zosi.2016 yilning 8 noyabrida Tramp AQSHning 45-prezidenti etib saylandi.

Donald Tramp – milliarder, pleyboy, filantrop

2. Donald Trampning bolaligi

1930 yilda 18 yoshli Shotlandiya qishloqchasidan Meri MakLaud ismli qizdam-olish kunlarida Nyu-Yorkga keladi. O’shayerda taqdir uni 25 yoshli Fred Tramp, nemis immigrantlarining o’g’li, hamda shuyoshida o’z qurilish korxonasiga ega bo’lgan yigit bilan uchrashtiradi.

Donald Tramp bolaligida va bugun

1936 yilda yoshlar unashtiriladi;er-xotin hurmatga sazovor Kuins hududida kottej sotib olishadi, va oila boshi qurilish biznesi bilan shug’ullanishni davom ettirdi, Meri esa o’zini butunlay onalikka bag’ishladi.Donald Tramp oiladagi to’rtinchi farzand bo’lgan, ammo otasidan qattiqqo’l va talabchanfe’lni olgan, va kichik uka roliga o’rganishni xohlamadi.  Tarbiyalash qiyin bo’lgan Donaldni na ota-onasi,na maktab o’qituvchilari yenga olishdi, shuning uchun 13 yoshida unga shart qo’yildi:u Nyu-Yorkdagi harbiy akademiyaga yuboriladigan bo’ldi.

Donald Tramp (chetdan chapga) aka va opalari bilan

3. Donald Tramp ish faoliyatining boshlanishi. Muvaffaqiyat oldida bo’lgan birinchi qadamlar

1964 yilda Trampharbiy akademiyani a’lo darajada bitirdi va Fordem universitetiga o’qishga kirdi.U yerda 4 semestr o’qib, Pensilvaniya universiteti qoshidagi Uorton biznes-maktabiga o’tdi. 1968 yilda u iqtisodiy fanlar bo’yicha bakalavr darajasini oldi, shundan keyin otasi uni oilaviy biznesga qabul qildi. Donald ko’chmas mulk bilan jiddiy qiziqdi, kelajakdaTramplar qurilish imperiyasi merosxo’ri bo’lishga va otasining mulkini ko’paytirishni xohlardi. 

Yosh Donald Tramp oilaviy biznes ishiga kirishib oldi

Donaldga yuklatilgan birinchi loyiha, bu Ogayo shtatidagi Swifton Village hashamatli aholi turar joyi majmuasida“o’rta holliklar” ga mo’ljallangan 1200 ta uy qurish loyihasi edi. Yosh Tramp boshchiligida kompaniya loyihani bir yil ichida tugata oldi, bunda qurilishga 6million $ ni sarfladi va apartamentlarni sotishdan 12 million $ foyda qildi.

Donald Trampning birinchi loyihasi – Swifton Village aholi turar joyi

Ikki barobar foyda ishfaoliyatini boshlashning birinchi bosqichida a’lo darajadan ham balandroq bo’lsakerak, biroq Tramp erishganlari bilan chegaralanmoqchi emas edi. Ogoyadagi uylarning qurilishida davlat homiylik qilgan edi, ammo Donald ancha jiddiy loyihalar borasida moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat hukumat korxonalariga emas, dunyo kuchlilariga:bankirlar, top-menedjerlar, neft-magnatlariga murojaat qilish kerakligini tushunardi.1971 yilda Donald Nyu-Yorkning eng o’rtasida – Manxetten orollarida uy ijaraga oldi.Bu yerda nufuzli odamlar bilan tezda do’stlashib oldi.

Donald Tramp va Fred Tramp – afsonaviy ota va o’g’il

4. Donald Tramp ish faoliyatining rivojlanishi.Imperiyaning barpo qilinishi.

1974 yilda Tramp,yangi aloqalar yordami bilan Commodore yarim siniq mehmonxonaning tiklanishi uchun tenderni yutib oldi. Mehmonxona atrofidagi boshqa binolar yomon ahvolda bo’lganligiva moliyaviy yordamga muhtoj ekanligi, shaharning o’zi ham bankrot bo’lish arafasida turgan paytda Donald meriyadan 40 yillik muddatga soliq lgotalarini olishga erishdi.Bundan tashqari, Nyu-Yorkning yirik banklari unga 70 million $ ga ipoteka kreditini ajratdi. Shart birta edi – Tramp hududni tartibga keltirishi kerak edi.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations