Har bir ota-ona bilishi kerak bo‘lgan eng muhim qoidalar
Bolalarni dunyoga keltirish katta bir ma’suliyat bo‘lsa, ularni tarbiyalab, voyaga etkazib, munosib inson qilib ulg‘aytirish yuz katta og‘irroq vazifadir. Ota-ona bo‘lishning ma’suliyati, mashaqqati va baxti ham shunda. Bugun sizni mashhur ruhshunoslar tomonidan bu borada keltirib o‘tilgan eng kerakli tavsiyalar bilan tanishtiramiz.

1. Bolangiz siz kabi bo‘lishini kutib o‘tirmang. Aynan biror insonga o‘xshashini ham orzu qilmang. Uning o‘zligi bilan uyg‘ayishi va shaxs sifatida rivojlanishi uchun imkon bering. Kerak paytda qo‘llab-quvvatlang va zarur bo‘lganda qat’iylik ham ko‘rsating. 

2. Shaxsiy namuna kuchi haqida ko‘p bor eshitgan bo‘lsangiz kerak. O‘zingiz tamaki shinavandasi bo‘la turib, bolaga bu ish zarar ekanligini hech qachon tushuntira olmaysiz. Bolalar odatda maktab yoshida bo‘lgan paytlari ota-onalarining ishlarini akrorlay boshlashadi. O‘zingizni munosib tutsangiz, farzandingiz ham shunday bo‘lib ulg‘ayadi. 

3.Ta’qiqlardan uzoqroq bo‘ling. Shuni unutmangki, ta’qiqlangan narsalar hamisha qiziqarli bo‘ladi. Yaxshisi farzandingizga bu ishning nima uchun ta’qiqlanganini tushuntirib bering hamda oqibatlari haqida so‘zlang. 

4.Chegaralar doimiy bo‘lishi kerak. Bugun mumkin bo‘lmagan narsaga kun o‘tgach ruxsat bermang. Talablaringiz va chegaralar hech qachon o‘zgarmasin. Bu bolalarning hayoli va shakllanayotgan tushunchalarini mutlaqo chalg‘itibyuboradi. 

5. Bolani "Omadsiz" , "Ahmoq " , "Qo‘pol " deya haqorat qilmang. U asta-sekin o‘zining aynan shunday ekanligini qabul qilib, kelajakda ham shunday inson bo‘lib o‘sadi. Uyingizda bolalar tarbiyalanar ekan, har bir harakatingiz, har bir so‘zingiz va har ishingizda ehtiyotkor bo‘ling. Ularning qalbi juda nozik bo‘ladi!

 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations