Hayotda va ishda muvaffaqiyatni kafolatlovchi 6 ta xislat
Hech o’ylab ko’rganmisiz, nima uchun bir xil imkoniyatga ega bo’lgan insonlardan kimdir o’ylagan orzusi, ko’zlagan maqsadiga erishadi-yu, kimdir esa hayotda katta qiyinchiliklar va to’siqlarga duch kelaveradi?! Ingliz olimlari o’tkazgan tadqiqot natijasida insonlarni omad va yutuqlarga olib boruvchi olti xil fe’l-atvor xususiyati aniqlandi. Ho’sh, muvaffaqiyat sari odimlash uchun qanday sifatlarga ega bo’lish kerak ekan, bu haqda ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.

Demak, olimlarning aniqlashlaricha, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi hislatlarga ega bo’lish lozim:

Vijdoniylik

Ushbu hislatga ega bo’lgan insonlar ularning bo’ynilariga qo’yilgan vazifalarni mas’uliyat bilan hamda imkon qadar yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek ular hissiyotlarni hamda tasodifiy ta’sirchanliklarini boshqara oladilar, qaror qabul qilishni biladilar va kelajakga ishonch bilan qaraydilar. 

Bu xususiyat shuningdek, muvaffaqiyatli o’qishni ham ta’minlaydi. Biroq ruhshunoslarning aytishlaricha, boshqa xususiyatlar kabi bu xususiyatning ham salbiy tomoni yo’q emas, ya’ni haddan tashqari vijdoniylik insonni egilmaydigan qilib qo’yadi.

Moslashuvchanlik

Zamonaviy inson hamisha stress holatida ishlashga to’g’ri keladi, shuning uchun har bir odam xavotirni his qiladi. Ruhshunoslarning qayd qilishlaricha, yuqori darajada kirishimli insonlar qo’rquv (vahima), yo’nalish va meyordan ortiq vazifalarni boshqalarga qaraganda osonroq yengib o’tadilar. 

Shuningdek, ular his-tuyg’ularning qaror qabul qilishda xalal berishiga yo’l qo’ymaydilar. Bunday odamlar stressni xavf sifatida emas, o’sish uchun imkoniyat, deb qabul qiladilar, bu esa o’z navbatida murakkab vaziyatlardan oson chiqa olishlarini ta’minlaydi.

Noaniqlikni qabul qila olish

Noaniqlikdan ham og’irroq narsa bo’lmasa kerak. Agar sizning barcha vazifalaringiz rahbariyat tomonidan tuzib chiqilgan, faoliyatingizning natijasini oldindan aytish mumkin bo’lganda, boshqa gap edi. Bizning barchamizning vazifalarimiz rahbariyat tomonidan tuzib chiqilishi va faoliyatimizning natijasini oldindan ayta bilish holati qoniqtiradi, mavhumlik esa qiynaydi. Biroq noaniqlikdan cho’chimaydigan insonlar ham bo’ladi. Bunday odamlar qaror qabul qilishdan avval turli nuqtai nazarlarni ko’rib chiqadilar, aqida va bir xilliklarga berilmaydilar, munosabatlarda ko’proq qayishqoqlik qila oladilar. 

Noaniqlikni qabul qila oladigan insonlar o’zgarishlarni oson qabul qila oladilar, mehnat, vazifa va texnologiyalarning yangi sharoitlariga tezda ko’nikib ketadilar. Ammo ruhshunoslar odam noaniqlikda o’zini noqulay his qilishi hamisha yomon bo’lavermaydi, deb ta’kidlamoqdalar. Ba’zi jabhalarda – masalan, nazorat va boshqaruvda tartibli yondashuv afzal.

Qiziquvchanlik

Tug’ma qiziquvchanlik, yangi g’oyaga qiziqish kabi xislarlar insonga oldiga qo’yilgan yangi vazifalarga ijodiyroq yondashuvni hamda muammolarni hal qilishida qayishimliroq bo’lishni ta’minlaydi. Shuningdek, qiziquvchanlik biror yangi narsani o’rganishga yordam beradi va ishdan bezib ketishdan asraydi. Bu xususiyatning kamchiligi – mulohasizlik va ishga yuzakilik bilan qarash, mehnat faoliyatini tez-tez almashtirish kiradi.

Dovyuraklik

Ko’pincha rahbar o’zi xohlamagan qarorlar qabul qilishga va hamkasblari bilan konfrontatsiyaga kirishishiga to’g’ri keladi. To’sqinliklarni yengish, javobgarlikni bo’yinga olish hamda qaror qabul qilish uchun dovyurak bo’lish talab etiladi.

Raqobatga moyillik

Sog’lom ambitsiyalar va shaxsiy muvaffaqiyat sari talpinish faoliyatga qo’shimcha kuch sarflashga chorlaydi. Biroq bu xususiyatning ozgina nozik jihati bor – hasad va birovning muvaffaqiyatiga ichi qoralik bilan qarash, bu narsa bir kunmas bir kun jamoada kelishmovchilikka sabab bo’lishi mumkin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations