Hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz: 5 nafar eng g’alati davlat chegaralari
Chegaralar bor joyda hamma vaqt norozilar ham bo’lib kelgan. Ha, aksariyat hollarda davlat chegaralari juda og’riqli tushuncha bo’ladi — chegaralar urushlar yo’li, mashaqqatli muzokalar, siyosiy hiyla-nayrang va fitnalar bilan vujudga kelgan. Biroq, ayrim o’ta telbanamo voqealar chegaralar bilan bog’liq bo’lishi taajublanarli hol emas.

1. Meksika chegarasining narigi tomonida qolib ketgan amerikaliklar

Amerika Qo’shma Shtatlarining Texas shtati va Meksika davlati o’rtasidagi devorni 2008 yilda kichik Djordj Bush prezidentligi davrida barpo etilgan. Maqsad aniq: noqonuniy migrantlarning sonini keskin kamaytirish va narkotraffik uchun “kislorodni to’sib qo’yish”. Chegaraning yonginasida doimiy yashab kelayotgan amerikalik fermerlar uchun bu yangilik juda katta va uzoq kutilgan yengillik bo’lishi kerak edi, chunki ular haqiqatdan ham tinmay u yoqdan bu yoqqa qatnaydigan narkosavdogarlar va narkokartellar o’rtasidagi gohida ro’y beradigan otishmalardan allaqachon bezillab to’yib ketgan edi. 

Ammo, bir kichik noxush vaziyat vujudga kelib qoldi: devor barpo etilishi natijasida amerikalik fermerlar devorning narigi tarafida, ya’ni Meksikada qolib ketdilar.

 

Buqanday ro’y bergani aniq emas, ammo devorni haqiqiy chegaradan bir milya uzoqlikda qurib o’tkazildi. Shuning uchun ham ayrim joylarda u hech bir narsada aybi yo’q yer egalarining xususiy mulki ustidan o’tib ketdi. O’zining ota-bobosidan qolgan, tug’ilib o’sgan tyerida birdan baland to’siq o’sib chiqib unda “YAQINLASHMA!” yozuvi paydo bo’lgan odamning ko’zidagi dahshatni bir tasavvur qilib ko’ring! 

Endi bu amerikaliklar ishga borishi yoki ulfatlari bilan barda birpas o’tirishi uchunhar safar davlat chegarasini kesib o’tishlari kerak. Bir fermer o’ziningdalasidan o’z omborxonasiga ketayotgan paytida har safar chegara tekshiruvidan o’tishga majbur bo’layotganidan nolib tinmay arz qilib kelyapti.

 

Texas universitetlarining biri ham ikki qismga “kesilib” ajratilib ketdi. Bu yerda ham studentlar leksiyadan leksiyaga chegara orqali yugurib yuribdilar.

2. Hindiston-Bangladesh chegara hududida Bangladeshdagi hind shaharchasi

Anklav bu bir mamlakatning bir qismi boshqa bir mamlakatning ichida o’ziga xos “dengizdagi orolcha” kabi kirib qolgan joyga nisbatan ataladigan iboraligidan xabaringiz bo’lsa kerak, albatta. Juda kamhollarda anklavning ichida yana bir “orolcha” paydo bo’lib ikkinchi tartibdagi anklav deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda birinchi anklav bu teshik kulcha,ikkinchi anklav esa teshik kulchaning teshigi ko’rinishini eslatadi. 

Agar siz o’z mamlakatingizning shunday “teshik kulcha”ning ichida joylashgan qismiga borishingiz kerak bo’lsa, unda ikkita chegarani kesib o’tishingizga to’g’ri keladi.

 

Endi siz o’zingizni Hindistonning Daxala Kagrabari o’lkasida yashayotganday tasavvur qiling. U Bangladesh hududining “teshik kulchasi” bilan o’ralgan, bu “teshikkulcha” esa Hindiston hududining qurshovida va shuning hammasi Bangladesh hududida joylashgan. Agar ushbu joylanishni ko’ndalangiga kesib o’tish zarurati paydo bo’lib qolsa siz dastlab Hindistonga, keyin Bangladeshga, keyin yana Hindiston, Bangladesh, Hindiston, Bangladesh, Hindiston, Bangladeshga o’tasiz.

Umuman aytganda bu ikki davlatlar hududida chamasi 160 taga yaqin anklavlar joylashgan, lekin bunaqa ko’p tarkibli anklav bittayu bitta. Bu urushlarning uzun tarixidan keyin tinchlik to’g’risidagi shartnoma imzolanishi natijasida vujudga kelgan. Uzoq davom etadigan muzokaralar bilan behuda tortishuvlarni cho’zib o’tirmaslik maqsadida tomonlar shartnoma imzolanish paytiga vujudga kelib qolgan chegaralarni, biri biridan yulib olishga erisha olgan yerlarning eng kichik bo’lakchalarigacha hisobga olgan holda “muzlatib” qo’yishga kelishishgan.   

Chetdan qaralganda bu juda kulgili bo’lib ko’rinishi mumkin, ammo u yerda yashovchi aholining ko’ngliga umuman hazil sig’maydi. Ularning har biri o’zlarining mittigina kulcha non shaklidagi hududida jazolanishga maxkum etilganlarday botib qolgan joylaridan chiqib ketishlari juda murakkab jarayon. Masalan, Hindiston fuqarolari “katta” Hindistonga o’zlarining qarindoshlarini ko’rib kelishlari uchun Bangladesh hududini kesib o’tishlari kerak. Demak, tabiiyki ularga pasport kerak bo’ladi. Pasport esa faqat “katta” Hindistonda beriladi.  

Boshqacha qilib aytganda, ular qandaydir yo’l tutib Bangladesh hududini kesib o’tishlari kerak. Buning ustiga bir emas, ikki marta. Shuning uchun ham bu yer hamon yopiq doira bo’lib qolyapti.

O’z davlatining fuqarolarini eng zaruriy narsalar bilan ta’minlash borasida huddi shunday azob-uqubatlarga Hindiston davlati ham doimo duch kelmoqda. Umuman olganda hamma narsa shu azob-uqubatlar bilangina cheklanib qolmoqda.   Shuning uchun ham Daxala Kagrabari o’lkasining aholisi hozirgi paytgacha elektr quvvatisiz yashab keladi va aslini olganda Tosh asrida qotib qolgan. Biroq, u yaxshigina qo’riqlanadi.

3. Koreya chegarasidagi stol

Shimoliy Koreya— g’alati tushunchalarga boy mamlakat. Bu hamma narsada namoyon bo’ladi. Chegara ham bundan mustasno emas.

Shimoliy va Janubiy Koreyaning chegarasini “demilitarizatsiyalangan hudud” deb atashadi. Uning butun hududi bo’ylab ikkala tomondan ham deyarli ikki million harbiylar doimo shay holatda jamlangan. Koreyadagi urush rasmiy jihatdan tamom bo’lmagan deb hisoblanishi tufayli chegarani kesib o’tish uchun hech kimga ruxsat berilmagan. Hech qachon!  Hech qanday baxonalarga ko’ra ushbu qoidani buzishga ruhsat berilmagan. Xatto prezidentlarga ham!

 

Hech kim hech kimni pishiriqlar bilan “bir piyola choyxo’rlik”ka taklif eta olmagan vaziyatda qanday bo’lmasin muzokaralar olib borishning juda murakkab jarayon. Shu o’rinda koreyslar vaziyatdan chiqishning juda g’alati yo’lini topishgan.

 

Ular chegaraning o’zidayoq konferensiya-zalni qurganlar. Shu o’rinda muzokaralar stolining bir qismi Shimoliy Koreya hududida, ikkinchi yarmi esa Janubiy Koreya hududida joylashgan. Ya’ni tomonlar muzokaralarni o’z mamlakatlari hududlarini tashlab chiqib ketmagan holda olib borishlari mumkin.Bu konferensiya zali har doim harbiylar bilan to’la. 

Ular bir-biridan bir soniyaga ham ko’zlarini uzmaydilar. Kunduz kuni ham, kechqurun ham!  Xatto hech qanday muzokaralar olib borilmagan paytlarda bu erda keskin yoki shubhali harakat qilib bo’lmaydi, bu juda ham xavfli hisoblanadi.

4. Hindiston va Pokiston mutlaqo befoyda muzlikni hech bo’lisha olmaydilar.

Hindiston va Pokiston - bir-biri bilan har bir arzimas bahona tufayli behuda tortishuvga shu darajada o’rganib qolgan qaysar va urushqoq aka-ukalarga o’xshaydiki, tortishuv predmetining ahamiyati ham shart emas, faqat qo’shnining nishonga olingan asablariga yaxshigina tegib ketsa bo’lgani.

Bunday eng qizg’in tortishuvlardan biri Siachen muzligi kimga tegishli ekanligi ustida alanga olib ketdi. Bu aqli joyida bo’lgan birorta ham mamlakat hech qachon sotib olishga rozi bo’lmasligi aniq va mutlaqo befoyda bo’lgan ulkan muz bo’lagi.

Muammo shundaki, Hindiston bilan Pokiston o’rtasida chegara o’rnatilayotgan paytda ushbu chegara Siachen muzligi uzra qanday o’tishi kerakligini hujjatlarda rasman belgilab qo’yish hech kimning hayoliga ham kelmagan, chunki bu muzlik dengiz sathidan 4800 metr balandlikda joylashgan halokat tuzog’idir. Unga kim ham yaqinlashishni istar edi?

Shuning uchun ham bir qarorga kelishildi, Hindiston shu yerdan tugaydi, Pokiston esa befoyda bo’sh yotgan yerning qandaydir noma’lum nuqtasidan boshlanadi. Bu masala uzoq vaqt hech kimni bezovta ham qilmagan edi. 1984 yilda esa Pokiston muzlikni o’rganish uchun o’z odamlarini jo’natgan. Hindiston esa huddi boshqa birovga kerak bo’lib qolmaguniga qadar o’yinchoqqa e’tibor bermay yurgan yosh boladay ta’sirlanganedi. U darhol bu muzlikni o’z hududi deb e’lon qilib yubordi. Shu tariqa insoniyat tarixidagi eng bema’ni urushlardan biri boshlanib ketdi.

Hind askarlarining polki havodan Siachen muzligiga jo’natilgandi va uning aksariyat qismi Hindistonning nazoratida bo’lib qoldi. Pokiston bir necha marta bumuzlikni o’ziga tortib olishga uringan, ammo sayi-harakatlar behuda ketgan.

 

Shunday qilib, Siachen muzligi shu kunga qadar sayyoramizdagi eng baland jang maydoni va eng halokatli joy bo’lib qolmoqda – u yerda muzlikning o’zidan xalok bo’lish ehtimoli otilgan o’qdan xalok bo’lish ehtimolidan bir necha o’n borobar yuqoriroq. Hindistonliklar xatto muzlikda joylashgan qo’shinlarni eng zarur narsalar bilan ta’minlash uchun maxsus vertolyotni ham qurdirganlar. Bu yerdagi havoning tarkibi shu darajada nafas olish uchun yaroqsizdir.

Chegara aynan Siachen muzligida ustida o’rnatilishining nimasi muhim? Ishoning, hech narsasi! Bundan tashqari, agar qay bir tomon bu be’mani mojaroni tugatish tashabbusini birinchi bo’lib ilgari sursa, bu uning ramziy mag’lubiyati va raqibning g’alabasi bo’lar emish. Bir-biriga qarama-qarshi bo’lib tortishayotgan taraflarning har biri o’z fuqarolarini istaganicha ayozda muzlatishi mumkin, faqat muzlikdan voz kechib “sharmanda” bo’lmasa bo’ldi.

5. Chizmalar chizib tashlangan shahar

 

Anklav - “kulcha non”li hikoya esingizdami? Barle-Xertog shahri undan ham o’tib tushadi.

Birinchi qarashda bu Belgiyaga tegishli kichgina va sokin shaharcha. Unda hech qanday g’ayrioddiy narsa yo’qday go’yo, ammo shu vaqtning o’zidayoq u Gollandiyaning ham kichkina va sokin shaharchasidir.  

 

Bu shaharcha turli shakl va kattalikdagi 24 hududga bo’lingan. Bu aqlsizlik O’rta asrlarda boshlangan. Mahalliy feodallar qimordagi yutqizishni to’lash maqsadida pulning o’rniga o’zlariga tegishli yer hududlarining ma’lum qismlarini tikish odatini kiritganlar. Natijada chegara endi nafaqat ko’chalar va mavzelarni kesib ikkiga bo’ladi, balki bitta binoning alohida xonalari ham boshqa boshqa davlatlarga tegishli bo’lib qolgan.

 

Masalan, kafeda ayrim stollar Belgiya hududida, boshqalari esa Gollandiya hududida. Gollandiyaning qonunlari bo’yicha restoranlar nisbatan ertaroq yopilishi tufayli bu yerga tashrif buyurgan va o’tirishni davom etishni istaganlar ma’lum vaqtda chegarani kesib o’tib Belgiya hududidagi stollar atrofiga o’tirib oladilar.

 

Bundan tashqari, masalan, bu mamlakatlarda tezlik turlicha chegaralangan, bu esa bir daqiqada chergarani bir necha marta kesib o’tish paytida juda ham qulay emas, albatta.

Bir korruptsiyalashgan bank chegaraning o’zidagi binoda joylashib olgan. Belgiyaning soliq xizmati ostonadan o’ta olmagan, chunki bankka kirish Gollandiya hududida bo’lgan, Gollandiya hukumati esa bankning saqlash xonalariga kira olmagan. Chunki u Belgiya hududida bo’lgan.Ular shu tarzda, toki bir aqlli masalahatga quloq solib, masala yechimini topa olmagunlariga qadar juda uzoq azob chekkan.

Maslahat esa oddiy edi - ularga “sayi-xarakatlaringizni hamkorlikda amalga oshiring” deb aytilgan xolos.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations