Interyerning bezagiga aylanuvchi kitob javonlarining 13 namunasi
Tartib bilan taxlab qo’yilan kitoblardan tashkil topuvchi uy kutubxonalari insonlarning faxri bo’lgan paytlar ming afsuski, o’tmishga aylanib bormoqda. Zamonamiz odamlarning ko’pchiligi esa aksincha, uydagi keraksiz buyumlar qatorida kitoblardan ham halos bo’lishga urinadilar. Ammo elektron gadjetlar hisobiga yuragingizning bir parchasiga aylanib qolgan kitoblardan voz kechish yaramaydi.Har ne qilsa ham kitob – baribir kitob-da!

Quyidagi kitob javonlari uyingiz interyerining haqiqiy bezagiga aylana oladi. Balki uy kutubxonasini yaratish haqida yana bir bor o’ylab ko’rarsiz?

Zina ostidagi kitob javoni

Zina ostidagi kitob javoni

Mazkur usul shunchaki qulay bo’libgina qolmay, uyingizdagi joyni tejash imkonini ham taqdim etadi. Kitoblar hamisha javonlarda tahlanib turadi va odatdagi joylarda turgani kabi hadeganda chang yig’avermaydi.

Harita ko’rinishidagi javon

Harita ko’rinishidagi javon

Harita ko’rinishidagi kitob javoni g’oyasi yangilik ishqibozlariga ma’qul kelishi turgan gap. Bunday javon uyingizdan ko’p joy olmaydi, devorlar ham bo’m-bo’sh bo’lib emas, to’lib turadi.

Bolalar xonasi uchun

Bolalar xonasi uchun

Bolalaringizga kitob o’qishni o’rgatmoqchi bo’lsangiz ularning xonasiga mana shunday javon qurib berishni maslahat beramiz. Baland va aylana shakldagi javon ko’rinishidan ham juda ajoyib. Bundan tashqari, uni osongina aylantira olasiz va o’zingizga kerakli kitoblarni topib olaverasiz.

Mutolaa burchagi

 Mutolaa burchagi

Uyingizda bu kabi burchakni hosil qilish uchun deraza atrofiga javonlar qurib, tokchani o’qish uchun qulay joyga aylantiring. Shiftga lampa o’rgansangiz, tungi sokinlik bag’riga cho’mgancha sevimli asarlaringiz mutolaasi bilan shug’ulanaverasiz.

Harf shaklidagi javon

Harf shaklidagi javon

Har bir bolakay xonasida o’z ismining bosh harfi shaklidagi kitob javoni bo’lishini istasa kerak. Uni istalgan rangga bo’yab, kitoblarni ham turli usullar bilan tahlab chiqsa bo’ladi.

Ajoyib kreslo

Ajoyib kreslo

Uyingizda kitob tahlash uchun mo’ljallangan g’aroyib kreslo bo’lsa, bir kitobni o’qib tugatgach, ikkinchisini olish uchun boshqa honaga yoki javon yonigacha borib o’tirmaysiz. Bunday jihoz uyingizdan ko’p joy olmaydi. Ajoyib kreslo uchun har bir uyda joy topishi aniq, shunday emasmi?

Daraxt shaklidagi javon

Daraxt shaklidagi javon

Bunday kitob javonini o’zingizga qulay bo’lgan xonada yaratishingiz mumkin. U hattoki yotoqxona interyerini ham a’lo darajada bezay oladi.

Bu telefon budkasimi yoki shkaf?

Bu telefon budkasimi yoki shkaf?

Bugungi kunda kitoblarni odatdagidek shkaflarda saqlash kerak degan tushuncha mavjud emas. Javonlar interyerni qanchalik to’ldirib tursa shunchalar yaxshi! Telefon budkasi ko’rinishidagi kitob javoni ham bu borada orginal g’oyadir! Uning eshiklarida ham kitob saqlash imkoni mavjud.

Gul shaklidagi devoriy javon

Gul shaklidagi devoriy javon

Mehmonxona interyeri uchun betakror g’oya! Devorlardan birini javon uchun ajratib, gul shaklidagi “kutubxona” yarating. Bunday usul orqali mehmonxona devorlariga turli kartinalar osishga ham hojat qolmaydi.

Eski narvonlardan yasalgan javon

Eski narvonlardan yasalgan javon

Orginal kitob javoni yaratish uchun katta mablag’ kerak bo’ladi deb kim aytdi sizga? Uyingizda eski narvon bormi? Juda soz! Olib kelib devorga uzunasiga o’rnatasiz va kitob javoni tayyor deyaverasiz!

Yashiklardan ham javon yaratish mumkin

Yashiklardan ham javon yaratish mumkin

Turli buyumlarnisolishga mo’ljallagan taxta yashiklarni devorga o’rnatib chiqqancha, keraklirangga bo’yab olsangiz ekzotik uslubga hos javon hosil bo’ladi.

Daraxt tanasidan yasalgan javon

Daraxt tanasidan yasalgan javon

Bunday javon turi xonalari keng uylar uchun mo’ljallangan. Sevimli kitoblaringizni saqlash uchun mutolaa burchagini o’z qo’llaringiz bilan ham yarata olasiz. Burchakka daraxt tanasini joylashtiring va unga tokchalarni o’rnatib chiqing.

Trubali javon

 Trubali javon

Buning uchun eski trubalardan birini devorga o’rnatib, istalgan rangga bo’yab olsangiz kifoya!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations