NEYMAR TO‘G‘RISIDA SIZ BILMAGAN 10 TA FAKT
Neymar... Jahonning mashxur sport yulduzi haqidagi ushbu ma'lumotlar sizga qiziq bo'lishi tayin.

1.Ko‘pchiligimiz Neymarning futbol maydonida nimalarni qila olishini juda yaxshi bilamiz, biroq ushbu hujumchilarning to‘liq ismini ko‘pchilik bilmaydi, chunki barcha futbol ishqibozlari uchun uning ismi soddagina qilib aytiladigan“Neymar”. Braziliyalik futbol yulduzlarning ko‘plab ismlari singari, uning ismiham aslida ancha uzunroqdir. Barcha rasmiy hujjatlar va soliq deklaratsiyalarida 26 yoshli futbolchi o‘zini Neymar da Silva Santos Junior debtanishtiradi. "Junior", ya’ni “yosh” yoki “kichik” qo‘shimchasini uuning otasi deyarli bir xil ismga - Neymar da Silva Santos ega bo‘lgani uchunishlatadi.

2."Barselona" da Neymarning juda ko‘p o‘rtoqlari bor - Messi, Luis Suares va boshqalar. Ammo oilaviy hayotga kelganda, braziliyalik futbolchi o‘g‘li o‘z o‘g‘li uchun yakkayu-yagona umid va tayanchidir. Neymar 19 yoshda bo‘lganida, Karolina Dentas unga o‘g‘il tug‘ib bergan. Bolakayga Devi Lukka deb ism qo‘yishgan. Hozirgi paytda futbolchi sobiq xotini bilan muloqot qilmaydi va o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalaydi. Neymar avval otalikdan qo‘rqqaniga qaramasdan, uo‘g‘lini "2,8 kilogramm sof baxt" deb ta’riflagan.

3. Braziliya milliy terma Samoasini 2010 yilda boshqargan Dunga (to‘liq ismi - Carlos Caetano Bledorn Verri) Neymarning ajoyib iste’dodiga qaramasdan 2010 yilgi jahon chempionatida yosh futbolchini olmagan. Vunderkind hatto zaxira ro‘yxatiga ham kiritilmagan! “Selesao” (Braziliya terma jamoasining qisqacha nomlanishi) boshqaruchisini shahsan Pele va Romario rosa ishontirishga urinishgan, Neymarning muxlislari o‘zining sevimli piri yordam berish uchun 14 ming nafar imzo to‘plashgan, biroq barchasi behuda edi. Bu qarorning nohaq ekanligi Dunguga Neymarning o‘zi ishontira oldi. 2010 yilavgust oyida milliy terma jamoa uchun birinchi o‘yinidayoq u AQSh terma jamoasiga qarshi gol urgan edi.

4. Neymar xalqaro darajadagi super yulduzga shu qadar tez aylangan ediki, ayrimlar hozirga qadar bu qanday ro‘y berganiga aqli bovar qila olmaydi. U o‘z kar'yerasidagi yuzinchi golini “Santos”da o‘ynagan paytlaridayoq kiritgandi. Buning ustiga hujumchi o‘zining yuzinchi golini 20-yoshli yubileyi urgan edi! Neymar ijobiy natijaga erishgani va aynan kerakli kuni o‘ziga va boshqa millionlab futbol muhlislariga sovg‘a qilishga muvaffaq bo‘lgan navqiron yoshi ham juda  ta’sirli bo‘lgan.

5."Real"ning Neymarga bo‘lgan bir necha yillar davomidagi qiziqishi harqanday transfer oynasining asosiy mish-mishlaridan biri edi. Keyinchalik bunday mish-mishlar to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas - Neymar Madridlik “Real”ning ashaddiy dushmani - “Barselona”ni tanlagan edi. Shu bilan birga, Braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi"ga o‘tishga juda yaqin edi. 14yoshida hujumchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Madridga uchib kelgandi. "Santos" Neymarni mislsiz harakatlar bilan zo‘rg‘a ushlab qolishga erisha olgan, yosh iste’dod bilan qiymati kattagina summaga teng yangi shartnoma tuzilgan edi.

6. Bundan ham ajablanarlirog‘i shundaki, "Real" Neymarning transerini rasmiylashtirishga harakat qilgan birinchi va yagona jamoa emas edi. Ulardan eng ziyragi "West Ham United" bo‘lib chiqqan. 2010-yilda "bolg‘achilar" (West Ham United jamoasini xalq tilidagi nomi) "Santos" klubiga 16 million funt sterling taklif qilgandi, ammo rad javobiga duch kelgan. Ushbu rad javobi etish jahon futbol hamjamiyatining yosh iste’dodga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib yubordi. Bu voqeadan keyin Neymar bilan "Chelsi" va "Manchester Siti" futbol klublari qiziqib qolgan.

7."Siti" Neymar uchun poygachilar ichida hatto bir qancha vaqt yetakchilik ham qilgan edi. 2013 yilda "Manchester Siti” vakillari tomonidan Braziliyalik futbolchiga yog‘ingarchilik va shilta loygarchilikda o‘ynash uchun maxsus butsa ham sovg‘a qilingan. Avvalroq, hujumchi ob-havo tufayli u Britaniyada nimaga qodir ekanligini to‘liq ko‘rsata olmasligini ta’kidlagan edi. "Man Siti" sport direktori Chiki Begiristayn minusni plyusga aylantirishga qaror qilib shu ajoyib sovg‘ani Neymarga taqdim etgan.

8. Neymar Barselonaga o‘tishi bilanoq, “Santos”ning g‘azablangan muxlisi go‘yoki u transferdan ikki yil avval kataloniyaliklar bilan kelishib olganligi uchun uni sudga berishga urindi. 2011 yilda "Santos" va "Barselona" klublari Jahon futbol klublari chempionati finalida ishtirok etdilar. O‘shandaLeo Messi va kompaniya 4:0 hisobida g‘alaba qozongan, Neymar esa juda sust o‘yin ko‘rsatgan. Advokat Luchiano Pereyra Kaparros Yaponiyaga borib kelgani uchun 25 ming funt sterling pul to‘ladi. Hujumchining Kataloniya klubiga o‘tganidan keyin, advokat bu safarga sarflangan mablag‘ uchun kompensatsiya olishni xohlagan edi. Bundan tashqari, muxlis “mo‘’jizadan hafsalasi pir bo‘lgani” tufayli ma’naviy va moddiy zarar yetkazilgani uchun Neymardan 6657 funt sterling miqdorida pul talab qilgan edi.

9. Qanchalar ajablanarli bo‘lmasin, lekin aynan Neymarni dunyodagi eng mashhur sportchi deb nomlashadi. Hech bo‘lmaganda, Sports Pro jurnali bunga qat’iy ishonadi. Bu nashr Braziliyalik futbolchini 5 fevral kuni tug‘ilgan boshqa bir kishi - Krishtianu Ronaldu, shuningdek Lionel Messi, Rori Makilroy va hatto Useyn Boltdan ham ustun qo‘ydi. "Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisining qiyofasidan foydalangan marketing, "Neymarketing" deb nomlangan yangi maxsus nomga ega bo‘lib qoldi.

10."Neymarketing" shu darajada yaxshi ishlaydiki, "Barselona"ning hujumchisi "Time" jurnalining muqovasida chiqqan birinchi Braziliya sportchisi bo‘lgan edi. Pele va Ronaldu Neymarga qaraganda ancha kattaroq yutuqlarga erishgan edi, ammo ular amerika jurnalistlari e’tiborini jalb qila olmaganlar. Nashrning muqovasida chiqqan qolgan barcha braziliyaliklar keksa va zerikarli siyosatchilar bo‘lgan.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations