Oshxonda turli mayda-chuyda narsalarni chiroyli holatda saqlash yo’llari
Har bir narsa o’z joyida turganda juda qulay. Oshxonada narsalarning saqlanishi anjomlar doimo qo’l ostida, qopqoqlar, kapgir-cho’michlar esa ovqat pishirish vaqtida xalaqit bermaydigan holdagi tartibda bo’lishi kerak. O’z oshxonangizni saranjom-sarishtaligini ta’minlashingiz uchun dizaynerlik g’oyalarini bilan birga qo’l ostida mavjud materiallardan ham foydalansa bo’ladi.

Hamma narsa ko’z o’ngida

Ochiq tokchalar– bo’shliqni osma shkaflar bilan to’sib qo’yish istagi bo’lmaganida yaxshi usul, shuning uchun kichgina oshxonalar bilan birga keng oshxonalarga ham mos kelaveradi. Eshik hamda oynalarning atrofida ko’p hollarda bo’sh qoladigan hududni tepasi-yu yonlarini romlashtirish mumkin – ham chiroyli, ham foydali.

 

 

Agar sayohatlardan olib kelingan yorqin likopchalar bilan ko’zachalarni shu tokchalarga qo’yib qo’yilsa, ular ko’rkamlikni vujudga keltiradi.  Bundan tashqari bu joyga pazandalik san’ati to’g’risidagi bejirim kitoblar, yormalarni saqlash uchun rangli idishlar, bezakli patnislar bilan kosalaru piyolalarni terib qo’ysa ham bo’ladi. Shunday qilsangiz siz tez-tez yangi taomlar pishirib ularni chiroyli idishlarda dasturhonga tortasiz.

Yana bir maslahat– bankalar, butilkalar, konteynerlar va qutilar tokchalarda hamohang bo’lib ko’rinishi uchun uslubi va rangi o’xshash idishlarni tanlang.

Shinam taxmonlar

Taxmonda tokchalar yaxshi ko’rinadi, bunga eshiklar qo’shilsa mo’jazgina shkaf hosil bo’ladi. Ishchi yuza sathida joylashgan chuqurlikda blender, kofe qaynatgich va tosterlarni saqlash juda qulay. Uni parda yoki tortma eshik bilan to’sib qo’ysangiz siz xonaning uslubiy bir hilligini saqlab qolasiz. Agar oshhona bilan taxmonning kattaligi imkon bersa bemalol hamma zaruriy tortmalar va tokchalariga ega bo’lgan omborchani barpo qilsa bo’ladi. Joyni tejash uchun uniikki yoqqa suriladigan eshikchalar bilan jihozlasa bo’ladi.

 

Maqsadli reylinglar

 

Devorda o’rnatilgan perforator yodamida teshib chiqilgan yoki to’rsimon panel ilgaklarda tovalarni chovlilarni, qirg’ichlar bilan taxtachalarni, shu bilan birga sochiqlar va yengchalarni ilib qo’yishga imkon tug’iladi. 

Oshxona fartugi hududidagi reylingi mislsiz qulay: undagi ilgaklarda idish yuvish vositasi turadigan tokcha, kurakchalar va kapgirlar uchun konteynerlar, ziravorlar uchun bankachalar hamda qaychi kabi alohida narsalar ilib qo’yilishi mumkin.

 

Oshpazlik cho’michlarini ilib qo’yib saqlanishini shuningdek pastki va yuqorigi shkaflarning yonboshlarida yoki shiftga shtanga bilan panjara o’rnatib orolsimon oshxona ishchi hududining tepasiga joylashtirish mumkin. 

Uzoq saqlanadigan tortmaga o’rin yo’q

 

Birinchi navbatda tortmalar iloj qadar kengroq ochilishi to’g’risida qayg’urmoq lozim: shunda u нerda nima bor ekanligi ko’rinib turadi va kerakligida unga solingan narsani olibi ishlatish ham juda qulay. 

Oshxona anjomlari uchun bo’linmali tortma tortmalar harid qilingani afzalroq. Shu bilan birga ular sizning ehtiyojingizga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Har bir pichoq alohida yotsa ularni charhlanishi kamroq bo’ladi.

Katta tortmalarda kengroq joyni hosil qilish imkonini beruvchi narsalar – bo’luvchilar va tagliklar. Masalan, kastryulyaning qopqoqlarini yo’qotib qo’ymaslik uchun ularnitor bo’limda yoki maxsus taglikda tikkalatib joylashtirib qo’yish mumkin. Tortmaning tubidagi perforator yodamida teshib chiqilgan taxtaga o’rnatilgan qoziqchalar ochilib yopilganda likoplarni butunligini ta’minlash hamda ularni to’plab saqlash imkonini beradi.

 

Bir necha shamollatiladigan bo’limlarni xona haroratida saqlana oladigan meva va sabzavotlarga ajratsa bo’ladi. Agar qutini chuqur lotoklar yoki bo’lmalarda reykalar o’rnatilib bo’linsa unda nima va qayerda turganini aniq esda saqlab doimo tartibni saqlash mumkin. 

Tunuka tova, taxtachalar va pishiriqlar uchun qoliplarni oshxona garniturining pastki tortma tortmasida saqlasa bo’ladi. Shunda shkaf bilan polning orasidagi joydan ham unumli foydalangan bo’lasiz. Yoki agar uyingizda honaki erkatoyingiz, ya’ni it, mushuk yoki sayroq qushlaringiz bo’lsaular uchun ozuqani shu yerga joylashtirib saqlashingiz mumkin – tartib va ozodalik a’lo darajada bo’ladi.

Shkaflar

Pastki shkaflarda kattaroq maishiy texnikani, katta kastryulkalarni saqlash mumkin. Eshiklarining tashqarisiga bir-ikkita ochiq konteynerlarni o’rnatib qo’ying – u yerga ovqat pishirish paytida po’choqlarni stoleshnitsaning o’zidan surib tushirishingiz mumkin. Darvoqe, axlat uchun idishlarni ham tortma tarzda ishlaydigan qilsa bo’ladi, chunki shunda to’lgan axlat haltasini chiqarib olish va uning o’rniga yangisini qo’yish ancha qulayroq. 

Yoki, masalan, rakovinaning tagiga qo’ymasdan ularuchun umuman alohida qutini jihozlasa bo’ladi. Uning ostiga esa qulay tokchalarni joylab, eshikka esa ichkari tomondan gubkalar, lattalar, cho’tkalar va maishiy himiya uchun dataklarni o’rnatsa bo’ladi.

Tortmalar mexanizmlari xatto eng chuqur qutilar vazifalarini kengaytirib yuboradi – endi orqa devorga qo’l cho’zish kerak emas, dastakni tortsangiz bo’ldi

 

Osma shkaflarning tokchalari odatda juda baland, masalan, idish va chashkalar uchun quritish moslamasi bilan tokchalar o’rtasida ancha bo’sh joy qoladi. Bu yer bo’sh qolmasligi uchun pichoqlar tokchasi sifatida foydalaning, bu saqlash uchun qo’shimcha qavatni vujudga keltiradi. Tokchaga osma qo’yilmani joylab unga joylar bilan dorivot o’tlar yoki folga o’ramini, pergament va oziq ovqat plyonkasini qo’yib saqlash mumkin.

Non bilan pishiriqlarni savatchaga qo’ying, shunda non ushoqlarini yig’ishtirib olish ancha osonroq kechadi. Sevimli retseptining bilan tez-tez pishiriq pishirib turasizmi? Un, yumshatuvchi, ziravorlar, elak, shaklchalar bilan suprani qutigasolib qo’ysangiz har safar kerak bo’lganida butun oshhona bo’ylab ularni istab yurmaysiz. Agar shiftning balanligi yetarlicha baland bo’lsa, yuqoridagi shkaflarni ikki qator qilib joylashtirsa bo’ladi – faqat yig’ma narvoncha uchun joyni ham tanlab qo’yishingizga to’g’ri keladi.

Saqlashning burchakli tizimi

Agar oshhonaningiz sal torroq bo’lsa har bir burchakdan foydalanish juda ham muhim. Bunda maxsus qutilarsizga yordam beradi – noodatiy shakl va joylanishi hisobiga ular turli mayda-chuyda narsalar uchun anchagina joyni ajratilishiga yordam beradi. Burchakdagi shkafga torma mehanizm yoki “aylanma arg’imchoq” o’rnatsangiz qo’lingizning yengil harakati bilan o’zingizga kerakli idishni bemalol ola olasiz.

Muhim ikir-chikirlar

Aslida hamma gap ikir-chikirlarda bo’ladi. O’zingiz o’ylab ko’ring, balki, stoleshnitsaning tagidagi qutilarning o’rniga sizga tortma ishchi yuza ko’proq foydali bo’lar? Yoki uning tagida doimiy bir joyda turadigan ostki shkaf o’rniga joydan joyga ko’chirilsa bo’ladigan g’ildirakli tumba qilinsa yaxshi bo’lar? Shunday bo’lsa uni nafaqat ovqat pishirish paytida, balki ovqatlanish paytida ham stol sifatida ishlatsa bo’ladi.

Agar kichgina plastik konteynerlarga magnitchalarni yopishtirib qo’yilsa, ularni sovutgichga yopishtirib qo’yish mumkin. Krupalar va ziravorlar uchun mo’ljallangan bankalarning qopqoqlarini osma shkaflarning tubiga qotirib qo’yib, shu bilan foydasiz hududni ishga solish mumkin. 

Butilkalardagi ichimliklar, xonaki konservalar bilan bayramlarda ishlatiladigan idishlarni taxmonlarda hamda tokchalarning ustida korobkalarda yoki qutilarda saqlash mumkin. Eng asosiysi – ular bir hil uslubda bo’lishi bilan oshxonaning ko’rkiga ko’rk qo’shsa bo’lgani.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations