O’z egalarini millionerga aylantirgan dunyodagi 10 nafar eng ommabop bloglar

Odamlar turli sabablarga ko’ra bloglar olib borishni boshlaydi: ayrimlar bor-yo’g’i o’z fikrlarini odamlar bilan o’rtoqlashishni istaydilar, boshqalar ma’lum bir mahsulotni sotish yoki uni sotilishiga ko’maklashishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi, uchinchi shaxslar shu tarzda o’ziga o’zi yordam berishga urinadilar.

Blog qanday sabablarga ko’ra boshlanishiga qaramay, u birdan juda muvaffaqiyatli bo’lib ketishi va o’zining egasiga millionlab dollarlarni olib kelishi mumkin. Sizning oldingizda o’z egalarini badavlat odamlarga aylantirgan dunyodagi eng muvaffaqiyatli va eng ko’p o’qiladigan bloglar to’g’risidagi sara ma’lumotlar. Marhamat, tanishing.

 

1. “The Huffington Post”

“Xaffington Post” blogi Kennet Lerer, Endryu Breytbart, Iona Peretti va Ariana Xafington tomonidan yaratilgan. Bu blogda doimo siyosat, biznes, atrof-muhit, ko’ngilochar, texnologiya va yana boshqa ko’p mavzularning keng spektrini o’zichiga oluvchi yangi kontent paydo bo’ladi.

Blogning konseptsiyasi 2005 yilning mayida o’ylab topilgan, loyihaning o’zi esa oradan bir necha kun o’tib ishga tushirilgan. Yana bir yil o’tib yirik banklardan biri bu loyihaga besh million AQSH dollari miqdorida mablag’ sarmoyasining kirigan.Yana bir necha yillar o’tib mablag’ yig’ilishi hamda turli sarmoyalar orqali blog 15 million AQSH dollarini yiqqan. 2011 yilda bu blogni “AOL” kompaniyasi 315 million AQSH dollariga sotib olgan. Shu bilan birga bloga yaratuvchilarining biri — Arianna Xaffington — bosh redaktor lavozimida qolgan.

Hozirgi paytda blog ustida odamlarning juda katta miqdori ishlaydi: masalan, blog shtatida 9000 nafar doimiy mualliflar bor. Ularning ichida siyosatchilar, mashhur shaxslar va obro’li olimlar mavjud. Blog nafaqat amerika auditoriyasi uchun olib briladi — uning Kanada, Britaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyaga mo’ljallangan va shu mamlakatlarning tillari tarqalgan joydagi odamlarning qiziqishlari hisobga olingan naqllari ham bor.

Blog shu darajada ommabop bo’lib, o’quvchilarning ishonchiga shu qadar qozona oldiki, 2009 yilda “Forbes” jurnali Arianna Xaffingtonga dunyodagi eng obro’li ayollar qatoridagi 12-chi o’rinni loyiq deb topdi.

“Tech Crunch” o’z sahifalarida texnologiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan yangiliklar va ma’lumotlarni chiqaradi. Blogni 2005 yilda Maykl Arrington yaratgan. Keyinchalik esa “Tech Crunch” kontenti asosida o’xshash mavzudagi bir qator boshqa bloglar yaratilib umumiy “Tech Crunch Network” nomini oldi. Masalan, “Mobile Crunch” nomli faqat kompyuter va mobil moslamalarga bag’ishlangan blog mavjud. Shuningdek, “Tech Crunch” umumiy kontenti fransuz hamda yapon tillariga qilinib, “Tech Crunch France” va “TechCrunch Japan” blog sahifalarini tashkil qiladi. Bu qadam o’z o’zidan blogni yanada ommalashtirdi. Hozirgi paytda blogning narhi 100 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Blog tashkilotchilari bugungi kunda bevosita blogni olib borish doirasidan oshib ketdi: masalan, ular kompyuter hamda tarmoqli texnolgiyalarga bag’ishlangan turli konferensiyalarni tashkil qiladi. Shunday anjumanlardan biri –“Tech Crunch Moscow”, har yili Moskvada o’tkaziladi. IT-sanoati doirasidagi yetakchi mutaxassislarnirng ma’ruzalarini xohlagan kishi kelib eshitishi mumkin. Bundan tashqari agar sizda qiziqarli loyiha g’oyasi bo’lsa siz “Startaplar jangi”da qatnashishingiz – dunyodagi taniqli sarmoyadorlar siz bilan qiziqib qolishi uchun maxsulotingizni shu tarzda taqdim etishingiz mumkin.

3. “Gawker”

3. “Gawker”

“Gawker”  Nyu-York shahrida yashovchi Nik Denton tomonidan 2003 yilda tashkil etilgan va o’z auditoriyasiga dunyoga tanilgan mashhur insonlar — aktyorlar, muzsiqachilar, siyosatchilar to’g’risida turli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ko’p hollarda taniqli yulduzlar va obro’li siyosatchilarning hayotidan mish-mishlar, yangiliklar chop etiladi (kuniga o’rtacha 20-30 maqola), ularning manbalari esa odatda boshqa Ommaviy Ahborot Vositalaridan bo’lgan anonim xabarchilar bo’ladi.

O’zining mavjudligi paytida “Gawker” taniqli sarmoyadorlardan mablag’lar olgan, hozirgi paytda blogning qiymati 100  million AQSH dollariga baholanadi.

4. “Lifehacker”

 4. “Lifehacker”

“Lifehacker” —bu asosan kundalik hayotni qanday qilib osonlashtirish va yoqimliroq qilishga  ixtisoslshatirilgan blog. Shuningdek, unda dasturiy ta’minlov hamda gadjetlar olamidagi yangiliklar chop etiladi. Hozirgi paytda blog “GawkerMedia” kompaniyasiga tegishli (ro’yxatimizdagi 3-chi o’rindagi blog egalari) va “Microsoft” kompaniyasidan sezilarli darajada qullab-quvatlanadi. “Lifehacker” Djina Trapani tomonidan 2005 yilda ishga tushirilgan: dastlabda u blog ustida bir o’zi ishlagan, tahminan ikki yillardan keyin esa unga yana ikkita redaktor qo’shilgan. Bu blog nafaqat o’zining noyob va qiziqarli tarkibi balki  “Sony” kompaniyasining salmoqli sarmoyalari tufayli ham o’zining yuqori qiymatiga ega — hozirgi paytda ushbu sayt asosan unda chop etiluvchi reklama hisobiga mavjud bo’lib kelmoqda. Har kuni blogda tahminan 18 nafar maqola chop etiladi. Uning ommaboplik cho’qqilari Avtraliya va Yaponiyada joylashgan. Bungungi kunda blogning qiymati — 109 million AQSH dollariga teng.

5. “Mashable”

 

“Mashable” blogida veb-saytlar, texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar to’g’risida yangliklar va ma’lumotlar chop etiladi. Bu blogni shotlandiyalik bir o’spirin yigit Pit Keshmor 2005-chi yilda tashkil qilgan. Unda asosan Ommaviy Ahborot Vositalaridan olingan yangiliklarga e’tibor qaratilgan, biroq shu bilan birga texnologiyalar, ko’ngil ochar mavzuda, oylayn-o’yinlar, kino, mem (madaniy ma'lumotlar birligi) va gajdetlar olamidagi yangiliklar to’g’risida ma’umot beradi. “Mashable” — dunyodagi eng yirik saylardan biri: 2009-chi yilda udunyodagi 25 nafar eng yaxshi bloglar qatoriga kiritilgan.2013 yil holati bo’yicha blog “Twitter”da 3,2 million obunachilarga va “Facebook”da tahminan 1 million obunachilarga ega bo’lgan.

Pit Keshmor

Pit Keshmor

 

2007-chi yildan buyon “Mashable” eng yaxshi onlayn-hamjamiyatlar va servislar uchun o’zining mukofotini ta’sis etgan: ovoz berishlar onlayn rejimida blog obunachilari vahamkorlari o’rtasida o’tkaziladi. Keyinchalik eng yaxshi mobil qo’shimcha, eng yaxshi video va yilning eng yaxshi startapi kabi yana bir necha nominatsiyalar qo’shilgan.“Mashable”ning hozirgi paytdagi qiymati 95 million AQSH dollarini tashkil etadi.

6. “Fail Blog”

6. “Fail Blog”

Ben Xax bu blogni 2008 yilda tashkil etgan, uning sahialarida turli yumor, latifalar, komediyali video va suratlar, umuman butun dunyodan turli kulgili holatlar chop etiladi. Blog ishga tushirilganidan keyin besh oy o’tib uni “Cheezburger Inc” kompaniyasi sotib oligan. Uning asosiy daromadi sarmoyalar va unda chop etilayotgan reklamadan shakllanadi. Har oyda saytga billiondan ortiq o’ziga hos foydalanuvchilar kiradi, 2009-chi yilda esa "Fail Blog” mualliflari hazillardan iborat kitobni chop qildi. Shundan keyin bu kitob har yili chiqarila boshladi va u juda yaxshi sotiladigan kitoblar sirasiga kiradi.

Yangiliklar ustida bugungi kunda nafaqat blog hodimlari ishlaydi — saytga materiallarning salmoqli qismini obunachilarning o’zi yuklaydi. Albatta, blog onlayn-nashriyotlar uchun mo’ljallangan bir qator mukofotlarni qo’lga kiritishga musharraf bo’lgan. U bilan bog’liq hatto bir janjalga sababchi voqea ham bo’llib o’tgan: 2009-chi yilda “Fail Blog” blogi “Ginnes rekordlari” veb-sahifasining “Terakt natijasida o’ldirilgan odamlarning eng katta soni” nomli skrinshotini joylashtirgan va uni “Bu rekordni orqada qoldiring” nomli havolabilan bog’lagan. “Ginness” sudga murojaat qilishi bilan ogohlantirib qo’ydi, havola darhol olib tashlandi, albatta, biroq bu voqea keng ommaga tarqalib ketib “Fail Blog”ni yanada omalashtirib yubordi. Blogning aniq qiymati ommalashtirilmaydi, lekin ayrim hisoblar bo’yicha u bir necha million AQSH dollariga teng.

7. “Smashing Magazine”

7. “Smashing Magazine”

“Smashing Magazine” 2006 yilda Sven Lennartts bilan Vitaliy Fridman tomonidan tashkil topgan va dizaynerlar hamda veb-dasturchilar uchun maslahatlarni chop etadi. Ular turli dastur ta’minotlariga va veb-koding, shu bilan birga tarmoq industriyasida ishlovchi odamlarga mo’ljallangan dasturlarga baho beradi. Bundan tashqari,blogning yaratuvchilari internet-biznesning dizayni bilan rivojlanishi to’g’risida hayotdan olingan misol ariqasidagi suratlar bilan jihozlangan  o’zining darsliklarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, ushbu saytda veb-dasturlovchilar bilan veb-dizaynerlarga yordam berish maqsadida yuklab olish uchun bepul shriftlar, ikonkalar, shablonlar va yana turli boshqa narsalar joylangan.

Blogda chop etiladigan reklama, sarmoyalar, shuningdek ko’ngilli xayr-ehsonlar hisobiga juda katta pul oqimi vujudga keladi. “Smashing Magazine” qiymati 5 million AQSHdollariga teng.

8. “Business Insider”

8. “Business Insider”

Bu blog bizness to’g’risidagi turli ma’lumotlarga bag’ishlangan. U 2009 yilda Kevino Rayan tomonidan tashkil qilingan va barcha axborot obro’li manbalardan olingani tufayli hozirgi kunda bunday ma’lumotlarning eng ishonchli ta’minotchilaridan biri hisoblanadi. Barcha analitik yangiliklar OAVda paydo bo’lganidan uzog’i bir soatdan keyin chop etiladi. Buning uchun 45 nafar o’ta tajribali jurnalistlar tinmay voqealarni monitor orqali kuzatib boradi.

Yangiliklar to’g’risida foydalanuvchilar ham xabar berishi mumkin — buning uchun saytda maxsus servis xizmati ochilgan. Bu xizmat orqali har bir kishi anonim ravishda xabar qoldirishi mumkin. Buning ustiga har bir voqea ekpert mutaxassislar tomonidan sharhlangan. Saytning ajoyib xislati voqealar ifodasining istehzoli va xazil-mutoyibali ohangi bilan birga blog qaysi ma’lumotga ishonish mumkin, qaysinisi esa atayin “yanglishib” ko’rsatilganligi hamda unga ishonch yo’qligini belgilab qo’yishidir.Bu saytga axborot manbai sifatida “The New YorkTimes” bilan “National Public Radio” kabi katta obro’ga ega nashriyotlar murojaat qiladi.

Blogning redaktorlari — analitika sohasidagi ekspertlar: masalan, bosh redaktor Genri Blodget avval “Merrill Lynch”, “Pierce”va “Fenner & Smith”ning boshqaruvchisi bo’lib, doimiy mualliflardan biri Den Frommer esa “Forbes” jurnalining hodimi bo’lib ishlagan.

Kevin Rayanning baholashi bo’yicha blogning sof qiymati — 3 million AQSH dollariga teng.

9. “Engadget”

9. “Engadget”

Tarmoqli texnologiyalar to’g’risidagi “Engadget” blogi 2004 yilda Piter Roxas tomonidan yaratilgan: unda iste’molchilik elektronikasi va texnologik gadjetlar olamidagi eng sara va yangi ma’lumotlar chop etiladi. Saytda tez-tez texnologik yangiliklar ishlab chiqarilishi to’g’risida, shunindek u yoki bu gadjetlar to’g’rsidagi ekspert mutaxassislarning fikrlari paydo bo’lib turadi. Blog ustida o’n minglab analitik mutaxassislar va professional jurnalistlar ishlaydi: blogning bosh redaktori Darren Myorf dunyodagi eng mahsuldor professional blogger sifatida Ginnes Rekordlar Kitobiga kiritilgan — 2010 yilning 5 oktyabr holatiga u 17 212 maqolani chop qilgan.

Bevosita maqolalardan tashqari saytda juda arzon to’lov evaziga yuklab olish mumkin bo’lgan jurnal ko’rinishidagi o’z ilovasi hamda o’z shousi ham mavjud. Blog yapon, xitoy, koreys va nemis tillari kabi bir necha tillarda yuritib boriladi.

“Engadget” blogi“  Technorati Top-100” yuzligiga kiradi, 2010-chi yilda esa u yilning eng yaxshi bloglaridan biri sifatida belgilangan. Uning qiymati 3,2 million AQSH dollarini tashkil etadi. 

10. “The Daily Beast”

“The Daily Beast” moda ko’riklaridan tortib kulgili hodisalargacha dunyodagi turli voqealar to’g’risidagi yangiliklar va ularga sharhlarni chop etadi. Bu blogga 2008 yildaTina Braun tomonidan asos solingan, 2010 yilda esa kompaniya “Newsweek” bilan birlashgan. Bu birlashish pirovardida ikkala tomonga ham juda yirik pul mablag’lar oqimini vujudga keltirgan.

Blogga juda katta daromadni saytning oxirgi yildagi eng qiziq ma’lumotlariga asoslangan tarkibdagi “Beastbooks” kitobi ham olib keladi. Bundan tashqari bu blog bir necha o’zining reytinglarini olib boradi — masalan, universitetlar, jurnallar va shu kabi boshqa narsalar reytingini. Blog auditoriyasi har oyda chamasi uch million foydalanuvchilarni tashkil etadi. “The Daily Beast” blogining bugungi qiymati 100 million AQSH dollariga baholanadi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations