O'z vaqtidan oldin paydo bo'lgan 9 nafar ixtiro
Ixtirochi bo'lish juda oson ish emas. Shunday ham bo'ladiki, ixtirochiga dohiyona g'oya keladi, ammo u shu darajada noodatiyki, atrofdagilar unga arzigudek baho bera olmaydi. Gohida g'oyalar o'z vaqt-soatidan ancha ilgariroq paydo bo'ladi, shuning uchun ham atrofdagilar ularning qadriga yetmaydi.

Quyida biz o'z vaqt-soatidan ancha ilgarilab ketgan va juda ko'p yillar o'tib haqiqatdan ham dohiyona ekanligi tan olingan ixtirolar to'g'risida ma'lumotlarni yiqqanmiz.

1. Leonardo da Vinchining bronirovka qilingan tanki

1. Leonardo da Vinchining bronirovka qilingan tanki

Zamonaviy tanklarning prototipi bo'lib hisoblangan Uyg'onish davrining tanki yog'och va temir qismlardan yaratilishi kerak edi. Xarakatga keltiruvchi mexanizm g'ildiraklar, tishli shesteryonkalar va dastaklardan iborat bo'lgan.

 

Tank tahminan 8 kishidan iborat bo'lgan ekipajning jismoniy kuchi vositasida harakatlanishi kerak edi. Qurilmaning perimetri bo'ylab zambaraklar joylashtirilishi kerak bo'lgan. Tepada kuzatish minorasi joylashtirilishi kerak sanalgan.

 

U shu darajada baland bo'lishi kerak ediki, uning ichida narvonlar o'rnatilishi reja qilingan. Leonardo da Vinchi Tanki — buyuk italyan ixtirochi, musavvir va olim Leonardo da Vinchining ixtirolaridan biri.

 

Sakkiz kishi jangdan tashqi qobiq bilan himoyalangan,shuning uchun ham piyoda yurish orqali bunday “tipratikan”ni o'zlari yaralanmagan holda jang maydonining markaziga olib kirishi mumkin edi.

 

 

Himoya qobig'i bilan qoplangan hamma tomonga o'quzuvchi bu qurol dushman qo'shinlari uchun halokatli bo'lishi mumkin bo'lgan.

 

2. Ferdinand Verbist avtomobili, 1672 yil

2. Ferdinand Verbist avtomobili, 1672 yil

Ferdinand Verbist o'z mashinasini "AstronomiaEuropea" kitobida ta'riflab bergan. Verbist diplomat, kartograf va tarjimon sifatida ishlagan, chunki u lotin, nemis,  golland, ispan, italyan hamda ivrit tillarida gapira olgan. U o'ttizdan ortiq kitob yozgan.

 

Ayrim ta'kidlashlarga ko'ra, Verbist dunyodagibirinchi o'zi yurar transport vositasini – ilk avtomobilning timsolini ishlab chiqqan.

 

1672 yilda u Xitoy imperatori uchun o'yinchoq loyihasini loyihalashtirgan. Bu bug' yordamida harakatlanuvchi o'zi yurar arava bo'lgan.

 

Uning uzunligi atigi 65 santimetr edi va shuning uchun ham haydovchi bilan yo'lovchilarni tashishga mo'ljallanmagan.

Sharsimon qozonda suv qaynashi hisobiga bug' hosil bo'lib orqa g'ildiraklarni harakatga keltiruvchi bug' turbinalarining parraklariga yo'naltirilgan.

3. Bi Shen harakatlanuvchi shrifti, XI asr

3. Bi Shen harakatlanuvchi shrifti, XI asr

Bi Shen insoniyat tarixida birinchi bo'lib harakatlanuvchi shriftni va uning yordamida amaliyotda bosma belgilarni chop qilishni ixtiro qilgan.

 

Xitoy novatorining harakatlanuvchi shrifti Sun sulolasining to'rtinchi imperatori Jen-szun hukmronligi davrida loydan tayyorlangan.

 

Bi Shen kelib chiqishi oddiy fuqarolar tabaqasidan bo'lgani uchun uning hayoti to'g'risidagi chuqur va batafsil ma'lumotlar saqlanib qolmagan.Uning usul mohiyati shunda ediki, usta loyni olib unda ierogliflarni o'yib chiqqan. Ular tanganing yon tarafi kabi ingichka bo'lgan. Har bir belgi alohida muhrni aks ettirgan. Keyin u shriftlarni qotirish maqsadida belgili muhrlarni olovda kuydirib pishirgan.

 

Bundan avval Bi Shen temir tunika tayyorlab uni qarag'ay saqichi, mum va qog'oz kukuni bilan qoplab chiqqan.

 

Bi Shen biror narsani chop qilish zarurati bo'lganda u temir ramkani olib, uni temir tunukaga joylashtirgan holda uning ichiga ierogliflarning tasvirlari tushirilgan muhrlarni kerakli tartibda yonma-yon joylashtirgan.

 

Ramka to'lganida yagona turg'un blok hosil bo'lgan. Shundan so'ng ixtirochi uni yengil qizdirib, pasta sal eriganidan keyin u silliq taxtani olib blokning yuzasiga bosgan. Buning natijasida blok qayroq toshdek silliq holga kelgan.

4. Rene Dekart kontakt linzalari, 1636 yil

4. Rene Dekart kontakt linzalari, 1636 yil

Rene Dekart ko'z nurini yaxshilash uchun bir tarafiga linza qo'yilgan kichgina naychadan foydalanishni taklif qilgan.

 

Naychaning ichiga linza bilan ko'zning muguz pardasi o'rtasidagi muhit bo'lishi kerak bo'lgan suv quyilgan.

 

1801 yilda Tomas Yang Rene Dekartning g'oyasini hayotga tatbiq etdi.

 

Biroq keyinchalik gidroskop deb nomlangan linzalarning timsollari keng qo'llanilish uchun tarqalib ketmay qoldi.

5. Aleksandriyadagi savdo avtomati, I asr

5. Aleksandriyadagi savdo avtomati, I asr

Dastlabki savdo avtomati Geron ismli muxandis tomonidan I asrda Aleksandriyada ixtiro qilingan.

 

Ibodatxonaga kiruvchilar kohinlar tomonidan yoritilgan suvda qo'lini yuvishi kerak bo'lgan. Lekin suvni yoritish va uning sotilishi juda ko'p vaqtni olgani tufayli Geron bu jarayonlarni muvofiqlashtirgan.

 

Yoriq joyga tushirilgan tanga lo'kidonni suruvchi dastakka tegib, surma qopqoq, ya'ni lo'kidon ochilgan va biri kishi qo'lini yuvish uchun yetarli bo'lgan suv miqdori otilib chiqqan.

 

Bu mashina ibodatxonada ilohiy suvni tarqatish uchun mo'ljallangan edi.

 

E'tiqod qiluvchilar uchun bu yana bir mo'jiza bo'lib ko'ringan, ammo aslida esa tanga suv qopqog'ini vaqtincha ochib beruvchi maxsus platformaga tushgan.

 

Bundan chiqdiki, Geron savdo qiluvchi avtomatni uning zamonaviy ekvivalenti patenlashtirilishidan 1800 yil avval ixtiro qilgan ekan.

6. Bog'dod batareykasi

6. Bog'dod batareykasi

Bog'dod batareykasi — parfiya yoki sassoniylar davridagi Mesopotamiyaga oid artefakt. Uni topgan nemis arxeologi Iroq milliy muzeyining direktori Vilgelm Kyonig va uning bu ta'kidlashga ishongan boshqalar ham gohida buni qadimiy galvanik unsur deb hisoblaydi. Agar shunday bo'lsa, bu “galvanik unsur” Aleksandro Voltning tug'ilishidan tahminan 2 ming yil avval yaratilgan.

 

Bugungi kunda Bog'dod batareykasi Iroq milliy muzeyida joylashgan.

 

Vilgelm Kyonig tahmin qilishicha, kislota yoki ishqor bilan to'ldirilgan Bog'dod batareykasi (aniqrog'i, "galvanik" unsur), bir voltga teng elektrik kuchlanishni yaratishi mumkin bo'lgan ekan.

 

7. Markaziy isitish tizimi

7. Markaziy isitish tizimi

Isitish tizimi Rimliklarda paydo bo'lishidan avval, u yunonlarda, xususan minoyliklarda mavjud bo'lgan.

 

Yunonlar o'z uylarining pollari ostida quvurlar yotkizgan. Ulardan o'chog'da isitilgan suv yuritilgan.

 

Bu tizim gipokaust nomiga ega bo'lgan, buning mazmuni "pastdan isitish"dir.

 

Rim gullab-yashnagan paytida gipokaustlar rim termlari (xammomlari)ning issiq xonalarini va xususiy serhasham uylarni issiqlik bilan ta'minlagan.

 

Rimda o'tkazilgan qazilma ishlarida zamonaviy “issiqpol”larning prototipi bo'lgan gipokaustlar topilgan.

8. Antikiter mexanizmi

8. Antikiter mexanizmi

Antikiter mexanizmi — 1901 yilda cho'kib ketgan qadimiy kemadan topilgan mexanik moslama.

 

Ushbu mexanizm eramizdan avvalgi taxminan 100 yillargaoid. U Afinadagi Milliy arxeologik muzeyda saqlanib kelmoqda.

 

Mexanizmda oldi tarafi bilan orqa tarafida soat ko'rsatkich omillari o'rnatilgan to'g'ri burchakli yog'och korpusida kamida 30 bronza shesteryonkalari mavjud bo'lgan.

 

Ikkita to'g'ri burchakli bronza himoya tunikalari oldva orqa panellarini to'sib turgan. Ularning tahminiy o'lchamlari - 31,5×17×6 santimetrga teng bo'lgan.

 

Ushbu mexanizm samoviy jismlarning harakatlarini hisoblash uchun ishlatilgan va 42 nafar astronomik hodisalarning aniq sanasini bilib olish imkonini bergan.

 

Maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturi yordamida shu narsa aniqlanganki, bu moslama 33,3-37 shimoliy kenglikda yaratilgan. Rodosoroli (36,4 shimoliy kenglik) va Sirakuz oroli (37,1 shimoliy kenglik) ko'pincha antikiter mexanizmi ishlab chiqilgan joylar bo'lishi mumkin deb ko'pincha tahmin qilib qilinadi.

 

Antikiter mexanizmiga o'xshash moslamalar eramizdan avval 300-yildan 500-yilgacha bo'lgan davrda yaratilgan bir necha adabiy asarlarida ta'kidlab o'tilgan

9. Qadimiy seysmoskop

9. Qadimiy seysmoskop

Eramizdan avval 132-yilda Xitoyda ixtirochi olim Chjan Xen dastlabki seysmoskopni taqdim etgan. Hisoblanishicha, u zilzilalarni zamonaviy asbob-uskunalarning aniqligi bilan oldindan bilish qobiliyatiga ega bo'lgan.

 

Tarixiy qo'lyozmalarda uning aniq tashqi qiyofasi va ishlash tartibi batafsil yoritilgan, lekin uning aniq ichki tuzilishi haligacha jumboq bo'lib qolmoqda.

 

Ayrim olimlar uning ishlash tamoyillari nazariyalarini ilgari surib, shunday seysmoskopning modelini yaratishga bir necha bor urinishlar qilgan.

 

Ushbu nazariyalardan eng keng tarqalganining ta'kidlashicha, mis kolbasining ichidagi  mayatnik yerosti turtkilar paytida harakatga keladi, xatto zilzila epitsentri bir necha yuz kilometr uzoqlikda bo'lganda ham.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations