Qiziqarli faktlar: Balkonlar tarixidan qiziqarli faktlar
Zamonaviy balkonlar. Bugungi kunda balkon – nafaqat toza havo bilan nafas olish va atrof manzarasidan bahro olish, balki, yana yashash joyingizni kengaytirishning ajoyib imkonidir. Shu sababli shishalangan lodjiyalar mashhur bo’lib qoldi, axir ular ichini yoki omborxonadek, yoki, gulli oranjereyaga, va hatto butun bir xonadek jihozlash mumkin.

Balkonlar paydo bo’lishi tarixi

Balkonlar xonaning mantiqiydavomi singari, allaqachon oddiy holga aylanib qolgan. Odamlar balkonlarnininghamma joylarda borligiga shunchalik o’rganib qolishdiki, ularsiz, zamonaviyarxitekturani tasavvur qilish qiyin. Ammo, balkon bugungi kunlar kashfiyotiemas, ularning paydo bo’lishi chuqur o’rta asrlarga borib taqaladi.

Taxminan XII asrdan boshlab balkonlarni avvalambor xavfsizlik maqsadlarida qurishni boshlaganlar. O’shapaytlarda tekis devorlarni chiqib turgan, toshdan yasalgan monolit, to’liqyopilgan inshootlardan iborat bo’lgan. Ularni devorga biriktirilgan massivkronshteynlar ushlab turgan. Balkonlar asosan kuzatuv va xavfsizlikmaqsadlariga xizmat qilgan, odatda ularni bosh shahar darvozalari ustida barpoetishgan, shu sababdan balkonlar shaharga kirishdagi asosiy bezak sifatida hamxizmat qilgan.

Balkonlar foydaliligini tezgina a’lo baholarga baholashdi, va keyinchalik ular fuqarolar uylarining fasadlarida, hamda shahar bino-inshootlarida qurilishi boshlandi. Hamma tomonlama o’rta asr balkoni yopiq qolardi, ammo og’ir shakllar bora-bora ancha yengilroq konstruksiyalarga almashtirishni boshlashdi, shuning uchun xavfsizlik himoya qurilmasidan uyning bezaklaridan biriga aylana boshladi.

Gotika davri boshlanishi bilan Yevropa arxitekturasida yangi turdagi balkon paydo bo’la boshladi, o’zining ko’rinishi bilan gotika cherkovidagi kafedrani eslatar edi. Bu kabi balkonlar yarimoy konfiguratsiyasidagi shakli bilan boshqalardan farqlanardi, ular ostidagi polda esa toshlarni yoqtizishardi. Balkonlar nafaqat uy fasadlarida, balki ichlarida hampaydo bo’la boshladi.

Renessans davrida shaharyashovchilari lodjiya devorlarida ustunlarni qurishni boshlagan edilar. Buningustiga, o’sha davrlarda temir panjaralar ham vujuda kelgandi, va balconingbarcha elementlari esa o’z klassik chegaralariga ega bo’la boshladi.

Venetsiya davri esa balkonlarni odamsimon va hayvonsimon shakllaridagi tutashmalar bilan to’ldirdi, bunda o’ziga xos illyuziya yaratilardi – qurilma shunchaki havoda osilib turmay, balki o’sha shakllar uni ushlab turgandek tasavvur tug’ilardi. Hozirgi vaqtda soxta suyanchiqlarda qiziqarli rasmli, temirdan qilingan figurali, g’alati panjaralar paydo bo’lishni boshladi. Balkonlar to’lig’icha uylarning bezagiga aylandi, shuning uchun ularni yanad jozibali va rang-barang qilishga harakat qilishyapti.  

Rossiya hududida balkonlar ancha kechroq paydo bo’ldi, va ular faqatgina shohlar saroylari fasadlarini bezagan. Barokko davrida Yekaterina saroyi ko’p sonli balkonlar bilan jihozlangan edi, va bu o’sha vaqtdagi qurilishlarning nufuzini ko’rsatuvchi, o’ziga xos jozibadorlikka kirardi. XIX asr oxirlariga kelib, balkonlar qiymatli uylarni qurishda keng qo’llanilardi.

Temir betonining ishlatilishi ko’pgina oddiy fuqarolarga o’z uylarida balkon qurilmalarini barpo qilishga ko’maklashdi, va bu nafaqat nufuzli odamlarning farqli tomoni, balki hamma qo’llashi mumkin uslubga aylandi.

“Balkon” so’zining tarixi

“Balkon” so’zi eski nemis so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’zbek tiliga tarjima qilinganda “balka” va “yog’och” deb tarjima qilinishi mumkin. Birinchi bo’lib, bu so’z Italiyada qo’llanilgan, va yo’l-yo’lakay “balkonye” ga almashgan. Bu so’z italyanlarda balkali devor ustunini bildirardi,  va aynan shu variantda so’z boshqa mamlakatlarga tarqalgan.

Hozirda balkon qurilmalarini to’rt turga bo’lishadi:

- balkon – kichik maydon shaklidagi devordan chiqqan berkitilgan ustun;

- veranda – o’z hajmlari bilan balkonda sal ustun turadigan, kolonnalarga bo’ysunadigan qurilma;

- lodjiya – bir tomonli, bino fasadidan chiqib turmaydigan qurilmani tashkil qiladi;

- fransuz balkoni – chiqish uchun maydoni yo’q, ammo chegarasi bor qurilma.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations