Qiziqarli ma’lumot: Dunyo rahbarlarining g’alati odatlari va ovqatlanish ratsioni
AQSH prezidenti Donald Tramp o’zining g’alati odatlari bilan dunyoga mashhur. Hatto ovqatlanishda ham: dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan birining rahbari burger va kartoshka tanovul qilishni yaxshi ko’radi. Boshqa mamlakatlarning sobiq va amaldagi davlat rahbarlarining ratsionida esa bundan ham g’alati taomlar mavjud. Keling, ular bilan tanishib chiqamiz.

Kim Chen Ir

Kim Chen Ir

Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari Kim Chen Irning qanday taomlar yoqtirganini uning oshpazi Kedji Fudjimoto gapirib berdi. Kim Chen Ir Shimoliy Koreyaning hozirgi yo’lboshchisi Kim Cen Inning otasidir.Oshpazning aytishicha, sobiq davlat rahbari turli delikateslar bilan taomlangan va faqatgina eng yaxshilarini afzal ko’rgan. U Kaspiyning qora ikrasi, Daniyaning cho’chqa go’shti, Tailandning papaya va mangolari, Frantsiyaning konyagi, Tokio bozorlarida tayyorlangan baliq sushilarini iste’mol qilgan.

Margaret Tetcher

Margaret Tetcher

Margaret Tetcherning gastronomik odatlari kundalik daftaridagi yozmalari tufayli jamoat boyligiga aylandi. 2010 yilda Britaniya jamoati uni saylov oldidan qattiq parhezga o’tirganini bilib qolishdi. Bo’lajak bosh vazirning ratsioni qaynagan tuxum, greypfrut, sabzavotlar va qora qahvadan iborat edi. Bu mahsulotlar yig’indisi qisqa vaqt ichida ozishni istaganlar uchun klassik parhez hisoblanar edi. Tetcher taomni o’zi tayyorlashni xush ko’rar edi, shuning uchun ham bosh oshpaz xizmatidan voz kechgan edi.

Bridjit va Emmanuel Makron

Bridjit va Emmanuel Makron

Er-xotin Makronlar haqiqiy fransuzlar singari tanovulqilishni o’zgacha bir taomil sifatida qabul qiladilar. Ularning ratsioni uchun avvalgi sobiq uch prezidentlar uchun ham taom tayyorlagan Yelisey saroyining bosh oshpazi Giyom Gomes javobgardir. Makronlar oiasining menyusi fransuz taomlaridan tashkil topgan bo’lib, asosiy e’tibor baliq, sabzavot va mevalarga qaratiladi. Ularning stoli ustiga kelib tushadigan mahsulotlar Parijdan 100 km uzoqlikdagi radiusda yetishtiriladi. Iste’mol qilinadigan o’t va ko’katlar esa saroy bog’larida o’sadi. Makronlar oilasining oshxonasidagi ajoyibotlardan biri –taomlarning Napoleon davridagi mis idishlarda tayyorlanishidir. Fransiya prezidentining eng yoqtirgan taomlari – kordon blyu, ichi pishloq va vetchina bilan to’ldirilgan tovuq filesidir.

Yelizaveta II

Yelizaveta II

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning ovqat ratsioni juda oddiy, u mahalliy mahsulotlarni afzal ko’radi. Uning menyusida hech qanday noyob meva yoki ekzotik baliq navlari yo’q. Agar qirolicha go’sh ttanovul qilishni istasa, unda u qirollik rezidentsiyalarida yetishtirilayotgan  mol yoki kiyiklarning go’shti bo’lishi kerak, agar baliq xohlasa, Yevropaniki bo’lsa ham bo’ladi.Qirolichaning ratsionida asosan sabzavotlarga ko’proq e’tibor beriladi. Uning stolida hamisha ismaloq, kabachki va salat barglari muhayyo bo’ladi. Tarkibida kraxmal bo’lgan mahsulotlardan esa qirolicha o’zini tiyishga harakat qiladi,shuning uchun ham guruch, kartoshka va hattoki italyancha pasta ham qirollik stolida ko’rinmaydi. Qirolicha bu mahsulotlarni piyoz va sarimsoq piyoz bilan birgalikda yoqtirmaydi.

Uinston Cherchill

Uinston Cherchill

Uinston Cherchill ham taom borasida juda talabchan edi. U siyosiy masalalarni tanovul ustida hal qilar edi, shuning uchun ham mehmondorchilik borasida ziqnalik qilib o’tirmasdi. Buyuk Britaniyaning bosh vaziri bo’lgan bu odam ustritsalar, ikra, go’sht va har bir ingliz fuqarosi kabi stilton pishlog’ini xush ko’rar edi. Desertga esa mevali muzqaymoqlarni iste’mol qilar edi. Cherchilning alkogolga bo’lgan munosabati esa alohida bir mavzudir. Uning yonida hamisha stakanda viski bo’lishiga qaramay, uning piyonista bo’lgan degan gap g’irt afsonadir. To’g’ri u ichib turar edi, lekin chegarani bilar va hech qachon mast bo’lishgacha yetib bormas edi. Uning yoqtirgan ichimliklari shampan vinosi, brendi, quruq martini, klaret va qizil bordodan iborat edi.

Angela Merkel

Angela Merkel

Germaniya kantslerining boshqa davlat boshliqlaridan farqi – u taomni o’zi tayyorlaydi va bu yumushni juda yaxshi ko’radi. Uning menyusiga nemis an’anaviy taomlaridan tashqari shashlik va kabob ham kiradi.Merkel lecho, forel, kartoshkali sho’rva, qovurilgan go’sht bilan sabzavotlar solingan quyuq nemis sho’rvasini iste’mol qilishni xush ko’radi.Shirinliklardan esa kantsler qaymoqli pirogni afzal biladi.

Barak Obama

Barak Obama

 Barak Obamaning rafiqasi Mishel turmush o’rtog’ining ratsioniga sog’lom taomlarni kiritishga urinishiga qaramasdan, AQSH ning sobiq prezidenti fastfudni yaxshi ko’radi. U asosan chizburger, qovurilgan kartoshka va sendvichlarni yoqtiradi. MishelObama bergan intervyularidan birida Obamaning fri kartoshkasini salsa vaguacamole bilan birga tanavul qilishini, shuningdek yeryong’oq, bodom va yong’oqlarni xush ko’rishini aytib o’tgan.

Bill Klinton

Bill Klinton

AQSH ning 42-prezidenti Bill Klinton ham zararli taomlardan o’zini tiya olmas edi. U saylov oldi kampaniyasida chizburger,dolchinli bulochkalarni tanavul qilgan va bu bilan rafiqasi Xilari Klintonni tashvishga qo’ygan. Xillari xonim ham o’z navbatida turmush o’rtog’iga semizlikka olib keluvchi bunday odatni tashlashni maslahat bergan, chunki bo’lajak prezidentning tashqi ko’rinishi mukammal bo’lishi kerak edi. Biroq Bill rafiqasining maslahatlariga prezidentlik kursisini tark etgandan keyingina quloq sola boshladi. Bugungi kunda uning ratsioni faqatgina vegetarian taomlaridangina iboratdir.

Richard Nikson

Richard Nikson

AQSH ning sobiq prezidentlaridan yana biri Richard Niksonning ratsioni ham o’zgachaligi bilan ajralib turar edi. U ertalabki nonushtaga  uy sharoitida tayyorlangan hamda yogurt va kepak qo’shilgan mevali tvorog istemol qilgan. Biroq shunisi qiziqkki, Nikson bu tvorogga murch,qalampir va ketchup qo’shishni ham xush ko’rgan. Shu bilan birga go’shtli non ham uning jonu-dili hisoblangan.

Evo Morales

Evo Morales

Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales oddiy odamlar kundalik hayotlarida iste’mol qiladigan ko’pgina mahsulotlarga qarshi edi. U hech qachon fastfud tanovul qilmas edi. Uning fikricha, aynan gamburger va qovurilgan kartoshka saraton kasalliklarini keltirib chiqarar ekan. Bu amaldor tovuq go’shtiga ham qarshi chiqar edi. U bergan intervyularidan birida shunday degan edi: “Biz iste’mol qilayotgan tovuqlarimizga ayollar gormoni yuboriladi, shuning uchun mubolag’asiz ayta olamanki, tovuq go’shtini iste’mol qiladigan erkaklar – haqiqiy erkak emas”.  

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations