Qiziqarli ma'lumotlar: Svetaforning ranglari nega aynan qizil, sariq va yashil?
Hech qachon svetoforni ko'rmagan zamonaviy odamni topish qiyin. Muayyan davriylik bilan qizil, sariq yoki yashil ranglarda yonib turuvchi qurilma mashinalar va piyodalar harakatini tartibga solib turadi.

Bolaligidanoq signallarning ma'nosini hamma biladi, lekin nima uchun bu ranglar yorug'lik chiroqlari uchun tanlanganligi hammaga ham ma'lum emas.

1868 yilda London parlamenti yaqinidagi bir ko'chada jahondagi birinchi svetofor paydo bo'ldi. Qurilma politsiya xodimlariga juda turband Bridj Strit ko’chasini sal yengillashtirish uchun mo'ljallangan edi. Bunday qurilmaning g'oyasi muhandis Jon Peak Naytning xayoliga keldi. Biroq, obyektiv baholaydigan bo'lsak, u shunchaki bu qurilmani temir yo'l semaforidan nusxa qilib ko'chirdi.

Kabina va dilijans haydovchilarning ko’z oldiga balandligi 6,7 metr bo'lgan ko'chma o'qli ustun paydo bo'ldi. Ular ikki tomonga ("to'xtash" belgisi) yoki 45 gradusgacha pastga ("e'tibor bering" signali ruxsat berishda ishlatishi) engashib ketardi. Kechki payt qizil va yashil linzali gaz chiroq ishlatilardi. Tizimning ishlashi uchun 24 soat davomida yo'l harakati yoritgichida politsiya konstabili navbatchi bo'lib turardi.

Shunday qilib, temir yo'l semaforida ishlatilgan qizil va yashil ranglar hozirgi svetafor uchun qarz qilib olindi. Qizig'i shundaki, dastlab "diqqat" belgisini yashil rang bilan ifodalashardi, oq rangli signaldan keyin esa harakatlanishga ruxsat berilgan. Ammo, bunday tartib muvaffaqiyatsizlikka bo’lib chiqdi. Muhandislar ba'zan osmondagi katta yulduzlarni senmafor belgisi sifatida qabul qilishgan va bu ko’pgina falokatlarga olib kelgan.

Faqat o'n yil o'tgach, fiziklar qizil, yashil va sariq rangli chiroqlar standart ranglar bo'lib o’rnatilganini tushuntirish mumkin bo’ldi. Kamalakdagi ranglar ichida aynan shu ranglar spektrning eng uzun to'lqiniga ega. Shuning uchun bu signallar maksimal masofadan ko'rinadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations