Qiziqarli ma'lumotlar: Taniqli kosmetik brendlar nomining kelib chiqishi
Ko’pchilik odamlar kosmetik markalarning nomlarini bilishadi va yo’l-yo’lakay kamida o’ntasini aytib berishimiz mumkin. Ammo kamdan-kam insonlar ularning nomlari qayerdan kelib chiqqani haqida bilishadi. Aynan shu haqida bugun gapiramiz.

Lancaster

Lancaster

1. Lancaster - bu kosmetik kompaniya ikkinchi jahon urushidan so’ng fransuz tijoratchisi Jorj Vurts va italiyalik dorixonachi Ejen Frezzati tomonidan yaratilgan. Ular bu markani britaniyalik qirollik BBC si Fransiyani fashistlardan qutqargan Lancaster og’ir bombardimonchilar nomiga atashgan.

Avon

Avon

2. AVON - tarixda yozilishicha, kompaniyaning hozirgi tashkilotchisi Deyvid MakKonnell Vilyam Shekspirning ona shahri Stredford-Eyvonda (Stratford on Avon) da bo’lgan. Angliyaga tashrif buyurganidan so’ng “Suffern” laboratoriyasi atrofidagi hudud Deyvidga Shekspir ona shahriga o’xshash qishloq landshaftiga o’xshatdi. Shahar joylashgan hududgagi daryo nomi esa, sal vaqt o’tgach kompaniya nomiga aylandi. Avon – so’zining klib chiqichi keltlik va uning ma’nosi – to’kilayotgan suv.

Bourjois

Bourjois

3. Bourjois - kompaniya 1863 yilda Aleksandr Napoleon Burjua tomonidan tashkil qilingan.

Nivea

Nivea

4. NIVEA – shunday nomni kompaniyaning birinchi kremi olgan, va u lotin tilidan “nivius”, ya’ni “oppoq” so’zini bildiradi.

Lancome

Lancome

5. Lancome (Lankom) - yaratuvchisi Arman Ptijan o’z markasi uchun xohlagan tilda osongina aytilishi mumkin bo’lgan so’zni qidirgan va shu tariqa Markaziy Fransiyadagi Lancosme qasri nomiga o’xshatib, Lancome nomini bergan.

Faberlic

Faberlic

6. Faberlic kompaniyasi faoliyatini deyarli 1997 yildan boshlab kelgan, ammo aniqrog’i – 2001 yilning kuzidan. 1997 yildan 2001 yilgacha u “Russkaya Liniya” deb atalgan. “Russkaya Liniya” tashkilotini ikkita yosh yigit yaratgan: Aleksandr Davankov va Aleksandr Nechayev. Faberlic – “Faber” lotin so’zi, “master”, “metr”, “maestro” degan so’zlarni bildiradi. “Lik” – slavyan tilida “yuz”, “tasvir” degan so’zlarni bildiradi.

L'Oreal

L'Oreal

7. 1907 yilda muhandis-kimyochi Yudjin Shiller soch uchun umuman zarari bo’lmagan bo’yoqni yaratdi va uni L'Aureale (“Oreol”) den nomladi. 1909 yilda kompaniy L'Oreal nomiga ega bo'ldi.

Revlon

Revlon

8. Revlon - 1932 yilda Charlz Revson, uning akasi Djozef va kimyochi Charlz Laxman tomonidan yaratilgan, va Laxman nomiga atamadagi L harfi mavjud.

Garnier

Garnier

9. Garnier - 1904 yilda kompaniya asoschisi Alfred Garnye birinchi bo’lib soch uchun tonik yaratgan.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations