Qiziqarli ma'lumotlar: Yaponiyalik bobo Excel ning zerikarli jadvallarini qanday qilib san'at asarlariga aylantirmoqda
Microsoft Excel foydalanuvchilarining ko'p qismi uchun u zerikarli jadvallar va toliqtiruvchi grafiklar bilan assosiasiyalanadi. Lekin bu dastur bo'yicha barcha steriotiplarni buzgan odam bor. Tanishing: Tasuo Xoriuchi (Tatsuo Horiuchi), 77 yoshlik kun chiqar mamlakatining rassomi, Excel da detallashtirilgan yapon landshaftlarini "chizadi".

Mana 15 yildikim rassom Tasuo Xoriuchi tog' peyzajlari va gullayotgan sakuralarning nozik detallarini - kutilmagan instrument - Microsoft Excel jadvallari yordamida yaratadi.

Tausio Xoruchi nafaqaga chiqqanidan so'ng, zerikmaslik uchun kompyuter grafikasi bilan shug'ullanishga qaror qildi. Lekin nima uchun aynan Excel? "Grafik dasturiy ta'minot juda ham qimmat bo'lib, Excel esa ko'p kompyuterlarda ko'zda tutilgan - deb tushuntirib beradi Xoriuchi janoblari. - Unda funksiyalar ko'proq va uni Paint dan ko'ra ishlatish onsonroq".

Avvalam bor grafiklarni qurish uchun dasturlashtirilgan oddiy vektor instrumentlarini qo'llagan holda, Xoriuchi, ularning o'rniga Yaponiyaning qishloq hayotinin panoramalarini chizadi. "Ishda men xech qachon Excel bilan foydalanmaganman, lekin boshqa odamlar unda juda chiroyli diagramma va grafiklar qilayotganlarini ko'rar edim, hamda o'ylanib qoldim, uning yordamida chiza olsam kerak".

Tausio kompyuter sotib oldi va an'anaviy yapon motivlari aks etgan sur'atlarni yaratishni boshladi: gullagan sakura, Fudziyama, qarag'aylar, sharsharadagi zog'orabaliqlar... Yillar o'tib ular juda ham murakkab bo'lib bordi. Bugun Tasio Xoriuchi - raqamli san'atning tan olingan ustasi, uning "polotnolari" tanlovlarda g'lib bo'ladilar va ko'rgazmalarda demonstrasiyaga qo'yiladilar. Uning o'zi esa, Excel da chizish bo'yicha kurslar tashkil qilgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations