Sayyoramizdagi 10 ta eng  tiqilinch joylar
Savdo markazi, bog’lar yoki bozorlar kabi ma’lum bir joyda odamlar to’planishi bilan taajublanmasa ham bo’ladi. Ammo basseyn, poezd yoki boshqa shu kabi joylarda odam haddan ziyod to’planib ketsa, bu juda g’alati tuyuladi. Quyida dunyodagi 10 ta eng eng ko’p odam to’planib tiqilinch bo’lib ketadigan joylar to’g’risida ma’lumotlar yig’ilgan.

10 - Oksford-strit ko’chasi, London, Buyuk Britaniya.

Oksford-strit bu Londonning eng qadimiy rayoni Vestministerdagi juda gavjum ko’chasi.  Bu ko’cha Yevropaning eng g’ala-g’ovur ko’chasi.Unda 548 ta do’kon joylashgan. Ko’chaning uzunligi 2,4 kilometrni tashkil etadi. Bu ko’chada London Metropolitenining "Marble Arch", "BondStreet", "Oxford Circus", "Tottenham Court Road" metrostantsiyalari joylashgan.

9 - Marakana stadioni, Braziliya.

"Marakana" stadioni – bu Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi davlat stadioni. U janubiy Amerikadagi eng yirik stadion. Uning ichida jami 78 838 nafar joy bor. Stadion 1950 yilda futbol bo’yicha jahon chempionatidan oldin ochilgan. Undagi birinchi o’yindayoq Braziliya 2:1 hisob bilan Urugvayni mag’lubiyatga uchratgan. Final uchrashuvda hammasi bo’lib 199854 tomoshabin qatnashgan. 2014 yilning futbol bo’yicha chempionati ham “Marakana” stadionida bo’lib o’tgan. 2016 yilda esa bu yerda Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari bo’lib o’tgan.

8 – Sindao plyaji, Xitoy Xalq Respublikasi

Sindao dunyodagi eng g’ala-g’ovur plyajlardan biri. Yoz mavsumida bu plyajga har kuni chamasi200 mingdan ortiqroq odam keladi.

7 – Mumbaydagi poezd, Maxarashtra, Hindiston

Mumbaydagi “HindistonTemir Yo’llari” shahar oldi temir yo’l boshqarmasida kuniga tahminan 7,24 million yo’lovchilarni tashiydigan 2342 nafar poezdi bor. Mumbayning temir yo’llaridagi poezdlari har yili 2,64 milliard yo’lovchini tashiydi. Bu ko’rsatkich ularni tez jamoa transportining haddan ziyod ortiq yuklanganligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’ringa loyiq qilib ko’rsatadi.

6 –Sibuya chorrahasi, Yaponiya.

Sibuya rayonining kesishgan piyodalar o’tish joyi – dunyodagi eng gavjum joylardan bittasi. Bu o’tish joyi shahar aholisi bilan birga mehmonlar uchun ruxsat kutib o’tirmay bir necha joylardan o’tish imkonini beradi. Bu chorraha Tokugava hukmronligi paytida qal’ada yashagan Sibuya oilasining sha’niga shunday deb nomlangan. 

5 – “Kresti” qamoqxonalari, Rossiya

“Kresti” qamoqxonasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U 1000 kishiga mo’ljallangan, biroq hozirgi paytda bu yerning o’zida 10000 dan ortiq mahbuslar saqlanib kelmoqda. "Kresti" tergov izolyatori me’morchilik yodgorligi sifatida davlat tomonidan himoyaga olingan.

4 –Moskvadagi Makdonalds restorani

1990 yilning 31 yanvar kunida hali sotsialistik tuzum hukmronlik qilayotgan paytda Moskva shahrining Pushkin maydonida Makdonalds restorani ochilgan edi. Ochilish marosimida 5000 dan ortiqroq odam qatnashgan. Keyinchalik bu restoran kuniga 30000 dan ortiq odamga xizmat qiluvchi dunyodagi eng gavjum joylardan biriga aylanib qolgan.

3 –Manila shahri, Filippin

Manila - bu Filippin davlatining poytaxti. U o’zining 20 millionlik aholisi bilan dunyodagi eng yirik va o’ta tiqilinch shaharlardan bittasi sifatida namoyon bo’ladi.

2 –O’ta tiqilinch bo’lgan 401-chi Ontario shossesi

Bu shosse Macdonald–Cartier shossesi yoki 401-chi magistrali sifatida tanilgan. Vinzbordan Kvebekkacha uzunligi 817,9 kilometrga teng. Dunyodagi eng gavjum magistrallardan biri. Uning asosiy yo’li bo’ylab har kuni 500 mingdan 1 milliongacha transport vositalari harakatlanadi.

1 - Tokio Sammerlend – o’ta gavjum va tiqilinch basseyni

Summerland mavzuli bog’i Yaponiyaning poytaxti Tokioda joylashgan. Undagi odamlarning ko’pligidan suvni xatto ko’rish ham juda qiyin bo’lib qoladi.

 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations