Sog’liqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zo’r moslama
Odamlarning ko’pchiligi uchun fitnes bu turmush tarzi. Ular faqat foydali taomlar bilan ovqatlanadilar va doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan shug’ullanib keladilar. Ular uchun yugurish yoki sayrga chiqish – bu vaqtchog’likdir. Uyda qolib televizor ko’rish g’oyasi ularni optimizmdan uzoqlashtiradi. Boshqalar uchun esa hammasi aksincha.

Ularning taomnomasida deyarli hech qachon sog’lom turmush tarziga mos bo’lgan namunalarni uchratmaysiz, shu bilan birga, faol bo’lish uchun ularning vaqtlari ham, istaklari juda ham kam. Inson qaysi toifaga kirishi ahamiyatli emas, bu maqoladagi besh nafar moslama unga doimo yaxshi jismoniy qaddi-qomat ega va sog’lom bo’lish uchun yordam bera oladi.

1. Tish cho’tkasi

1. Tish cho’tkasi

Inson o’z sog’lig’i uchun bajara oladigan, biroq, doim ham qadriga yeta olmaydigan amallardan biri og’iz bo’shligining parvarishidir. Bu talabga rioya qilmaslik hayot sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin, vujudga kelgan muammolarni bartaraf etilishi esa juda qimmatga tushishi ham aniq. Elektrik tish cho’tkalari mislsiz darajada foydali, biroq ularning hammasi ham bir hil emas.

Masalan, Quip cho’tkasi hamma uchun jozibador qilib ko’rsatish maqsadida ishlab chiqilgan (turli rang va turdagi modellar mavjud). Shuningdek, u og’iz bo’shlig’ini bekami-ko’st tozalashni ta’minlay olishi uchun tebranishlarning eng samarali miqdoriga moslashtirilgan.

Quip xatto g’ayrioddiy xizmatni ham ko’rsatadi: atigi 5 dollar evaziga kompaniya cho’tkaning tukchali qismlaridan iborat almashtiriladigan to’plamlarini yetkazib berib turadi.

2. Quloqchinlar

2. Quloqchinlar

Agar biror kimsa yugurish uchun yugurishni sevadigan odamlar toifasiga taaluqli bo’lmasa, unda, bu kishi uchun tetiklashtiruvchi sayrga chiqish maqsadida bahona topish oson bo’lmaydi, albatta. Ko’pchilik odamlar yugurish uchun qiziqtiruvchi sifatida musiqadan foydalanadilar. Muammoli joyi shundaki, quloqchinlarning aksariyat qismi faol harakatlar uchun mo’ljallanmagan va shuning sababli ham yugurganda foydalanish uchun umuman to’g’ri kelmaydi.

Bunday mashg’ulotlar uchun Jaybird Run tomonidan maxsus simsiz quloqchinlari ishlab chiqarilgan. Ular nafaqat simsiz, balki ularning yuqori qismi quloqlarga zich yopishib turadi, bundan tashqari, ular terga va suvga nisbatan ham chidamli. Gadjet qayta zaryadka olmagan holda to’rt soat tinmay musiqa ijrosini ta’minlab berishiga qaramay, to’plam tarkibida yana sakkiz soatga mo’ljallangan batareya bloki ham sotiladi.

Nima ham derdik, ofarin! Biroq, bunday quloqchinga ega bo’lib qolsangiz, undan faqatgina sport maydonchasida yoki transport vositalari harakati mavjud bo’lmagan bog’larning yugurish yo’laklaridagina foydalanishga masalahat bergan bo’lardik.

3. Termometr

3. Termometr

Inson sog’lom qolishi uchun barcha imkoniyatni ishga solgan taqdirda ham dabdurustdan kasal bo’lib qolishdan hech kim yuz foizga himoyalanmagan. Bunda kasallik uydagi bolalarga ham yuqib qolish ehtimoli baland bo’ladi. Shuning uchun ham, har qanday inson uchun Nokia Thermo Smart termometri juda asqotadi.

Bu termometr kasal odamning peshonasiga qo’yilsa bas, u darhol badanning aniq haroratini ko’rsata oladi. Termometr Wi-Fi orqali iPhone yoki Android mobil moslamasidagi ilovaga ulanadi.

4. Tonometr

4. Tonometr

Agar inson aslida qanchalik sog’lom ekanligini bilish niyatida bo’lsa, o’z qon bosimini o’lchab ko’rish kerak. Albatta, ko’pchilikning uyida tonometr bo’lmasligini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, buni amalda bajargandan ko’ra, u to’g’risida gapirish oson.

Omron Evolv Bluetooth Wireless Upper Arm qon bosimini nazorat qilishning simsiz monitori Amazon Alexa bilan kirishimli va shuningdek, iOS va Android platformalariga ega bo’lgan smartfonlar bilan ishlovchi Omron Connect bepul ilovasiga ulanadi.

5. Sharbatsiqqich

5. Sharbatsiqqich

Haqiqatan foydali ichimlik izlagan insonlar bo’lsa, ular uchun eng yaxshi variant – bu sharbatlar. Bundan ham yaxshirog’i – yangi siqib chiqarilgan sharbat hisoblanadi. Agar qo’l ostida Philips kabi sharbatsiqqich bo’lsa, bunday ichimliklar sanoqli daqiqalar ichida tayyorlash oson.

PHILIPS Juicer Extractor Quick Clean Viva Collection sharbatsiqqichining dizayni juda ihcham, shuning uchun ham, uni oshxonaning istalgan joyiga o’rnatib qo’yish mumkin.

Sharbatsiqqich birvarakayiga 1,5 litr miqdorida sharbat tayyorlashi mumkin va shu bilan birga reza mevalar uchun mo’ljallangan maxsus voronkaga ega. Moslamaning konstruksiyasi mevalarning qolgan etini maxsus konteynerga yig’ishi ko’zda tutilgan, shuning uchun ham sharbatsiqqichning boshqa qismlarini undan tozalashga zarurat qolmaydi. Sharbatsiqqich Quick Clean texnologiyasi bilan jihozlangan, uning shakli esa qurilmaning yuvilishini ancha osonlashtiradi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations