Sokin orom oling: Uyqusizlikka qarshi kurashishning samarali 17 usuli
Uyquning ko‘p kuzatilgan buzilishlari ikki turda namoyon bo‘lishini mutaxassislar alohida ta’kidlashgan. Ya’ni, uyquchanlik (gipersomniya) va uyqusizlik (insomniya) holatlari yuzaga kelishining o‘ziga xos sabablari bor.

Gipersomniya (uyquchanlik) ko‘pincha og‘ir yuqumli kasalliklar (toshmali terlama, meningit, gripp) bilan og‘rib o‘tganlarda, kamqonlikda va bosh miya yallig‘lanishidan kelib chiqqan virusli entsefalitda yuz beradi.

 

Insomniya (uyqusizlik) esa aksariyat hollarda nerv tizimining kuchli shikastlanishi, nevroz, psixoz, miya qon tomirlari aterosklerozi, endokrin bez kasalliklari, buyrak va jigarning surunkali dardlari oqibatida kelib chiqadi.

Uyquning buzilishi 3 turda kechadi:

- uyquning kech kelishi;

- yuzaki uyqu;

- tez-tez uyg‘onish va tong sahardagi notinch uyqu.

Uyqusizlikka chalingan odamning umumiy holatida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi:

-  immunitet pasayib boraveradi;

- ertalablanj holda uyg‘onadi, boshi og‘riydi, asabi buziladi;

- kechasi aloq-chaloq tushlar ko‘radi;

- ko‘z ko‘rish quvvatining susayadi, xotira yomonlashadi;

- gormonlar faoliyati buziladi;

- organizmdagi barcha a’zolar ishi yomonlashadi;

- insult va miokard infarkti xavfi yuzaga keladi.

 

Uyqusizlikni davolashga yordam beradigan maslahatlarimizga amal qiling:

1. Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan mahsulotlar (qahva, kola, tetiklashtiruvchi ichimliklar, shokolad singarilar)ni istemol qilmang.

2. Uhlashdan ikki-uch soat oldin ovqatlaning. Agar biror narsa yegingiz kelib qolsa yarim stakan kefir iching yoki bir-ikki bo‘lak yog‘siz pishloq yeng.

3. Kechki ovqat uchun sutli va sabzavotli taomlar yaxshi, lekin o‘tkir ziravorlar, achchiq va sho‘r narsalarni cheklash kerak. 

4. Kam harakatli odamlar (kun bo‘yi o‘tirib ishlovchilar) uyquga yotishdan avval albatta toza havoda sayr qilishlari lozim.

5. Kun oxirida aqlni zo‘riqtiradigan ishlar bilan shug‘ullanmang.

6. Salbiy hissiyotlar va og‘ir kechinmalardan uzoqroq bo‘ling, yomon xayollarga berilmang.

7. Uyqu oldidan kompyuter o‘ynash yoki televizor ko‘rish mumkin emas, to‘shakda yotib kitob o‘qish ham tavsiya etilmaydi.

8. Doimo bir vaqtda yotib, birvaqtda uyg‘onishga odatlaning.

9. Kunduzi iloji boricha uxlamagan ma’qul.

10. Odam kun bo‘yi qanchalik faol harakatda bo‘lsa kechasi shunchalik yaxshi uhlaydi.

11. Yangi uzilgan kashnich barglarini ovqat bilan birga istemol qiling. Salat (kohu) barglari ham “uyqu chaqiruvchi o‘t” hisoblanadi.

12. Oshqovoq qaynatmasini asal bilan aralashtirib kuniga 3 mahal chorak stakandan ichib turing.

13. Kechqurun o‘ta to‘yib ovqatlanmang, och holda ham yotib uxlamang.

14. Uxlash oldidan ko‘p suyuqlik ichmang.

15. Mehnat qilish va dam olish rejimiga qat’iy rioya eting. 

16. Kechasi tinchlantiruvchi dorilardan boshqa dorilarni ichmaganingiz ma’qul.

17. Uyqusizlik holatiga safro xuruji sabab bo‘lsa surgi dori ichib ichni tozalang va zararli xiltlardan forig‘ bo‘ling. Buning uchun bir siqim sano barglarini idishga solib ustidan ikki stakan qaynoq suv quying. To‘rt-besh soatdan so‘ng dokada suzib iliq holda iching, keyin uxlashga yoting. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations