Tezikovka nima uchun aynan shunday deb ataladi?
"Tezikovka" (avvalgi nomi "Tezikova Dacha", ya’ni Tezikov dala hovlisi) - Toshkent shahridagi, Salar soyi bo’yida sobiq Pershin, Starodubtsev va Budyonniy ko’chalarining kesishgan joyida oktyabr inqilobidan ham avval kiyim-kechak, latta-putta va "qush" bozorlari joylashgan hududi.19 asrning oxiri, 20 asrning boshlarida u Toshkentning eng mudhish, shubhali shaxslar sang’ib yuradigan hududi sifatida tanilgan edi.

Savdogar Ivan Dmitrievich Tezikov Toshkentda 1886 yilda 

 

Toponimika tarixi

Poytaxt chekkasidagi Toshkentning bu hududi rus savdogari Tezikov nasabidan meros qolgan,chunki u Toshkentning chekkasida charmli mahsulotlar ishlab chiqarishini tashkil qilib, bu yerda Rossiyadan ko’chirib keltirilgan kishilarni ishlatgan,deb hisoblanadi. Shu ishchilar savdogarning dala hovlisi atrofida o’zining “Shanxay”ini,ya’ni kichgina bozoriga ega bo’lgan qishloqchasini tashkil etgan. Shuningdek, yaqin kunlargacha og’zaki “tarix” janob Tezikovga Salar bo’yida turgan allaqanday tegirmon ham tegishli bo’lgan, deb yetib kelgan. Ammo, aniq ma’lumotlar va hujjatlarning ko’rsatishicha, o’sha tegirmon, 1866 yildayoqshahardagi keyinchalik “Pervushka”nomi bilan tanilgan Markaziy Osiyodagi birinchi araq-vino zavodini qurgan, boshqa mashhur savdogar Ivan Ivanovich Pervushinga (1842-1871) tegishli bo’lgan. Oktyabr inqilobidan keyin o’sha tegirmon qismlarga bo’linib, buzib tashlangani ma’lum.

 

O’lkashunoslar orasida Toshkentda bunday ismli rus savdogari hech qachon bo’lmaganligi to’g’risida fikrni uchratish mumkin. Shunday qilib, "Tezikov Dala hovlisi" keyinchalik"Tezikovka" nomining vujudga kelishi masalasida bir to’htamga kelishilgan umumiy fikr hamon mavjud emas.

Oktyabr inqilobidan keyin “Tezikovka” bozori Pershin ko’chasidagi “Pervomayskiy” bozori deb nomlangan, biroq jamiyatda o’rnashib qolgan urf-odat ko’p yillar davomidan orasmiy ravishda kun kechirib kelgan bu nomni saqlab qolgan. SavdogarTezikovning yozgi qarorgohi kutubxonalardan biriga aylantirilgan edi. Keyinchalik, kutubxona yonida bir kinoteatr vujudga kelgan, biroq unda ro’ybergan kuchli yong’in tufayli uning o’zi ham, bir vaqtlar mashhur bo’lgan dala hovlining binosi ham g’oyib bo’lib ketgan.

Bozor tarixi

Tezikovka o’zining faollik davri cho’qqilaridan birini ikkinchi jahon urushi paytida kechirgan,chunki Tezikovkada yashirinib olishga juda qulay imkoniyatlar talaygina edi,shuning uchun ham bezori daydilar bu erda o’g’irlangan mol-mulkni sotar edi. Toshkentga evakuatsiya qilingan milliondan ortiq odam o’zlari bilan birga shafqatsiz urush vayronagarchiliklaridan qolgan-qutgan lash-lushlarini olib kelib keyinchalik shu borzorda qo’ldan-qo’lga sotib tirikchilik qilgan. Aynan urush yillarida shu tiqilinch chayqov bozori o’zining mashhurligiga erishgan.   Xususan, Tezikovka haqida o’z asarlari va xotiralarida Aleksandr Soljenitsin va Dina Rubinakabi yozuvchilar, hamda mashhur aktyor va rejissyor Solomon Mixoels zikr qilganlar.

Qariyalarning eslashicha oktyabr inqilobilan avval Tezikovkaning yonidagi Salar ustidan kichginagina ko’prik o’tgan ekan. Ushbu ko’prik va uning atroflari butun shaharda juda badnom ta'rifga ega bo’lgan, chunki undan Toshkentning ishchi chekka hududlaridagi "jinoiy unsurlar", bundan tashqari depodagi (Toshkent temir yo’l ustaxonalari) inqilobchilar o’zlarining maxfiy yig’inlari uchun foydalanganlar. 

 

O’zining noyob tarzda o’z-o’zidan tashkil bo’lishi tufayli, Tezikovka Toshkent shahri bilan birga butun Markaziy Osiyo hamda Sovet Ittifoqi ijtimoiy hayotidagi o’ta noyob hodisalaridan biriga aylangan edi. U o’zining mifologiyasi va undan kelib chiqadigan barcha sig’inishlariga ega bo’lib qolgan edi. U sun'iy ravishda hatto eng mahoratli boshqaruvchilar ham qayta yarata olmaydigan juda puhta tuzilgan infratuzilmasiga ega edi.

Kechki sovet tuzumi davrlarida Tezikovkada bozor bo’limlarini mahsulotlar assortimentiga qarab qat’iy ravishdagi bo’linishi mavjud edi: qush bozori va radioelektronika bozori nafaqat Toshkent shahri, balki butun Markaziy Osiyodagi hayvonot ishqibozlari va radioelektronika ustalarining sevimli ziyoratgohiga aylanib qolgan edi. Ko’pchiliku yoki bu turdagi hayvonlar, baliqlar, parrandalar va sayroqi qushlarni boqib o’stirishiva sotishi, shuningdek, Moskvada va Sovet Ittifoqining Riga, Vilnyus,Tallin kabi boshqa radioelektronika markazlarida harid qilingan radiodetallar narhining ustiga ustama narh qo’yib sotishi hisobiga tirikchilik qilar edi.Masalan, Sovet Ittifoqidagi oddiy iste’molchining xatto tasavvur qilishi ham qiyinbo’lgan Sony, Sanyo, Philips, Grundig, Panasonic rusumlaridagi maishiyradioelektronika mahsulotlarini faqat Moskvadagi “Beryozka” do’konida uchratishmumkin bo’lgan. Biroq, uddaburon ishbilarmonlar bu texnika mo’jizalarining dastlabki, ya’ni “tanishtiruvchi” namunalarini Tezikovka bozorida pinhona bo’lsa-da iste'molchilarga sotib, “biznes” bilan shug’ullangan.  

1991 yildan keyin Tezikovka o’z faolligining so’nggi ko’tarilishini boshidan kechirgan."Burga bozori" –Tezikovkada turli sabablarga ko’ra, Toshkentning ko’pchilik aholisi savdo qila boshlagan, shu jumladan, shahardagi ishlamay turg’unlikka duch kelgan va tegishli nazoratsiz qolib, o’z ishchilarining ish haqlarini kechiktirilishi yoki umuman to’lanmasligi tufayli  tirikchilik uchun mablag’siz qoldirgan aksariyat korxonalarning ishchilari ham.

Yangi asrning boshida Toshkent shahar hukumati tarixiy bozorni o’z ixtiyori bilan gavjum keng avto magistrallardan uzoqroqqa - Yangiobod mahallasidagi eski korxonalardan birining bazasi hududiga ko’chirdi. Hozirgi vaqtda bozorning eski joylashgan joyi uzra kichik halqa avtomobil yo’lining bir qismi joylashgan. Shaharning ko’rkiga ko’rk qo’shayotgan yangi qurilayotlgan uylar, biri biridan go’zal binolarni ko’rib bu yerda qachonlardir shubhali shaxslar va jinoiy unsurlar sang’ib yurgan o’ta mudhish va qo’rqinchli hudud bo’lganiga ishonging kelmaydi, kishi.

Shunday qilib, Toshkent Tezikovkasining tarixi yakunlangan edi. Bugungi kunda u faqat Toshkent fuqarolari va mehmonlari, shuningdek shahar tarixining norasmiy tafsilotlari xotirasida saqlanib qoldi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations