Tongda go’zal bo’lib uyg’onish uchun kerakli 7 usul
Tongda biroz ertaroq turib, shosha-pisha sochni turmaklashga kirishish yoki yana biroz uhlab olish uchun oddiyroq turmakni afzal bilish holati barcha qizlar uchun tanish bo’lsa kerak. Biz esa sizni to’yib uhlash bahtidan mosuvo qilmaydigan, shu bilan birga mutlaqo go’zal qiyofa bilan uyg’onishingizga yordam beradigan ajoyib tavsiyalarni tayyorlab qo’ydik.

1. Yostiq jildi

Agar tongda sochlaringiz ajoyib ko’rinishda bo’lishi, chigallashib ketmasligini istasangiz, yostiq jildi sifatida shoyi yoki satin matolarini tanlang. Ular soch tolalaridagi namlikni o’ziga tortib olmaydi, shu sababli ham zulfingizni chigal qilib yubormaydi. 

2. Baland turmak

Agar tez fursat ichida chiroyli turmak yaratmoqchi bo’lsangiz, nam sochlarni boshning yuqori qismiga yig’ing. Buni yumshoq rezinka yordamida amalga oshirgan ma’qul. Ushbu ko’rinishda uhlagandan keyin sochlaringiz aynan shu shaklni olib quriydi va tongda chingalak sochlar bilan uyg’onasiz. 

3. Shpilkadan foydalaning

Mayda jingalak sochlarning shaydosi bo’lsangiz kimyoviy chingalakdan ajoyibroq usul bor. Uyqu oldidan tolalarga maxsus losyon surting. Keyin ularni ingicha tolalarga bo’lib chiqqancha, har birini shpilka atrofiga o’rang. 

4. Ro’mol o’rab oling

Agar sochlaringizning haddan tashqari hajmdor ekanligi sizga ma’qul bo’lmasa, tunda ularni ployka bilan turmaklab, shoyi ro’mol o’rab oling. Tongda esa sochlaringiz mayin va yumshoq tusga kiradi.

5. Antiqa turmak

Sochlarga biror yog’dan surtib, ularni ikkita tomonga yig’ing. Tongda esa hosil bo’lgan jingalaklar ustidan lak sepib olasiz. 

6. Qattiq aksessuarlardan voz keching

Qattiq bigudilar o’rniga oddiy mato bo’lagidan foydalanib ko’ring. Buning uchun sochlarni 5 sm qalinligidagi tolalarga bo’lib olgach, har birini mato bilan o’rab chiqasiz va ipning uchlarini tugib qo’yasiz. 

7. Jgut

Sochlaringiz tartibli bo’lishini istasangiz, ularni jgut holiga keltirib, keyin uhlashga yoting.  

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations