Top-25: Dunyodagi eng mehmondo'st shaharlar
Siz sayohat qilishni yoqtirasizmi? Qayerda turistlarni yaxshi kutib olishlariga qiziqasizmi? 5 million nusxada chiqariluvchi mashhur Amerika jurnali Travel+Leisure har yili o'z kitobxonlari orasida dunyodagi qaysi shaharlar - eng sevimli va mehmondo'st ekanligi borasida tadqiqotlar o'tkazadi.

 Boshqa mezonlar orasida mahalliy aholining mehmondo'stligi - shubxasiz, har yilgi reytingga kirish uchun asosiy sifatlardan biri. Eng yoqimli sayohatlar oddiy yo'lovchilarning xayroxohligisiz yoki tunash uchun yaxshi joy va milliy taomlar restorani haqida maslahat beruvchi oddiy insonlarsiz kechmaydi. Ushbu to'plamda e'tiboringizga Travel + Leisure jurnali o'quvchilarining tadqiqotlari bo'yicha tuzilgan dunyodagi eng mehmondo'st shaharlarni taqdim etamiz.

25. Minneapolis, Minnesota shtati, AQSH

25. Minneapolis, Minnesota shtati, AQSH

25. Minneapolis - Minnesota shtatidagi eng katta shahar bo'lib, juda mehmondo'st joy bo'lganligi bilan, hammaga,  mahalliy aholiga ham, mehmon va turistlarga ham birdek yaxshi muomalada bo'lishi bilan ajralib turadi. Bu yerda juda ko'p diqqatga sazovor joylar va o'yin-kulgi markazlari bor, ulardan ko'pi bepul kirish uchun ochiq.

24. Kopengagen, Daniya

24. Kopengagen, Daniya

Kopengagen - Daniya poytaxti, shu bilan birga Yevropaning eng qimmat shaharlaridan biri. Lekin uning qimmatchiligini fantastik arxitektura namunalari, ajoyib restoranlari va juda mehmonsevar xalqi bilan yuvib ketsa bo'ladi.

23. Kuzko, Peru

23. Kuzko, Peru

Dengiz sathidan 3400 metr balandlikdagi xushmanzara qiyalikda joylashgan Kuzko - dunyoning va Peruning eng mashhur arxeologik va madaniyat obyekti hisoblangan Machu Pikchuning muqaddimasidir. Har yili bu yerga 2 million turistlar oqimi mahalliy aholining xotirjamligini yo'qotgan bo'lsa-da, mehmonlarning so'ziga ko'ra, mahalliy aholi barcha chet elliklarga nisbatan juda muloyim va mehmondo'st ekan.

22. Portlend, Meyn shtati, AQSh

22. Portlend, Meyn shtati, AQSh

Portlenda atigi 67 ming kishi istiqomat qiladi, eng diqqatga sazovor narsalar mazali roll o'ramalari va albatta mehmondo'st fuqarolardir. Bu yerdagi kamtarona o'lchamlarga qaramasdan turistlar tashrif buyurishi uchun ko'p joylar - qiziqarli muzeylarda tortib, muhtasham sohillar va orollargacha mujassamlashgan.

21. Fort-Vort, Texas shtati, AQSH

21. Fort-Vort, Texas shtati, AQSH

Bu shaharni ba'zida hazillashib, sigirlar shahri deyishadi. Fort Vort shtatdagi eng katta shaharlar bo'yicha 5-o'rinda turadi, lekin qo'shni shahar Dallasga qaraganda xotirjamroq shahar. Bu yerda juda mehmonsevar, mehmondo'st odamlar yashaydi, ular shaharning markaziy xiyobonlarda sayr qilishni va do'stlar davrasida ularning sevimli barbekyuga to'planishadi.

20. Bangkok, Tailand

20. Bangkok, Tailand

Osiyoning bu shahrida deyarli 8 million odam yashaydi, bu ro'yxatimizdagi eng katta va ko'p tashrif buyuriluvchi shahar sanaladi. Shovqin va zich joylashgan aholiga qaramay mahalliy fuqarolar poytaxt mehmonlarini sevishadi va qadrlashadi, ularga nisbatan juda mehmondo'st munosabatda bo'ladilar. Bangkok o'zining madaniy merosi, muhtasham arxitekturasi, mazali oshxonasi va faol tungi hayoti bilan mashhur.



Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations