Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yo’riqnoma
Boshqa mamlakatga sayohatga chiqar ekansiz, u yerning an’anasi va qonun-qoidalarini oldindan bilib olishingiz lozim. Aks holda ularni buzib qo’yib, noqulay ahvolga tushib qolishingiz mumkin.

Agar siz sayohat uchun chet el safariga chiqsangiz,unda fotoapparat va kameraga o’zingizni va tevarak-atrofni tasvirga olishga harakat qilasiz. Shuni bilib qo’yingki, turli mamlakatlarda turistlar uchun ba’zi joylarni tasvirga yoki suratga olish taqiqlanadi. Keling, bu haqda batafsil to’xtalib o'tamiz.

Amerika Qo’shma Statlari

Amerika Qo’shma Statlari

AQSH ning turli shtatlarida turlicha qonun-qoidalar mavjud. Qay biriga borishingizga qarab, ularga amal qilishingiz kerak. Biroq qonun-qoidalar ichida bir umumiylik bor: AQSH dan deportatsiya bo’lishni xohlamasangiz, avtomagistrallarni, tonnel va ko’priklarni aslo suratga ola ko’rmang.

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya

Angliyada siz xohlagan narsa va joyni tasvirga muxrlashingiz mumkin. Faqat eng asosiy narsani unutmang: suratga olish chog’ida shtativ ishlatish mumkin emas. Ingliz hukumatining tushunchasi shunday: agarda siz qo’ldagi fotoapparat orqali suratga olsangiz, demak siz havaskorsiz, bordiyu suratga olishda shtativ ishlatsangiz – demak siz professionalsiz va bu ishingizdan daromad olasiz. Daromad olayotga shaxs esa albatta soliqni ham to’lab qo’yishi lozim.

Belgiya va Amsterdam

Belgiya va Amsterdam

Bu mamlakatlarda sayyohlar qaysi joylarni ko’proq suratga olishga oshiqadilar, bilasizmi? Turistlar Belgiyada xojat chiqarayotgan bolakay haykalini, Amsterdamda esa Qizil fonarlar kvartalini suratga olishga qiziqadilar. Aynan ana shu obyektlarni  mazkur mamlakatlarda suratga olish taqiqlanadi. To’g’ri, ushbu qonunni buzgan odam panjara ortiga kirib ketmaydi, lekin kattagina miqdorda jarima to’lashingizga to’g’ri keladi.

Yaponiya

Yaponiya

Go’zal ahloqli yaponlar turistlarga biron narsani suratga olishga to’sqinlik ko’rsatmaydilar. Biroq siz qabristonda fotosessiya uyushtirsangiz yoki bo’lmasa, yakka holdagi altarni tasvirga tushirmoqchi bo’lsangiz buni hurmatsizlikka yo’yishlari mumkin. Ba’zi ibodatxonalarda hattoki Budda haykallarini ham suratga olish taqiqlanadi. Odatda, bu haqda sayyohlar ogohlantiriladilar.

Gretsiya

Gretsiya

Gretsiyada ko’pgina muzey va obidalar serop. Birgina Akropolning o’zi qanchalik tahsinga loyiq. Albatta bularning hammasini yaqinlaringiz va do’stlaringizga ko’rsatish uchun tasvirga muxrlashga harakat qilasiz.Yunoniston muzeylarida suratga olish taqiqlanmagan, ammo muzeydagi eksponatlar fonida selfi qilishga ruhsat berilmaydi va buning uchun tanbeh olishingiz mumkin. Bordiyu sizga bu yerdagi harbiylarni suratga olish hayoli kelib qolsa, ehtiyot bo’ling, sizni hibsga ham olishlari hech gap emas.

Arab davlatlari

Arab davlatlari

Arab davlatlarida mahalliy ayol kishilarni suratga olish taqiqlanadi. Bu haqorat, deb baholanadi. Bordiyu mahalliy arab shayxlarining saroylariga mahliyo bo’lib, ularni suratga olmoqchi bo’lsangiz, to’ppa-to’g’ri qamoqxonaga tushishingiz mumkin.

Shimoliy Koreya

Shimoliy Koreya

Aslini olganda bu mamlakatda suratga olish taqiqlanmagan, faqat buni guruhning yo’lboshlovchisi nazoratidagina amalga oshirish mumkin. Ruxsat ham faqat haykallarnigina suratga olish uchun berilgan.Bordiyu siz mahalliy aholini suratga olmoqchi bo’lsangiz, boshingiz baloga qoladi.

Ko’rib turganingizdek, turli mamlakatlarning qonunlarihar xil. Muayyan bir davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan qiziqish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations