Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday ko’rinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari
Yangi 2018 yilni qanday libos bilan qarshilash haqidagi savol ko’plab ayollarni do’konlar va internet olami ichra libos tanlash ishtiyoqiga sabab bo’ldi. Yangi yil oqshomi uchun libos tanlashda adashmaslikni istasangiz, mazkur yil timsoli bo’lmish Yer Kuchugining qanday talablari bor ekanligi haqida bilib oling.

Yangi yil obrazining o’ziga hosligi

2018 yil ramzi sariq rang bo’lib, yil sohibasi bo’lmish Kuchuk aynan shu rangni ma’qul ko’radi. Ammo bu libos tanlashda boshqa ranglarga e’tibor qaratmang degani emas. 2018 yangi yil ranglari o’zining turli-tumanligi bilan kishi ko’zini quvnatadi. Yer Kuchugi tabiatdagi bor ranglar: o’t-o’lan va daraxtlar timsoli bo’lmish yashil, quyoshga monand tillarang, yer ramzi bo’lmish jigarrang va kulrang tuslarni xush ko’radi. Yil timsoli moviy rangni xushlamaydi, ammo uni yashil yoki sariq rang bilan uyg’unlashtirsa ajoyib Yangi yil obrazi hosil bo’ladi. Yangi yil libosini tabiiy toshlardan yaratilgan bezaklar bilan boyitish mumkin. Kuchuk Xo’roz yoki Ajdaho kabi bezaklarga o’ch emas, unga chaqnoq va yasama toshlar ham ma’qul, muhimi toshlar libosga mos kelsa va chiroyli ko’rinsa bo’lgani. Yog’och, ruh va bronzadan tayyorlanadigan taqinchoqlar ham yangi yil obrazingizni a’lo darajada to’ldira oladi. Ammo zanjir shaklidagi taqinchoqlar tanlashda ehtiyotkor bo’ling, kolye va chokerlarni esa umuman taqmagan ma’qul. Yaxshisi bo’yinga taqiladigan taqinchoqlar o’rniga bilaguzuk, diadema, zirakka diqqat qiling.

Burjga qarab libos tanlaymiz

Yangi yil uchun qanday ranglar tanlash kerakligini tushunib oldik. Endi qarshimizda bayramona obraz yaratish vazifasi qoldi holos. Buning uchun har bir burj vakili o’zidan kelib chiqqan holda ish ko’rsa ma’qul bo’ladi.

Qo’y

Qo’y burji vakillari uchun jozibadorlik va soddalik tushunchalarini o’zida jamlagan liboslar tavsiya etiladi. Bu borada yuqori yelka qismi ochiqroq, uzunligi polga yetadigan libosdan yaxshisi yo’q. Qo’y burji vakillari uchun ranglar palitrasi imkoni ham juda keng. Mazkur burj vakillariga zumrad, shokolad va qora ranglarga diqqat qaratish tavsiya etiladi. Tanlangan obrazni esa zargarlik buyumlari va chiroyli pardoz yanada mukammallashtiradi.

Buzoq

Astrologlar Buzoq burji vakilalariga yangi yil oqshomida yarq etib ko’zga tashlanishni tavsiya etmoqdalar. Buning uchun esa tillarang ko’rinishga ega libos tanlash kerak bo’ladi. Boshdan oyoq tillarang libos o’ta jo’shqin ko’rinish hosil qilishi mumkin, ayniqsa libos uzunligi polgacha yetsa. Shu sababli Kuchuk yili uchun tanlanadigan libosning biroz kamtarona va chiroyli, shu bilan birga tillarang iplar bilan tushirilgan kashtalarga ega bo’lishi tavsiya etiladi. Bordi-yu gap yangi yil o’tirishlari ustida ketayotgan bo’lsa, futlyar bichimidagi ko’ylak yoki yubkaning retro modellaridan tanlashni tavsiya etamiz. Do’stlar davrasida o’tkaziladigan bazmlar uchun esa norasmiy ko’rinishdagi, tillarang yaltiroqlar bilan bezatilgan kalta oqshom ko’ylaklari va lyureksli trikotaj sviter ko’ylaklar mos keladi. Yelkasi pastga tushib turuvchi va yengsiz ko’ylaklar yoshlar davrasiga mos kelsa, obrazni to’ldirish uchun tanketka tufli va mustahkam poshnali bosonojka tanlanadi.

Egizaklar

Egizaklar burji vakillari Yangi yil oqshomiga qanday ko’rinishda borishlari mumkin? Mazkur burj vakillari bu borada kichik murakkabliklarga duch keladilar. Astrologlar ularga kamtarona libos tanlashni tavsiya qilayotgan bo’lsalar-da haddan ortiq oddiy va sipo bichimga ega libos bazm chog’ida hunuk ko’rinadi. Biroq ushbu muammoga oddiy va sipo buyumlarni yorqin ham jilokor aksessuarlar bilan uyg’unlashtirgan holda yechim topish mumkin. Bunday to’plam Egizaklarga hos bo’lgan ikki tomonlamalik hususiyatiga urg’u beradi.

Libosning oddiy bichimi ko’zga tashlanib turadigan noodatiy dizayndagi taqinchoqlar bilan chiroyli ko’rinish hosil qiladi. Marvarid shodasi yoki ajoyib dizaynga ega kulon oddiylikni xush ko’rmaydigan Egizak burji vakillari uchun ayni muddaodir. Ha aytgancha, libos rangi yorqin, masalan, och yashil, sariq yoki korall ko’rinishida bo’lishini ham hisobga oling.



Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations