Yer haqida ishonish qiyin bo’lgan 10 ta fakt
Bizning Olamimiz eng hayratlanarli va sehrli yaratma, Yer esa – ushbu ulkan sirli olamning kichkina qismi hisoblanadi.

1. Vulqonli tog’ tizmalari Yerni o’rab olgan

1. Vulqonli tog’ tizmalari Yerni o’rab olgan

O’rta-okeanlik tizmalar – bu Yerning tektonik plitalari orasidagi bazalt lavasi otilishi natijasida hosil bo’lgan yirik vulqonlar tizimidir. Bunday otilishlar litosferadagi eng “yosh” yer qobig’ini hosil qilgan. O’rta-okeanlik tizmasi (60 ming km) yerni shunchaki o’rab olgan va ba’zi bir qiziq tabiat hodisalarini keltirib chiqaradi. Masalan, muzdek ocean suvi vulqon yoriqlari ichiga kirganida, u 400 gradusgacha isib ketadi va havoga kulrang va qora rangdagi favvora singari otilib chiqadi, va ular “qora chekuvchilar” nomini olgan. Aytgancha, sayyoraning asosiy vulqonlik aktivligi, ayni shu tizim bo’ylab joylashgan.

2. Olov sovuqni, muzni va muzlikni yaxshi ko’radi

2. Olov sovuqni, muzni va muzlikni yaxshi ko’radi

Antarktidaning qattiq shamollari va quruqligi tez tarqaladigan yong’inlar sababi bo’lishi mumkin. Antarktidada yong’inni to’xtatish esa juda muammoli, chunki suv bir zumda yaxlab qoladi. Stansiyalar bir-biridan uzoq masofada joylashgan, va o’zaro yordamni kutish ko’p vaqtni oladi, shu sababli odamlar yong’inga qarshi xavfsizlikka katta e’tibor berishadi. Sabab statistic tok kuchida. Past namlik va qattiq shamollar uning paydo bo’lishiga olib keladi, va atigi bir dona statistik uchqun bir-ikkita yog’ilgini yonib ketishiga va yong'in paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari Antarktidada Erebus tog’I ham bor, bu dengizdek katta va issiq lavali harakatdagi vulqon xohlagan paytda yonib ketishga tayyor.

3. Zilzilalar – kam uchraydigan hol emas

3. Zilzilalar – kam uchraydigan hol emas

Yerda zilzilalar yilida kamida 500 ming marta sodir bo’ladi, odamlar buning faqat beshdan bir qismini sezishadi. Kam ta’sirli va bilinmas zilzilalar kunida 8 ming martalab vujudga keladi. Sezib bo’ladigan zilzilalar esa yilida 55 ming marta sodr bo’ladi. O’rtacha va qattiq zilzilalar (5.0 -8.9 ballik) buzilishlarga olib keladi (qariyb yilida ming marta). Bu masshtabdagi zilzila vaqtida 1556 yilda Xitoyda 800 mingdan ortiq fuqaro halok bo’lgan. 10 balldan balandroq zilzilalar hozirgi kungacha kuzatilgani yo’q.

4. Yer yadrosi xuddi Quyosh kabi qizib turadi

4. Yer yadrosi xuddi Quyosh kabi qizib turadi

Yer uch qavatdan iborat. Tashqarida joylashgan yadro eritilgan holida turadi, ammo markazda u ancha zich. Keyingi qavat – bu qattiq zamindan iborat (Yer hajmining 84%) mantiyadir. Eng ustki qavat – hayot mavjud bo’lgan, juda mayin qobiq. Yadro eng kam o’rganilgan va ungacha yetish qiyin bo’lgan qism hisoblanadi; tashqi yadro qalinligi 2300 km, temperaturasi Selsiy bo’yicha 3900 gradusdan ortiqroq, va asosan temir hamda nikel moddasini o’zida saqlaydi. Ichki yadro esa temir moddasining eritmasi bo’lgan, 1207 km qalinlikdagi aylanani tashkil qiladi. Ushbu shar sayyoraning himoyalovchi magnit maydonini quvvatlaydi, uning temperaturasi esa – Selsiy bo’yicha 6100 gradusni, ya’ni quyosh bilan taqqoslana olinadigan temperaturani tashkil qiladi.

5. Katta og’irlik Yer yuzasining buzilishiga olib kelishi mumkin

5. Katta og’irlik Yer yuzasining buzilishiga olib kelishi mumkin

2002 yilda Uedella daryosiga Antarktidaning “Larsen B” shelfli ulkan muzligi yiqilib tushdi. Uning maydoni 3250 kv.km ni tashkil qiladi, qalinligi – 220 m, og’irligi – 720 mlrd tonna. Shunchalik tez yo’qolib ketish uchun juda katta og’irlik. Yerosti tog’li va lava oqimlaridagi o’zgarishni keltirib chiqarish uchun kerakli bo’lgan kuchli siljish edi u, va shu bilan birga qo’shni vulqonlarni ham “xavotirga soldi”. Agar Antarktidadagi barcha muzlik erib ketsa, okean darajasi 60 km ga ko’tariladi. Aytgancha, Atlantidaning ustki qavati qalin muzli plastlar bilan bosilgan, va ular shunchalik og’irki, qit’adagi yer yuzining katta qismi hozirda dengiz sathidan pastroqda turibdi.

6. Okeanning 95 % ga yaqini haligacha o’rganilmagan

6. Okeanning 95 % ga yaqini haligacha o’rganilmagan

Suv Yer yuzasining 71% ni egallasada, biz atigi 5% ni o’rganganmiz. Quyosh nuri faqat 275 m gacha yorita oladi, qolgan qora bo’shliq esa o’rganilmagan bo’lib qolaveradi. Unda millionlab turdagi hayot shakllari mavjud, ammo ularning ko’pisi, biz ulargacha yetib olishimizga qadar o’lib ketish ehtimoli bor, chunki okean kislotaligi 30% ga oshdi va bu korall riflarini vayron qiladi va ayrim hayot turlarini halok qildiradi. Yana insoniyat har yil dunyo okeaniga 180 mln toksik chiqindilarni tashlaydi. Guama oldidagi Marian chuqurligi okeaning eng chuqur qismi (10 900 m) sanaladi. Bir tasavvur qilib ko’ringchi, hali oldindagi kashfiyotlar shunchalik ko’p.

7. Gravitatsiya darajasi – o’zgaruvchan qiymat

7. Gravitatsiya darajasi – o’zgaruvchan qiymat

Gravitatsiya hamma joyda bir xil deb o’ylaysizmi? Javob xato. Masalan, Yerdagi eng past darajadagi gravitatsiya Gudzon bo’g’izida (Kanada) joylashgan. Farq katta emas va sezilarli emas, ammo zamonaviy texnologiyalar uni belgilab oladi. Eng keng tarqalgan nazariya buning hammasi Muz davriga olib kelyapti deb ta’kidlaydi. Muz qalqoni eriganida, u gravitatsion maydonga oz bo’lsada ta’siri o’tkazgan. Ushbu muz qobig’i Kanadaning katta qismini va Shimoliy Amerikaning bir qismini egallagan. Xuddi shu holatning o’zi janubiy qutbda ham sodir bo’lmoqda. Oxirgi yillardagi muz erishi u yerdagi gravitatsiyaning o’zgarishiga olib keldi.

8. Pangeya Ultima yaqinlashmoqda

8. Pangeya Ultima yaqinlashmoqda

Pangeya – bu 250 mln yil oldin mavjud bo’lgan, hozirgi barcha yettita qit’ani bir butunga birlashtirgan yagona materikdir. Yana 250 mln yildan so’ng Pangei Ultima vaqti yetib kelsa kerak, va u qadimgi Pangeyadan qattiq farq qiladi. Olimlar bashorat qilishlaricha, Kaliforniya Alyaska bilan birlashadi. O’rtayer dengizining katta qismi Afrikalik tektonik plitasining bir qismi hisoblanadi, va shundan kelib chiqib, Afrika Yevropaga ulkan tog’li tizmani hosil qilib birlashadi degan fikr mavjud. Tektonik plitalarning urilishining natijalarini tushunish uchun Alplarga bir qarang. Yer yuzida yagona qit’a shakllanishini siklli, ya’ni har 500-700 mln yilda amalga oshyapti, va biz hozir shu siklning o’rtasida turibmiz.

9. Shimoliy va Janubiy qutblar joylari bilan almashib turadi

9. Shimoliy va Janubiy qutblar joylari bilan almashib turadi

Bunday almashinuv tabiiy sikl hisoblanadi. Bu o’tmishda sanoqsiz martalab sodir bo’lgan, va kelajakda ham sodir bo’ladi. Vulqonli yorishmalar o’tmishda joy almashinuvi bundan 780 ming yil oldin sodir berganligi haqida dalolat beradi. Bizning sayyoramiz atrofidai magnitli aktivlik o’sha sikl yaqinda yana sodir bo’lishi haqida darak beradi. Yer atrofidagi magnit maydon bizni radiatsiyadan saqlaydi, lekin u bashorat qilinganidan ham tezroq o’zgaryapti, ba’zi joylarda kuchsizlanib, boshqa joylarda kuchlanib ketmoqda. Maydon tashqi yadro harakatiga bog’liq: kuchsiz harakat magnit maydonni kuchsizlantiradi, tez harakat uni kuchlantiradi. Hozirgi aktivlik jarayon hozirga paytda boshlanganini bildirishi mumkin, ammo bu jarayon yuzlab yillardan so’ng tugashi aniq.

10. Yer aslida, ancha kichik

10. Yer aslida, ancha kichik

Yer Quyoshdan kichikroq, ancha kichik. Quyosh yuzida Yer kabi sayyorlardan 109 tasi sig’ishi mumkin, ichida esa bo’sh bo’shliqsiz toza hajmni inobatga olganda, bidagi sayyoralardan 13 milliontasi sig’ishi mumkin. Hatto, faqatgina sferik shaklni hisobga olsak ham, Quyosh ichida 960 mingda Yer sig’ishi mumkin. Bundan tashqari, Quyosh Yerdan 333 ming marta og’irroq. Endi esa Quyoshdan 500 marta katta bo’lgan Betelgeyze yulduzini tasavvur qilib ko’ringchi! Xulosa qilib aytganda, bizning sayyoramiz – Olamdagi kichkina bir nuqtacha xolos.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations