Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yoz fasli hamisha intiqlik bilan kutiladi. Bolalarda yozgi kanikul boshlanadi, kattalar esa ishdan ta’tilga chiqadilar. G’animat yoz faslini foyda bilan o’tkazish va imkon qadar sayohatga chiqish zarur. Serquyosh O’zbekistonimizning sayohat qiladigan joylari va dam olish maskanlari serob. Biroq ba’zi odamlar yozgi ta’til vaqtida chet elga sayohat qilishni, dengiz bo’yida hordiq chiqarishni xohlaydilar.

Shundan kelib chiqib, ushbu maqolamizda yozda qaysi mamlakatlarda dam olish mumkin-u, qaysilariga borish tavsiya etilmaydi, shular haqida gap boradi. Nima bo’lganda ham dunyodagi nostabil holat va tabiatning injiqliklarini hisobga olish zarur!

Chet el sayohatiga otlanar ekanmiz “yuqori mavsum” va “past mavsum” haqida tushunchaga ega bo’lishimiz zarur. Biz ayni mavsum payti yaxshimi yoki mavsum bo’lmagan payt afzalroqmi? Keling, avvalam bor shularga oydinlik kiritib olaylik.

Aslini olganda bu tushunchalar shartli hisoblanadi va sharoitga qarab baholanadi. Bu iboralar bizga turoperatorlar, mehmonxona va aviakompaniyalarning professional muhitidan kirib kelgan. “Yuqori mavsum” yoki “past mavsum” iboralari yilning u yoki bu mavsimida sayohatchilarning sayohatiga emas, turop-eratorlarning daromadiga nisbatan ishlatiladi.

*”Yuqori mavsum” – mamlakatning qaysidir hududi yoki xorijiy davlatlatga sayohat qilishga bo’lgan talabning kuchayishi. Bu ko’rsatgich avvalam bor u yerdagi yaxshi iqlim sharoiti, ikkinchidan esa kanikul va ta’tilning boshlanishi bilan bog’liq. Afzalliklari – a’lo darajadagi ob-havo, iliq suvli dengizda cho’milish, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish imkoniyatlari, hech qanday yomg’ir yoki bo’ron hordiqning beliga tepmaydi. Kamchiliklari – bu mavsumda dam oluvchilar soni ko’p bo’ladi, shu sababli mehmonxona, yo’lkira va sayohatning boshqa harajatlari bir muncha qimmatlashadi.

*”Past mavsum”da aksincha talab ancha kamroq bo’ladi. Sayohatchilarning ko’pchiligi bu paytda o’qish va ishda bo’ladi, ob-havo sharoiti ham noqulay bo’ladi. Ammo mavsum bo’lmagan paytda narx-navo pasayadi, sayohatchilarning soni ham kamroq bo’lgani uchun tinchgina va arzonroq dam olish mumkin. Agar biz sayohatga otlanayotgan mamlakatda yomg’ir mavsumi bo’lsa, borganimizda u yerda quyoshli kun bilan birga yomg’ir yog’ishi, ba’zan esa jala ham quyishi mumkunligi va bniz mehmonxonadan tashqariga chiqmasdan o’tirishimiz mumkinligini ham hisobga olishimiz zarur.

Yoz faslida sayohat qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar 1.Bolgariya

Yoz faslida sayohat qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar 1.Bolgariya



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations