Jarrohlik muolajalari va makiyajsiz ham Anjelina Joliniki kabi dudoqlarga ega bo’lish sirlari
O’z lablari shaklidan qanoatlanmaydigan qizlarni ko’p uchratamiz. Mukammalik uchun biroz harakat qilishga tayyor bo’lsangiz bizning usullarimiz sizga mos keladi. Eng asosiysi - ishlatishingiz kerek bo’lgan mahsulotlarga allergiyangiz yo'q ekanligiga ishonch hosil qiling va agar labda uchuq yoki yoriqlar bo'lsa, amaliyotni bajarmang. Bizning maslahatlarimiz qisqa vaqt ichida istalgan effektga erishishingizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Tish cho’tkasi yoki momiq sochiq bilan o’rtiqcha teridan halos bo’ling.

Kerak bo’ladi:

• tish cho'tkasi;

• momiq sochiq; 

Lablarga kerakli hajm berish jarayonini ishni tish cho’tkasi va momiq sochiq bilan olib boriladigan pilingdan boshlang.

Dudoqlaringizni yengil aylanma harakat bilan massaj qiling.  Agar qattiqroq sochiqni tanlasangiz, uni  iliq suv bilan namlang.  Jarayonni taxminan 2 daqiqa davomida bajaring.  Tana uchun ishlariladigan mochalkadan foydalanmang:  u nozik teriga zarar yetkazishi mumkin.

Glitserin bilan atirgul suvining niqobini yarating

• Atirgul  suvi

• glitserin

Lablarga jozibali  ko'rinish berishi uchun namlantiruvchi niqob yarating. Atirgul  suvi lablarni tozalaydi, glitserin esa  lablarimiz terisiga sof ko'rinish beradi. Atirgul  suvi va glitserin 1: 1 nisbatda suyultirilib, lablarga suriladi va bir necha soat davomida qoldiriladi.

Kokos moyi bilan lablarni tozalaymiz.

Kerak bo’ladi:

• 1 choy qoshiq kokos moyi;

Boshlashdan oldin kokos moyi bilan lablarni arting. Moy tarkibida E vitamin bo’lgani uchun  dudoqlarda katta hajm paydo bo’lganini sezamiz. Makiyaj oldidan uni oxista artib tashlashni unutmang. Bundan tashqari, kokos moyi  antibakterial va antimikrobiyal xususiyatlarga ega, bu esa sizning lablaringizning sog'lig'iga ijobiy ta'sirqiladi.

Lablar terisini zanjabil bo’lagi bilan uqalang.

Kerak bo’ladi:

• Yangi to’g’ralgan zanjabil;

Lablar hajmini tezlik bilan kattalashtirish uchun tog’ri qon quyilishiga e’tibor qaratish kerak. Kimdir bu maqsad uchun achchiq  qalampirni ishlatadi, biroq yangi zanjabilning bo’lagi eng samarali vosita hisoblanadi. Zanjabilni ehtiyotkorlik bilan lab bo’yog’i kabi labga surtib, quruguniga qadar kutish kerak. So’ngra yuvib tashlab ustidan makiyaj qilishni boshlayvering. Eng muhumi sizda zanjabilga alergiya yo’q ekanligiga ishonch hosil qiling.

Dushdan oldin dudoqlarga vazelin qalin qatlamini surting va uni yuvmang.

Kerak bo’ladi:

• Vazelin.

 Vazelin ta'sirini uzoqroq saqlash uchun lablarga katta miqdorda uni surting  va issiq dush qabul qiling. Bug’ vazelinga lablarni mayin qilishda va shaklini kattalashtirishda ko’mak beradi. Dush qabul qilib bo’lganingizdan keyin esa vazelin qoldiqlarini yuvib tashlashni unutmang.

Lablaringiz o'rtasida ko’k choy paketini ushlab turing.

Kerak bo’ladi:

• Ishlatilgan ko’k choy paketi

Stakanga yangi ko’k choy paketi so’linadi va ustidan suv quyiladi. Choy damlanishini kutib so’ngra paketchani olib sovuting. Keyin esa lablar orasida siqib tutib turing. Kamida 3 daqiqa jarayonni davom ettiring. Buvaqt davomida lablar terisi barcha foydali moddalarni o'zlashtiradi. Bunday oddiy hiylangiz dudoqlaringizning porlashiga va o’zgacha hajmga ega bo’lishiga yordam beradi (eng muhumi , siz jarayondan oldin lab bo’yoq surgan holatda bo’lishingiz kerak emas).

Bonus: muntazam ravishda nafas olish mashqlarini bajarish

Agar lablaringiz uzoq muddat davomida yoqimli hajmga ega bo’lib turishini hohlasangiz,  lablar gimnastikasini muntazam bajarib turishni maslahat beramiz. Lablarni erkin holatga qo'yib nafas oling.  Keyin og’iz atrofidagi mushaklaringizni torting. Taxminan 10 marta ushbu mashqni qaytaring.  Lablaringiz jozibadorligiga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations