Umringizni 35 yilga uzaytirishni xohlaysizmi: unda quyidagi maslahatlarga amal qiling
Umr juda qisqadir. Bu aksiomani hattoki uzoq umr ko’ruvchilar ham inkor qilmaydilar. Kundan-kun, oyma-oy, yildan-yilga bizga ajratilgan vaqt idishidan umr o’tib ketmoqda. Bir qarashda bizning Yerdagi yashash uchun ajratilgan vaqtni o’zgartirishning imkoni yo’qday tuyuladi. Biroq bu shunday tuyuladi, xolos.

Geteborg Universiteti olimlarining yaqinda chop etgan tadqiqotlari natijasiga ko’ra, insonning olib borayotgan hayot tarzi umr davomiyligiga ta’sir ko’rsatar ekan. To’g’ri turmush tarzi esa irsiyat va tabiiy sharoitlardan ko’ra muhimroqdir. Shunday ekan, hayot tarzini o’zgartirar ekanmiz, biz umrimizning uzayishiga umkon yaratamiz. Quyida umr uzayishiga sabab bo’luvchi ko’nikmalar haqida aytib o’tamiz.

Doimiy jismoniy faollik (+5 yil)

Doimiy jismoniy faollik (+5 yil)

Mashq turidan qat’iy nazar istalgan jismoniy faollik uzoq umr ko’rishga xizmat qiladi. Amerika Milliy saraton instituti tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sport bilan muntazam shug’ullanish inson umrning 4,5 yilga uzayishiga xizmat qilar ekan. 21 yoshdan 90 yoshgacha bo’lgan 650 ming odam ishtirok etgan sinov shuni ko’rsatadiki, kuchli va toza havoda olib borilgan mashqlarning samarasi ko’proqdir. Og’irlikni nazorat qilish, kayfiyatni yaxshilash, gormonlar muvozanati, xotiraning yaxshilanishi, suyaklar mustahkamligi, xolesterin miqdorining kamayishi va ovqat hazm qilishni yaxshilash – bularning barchasiga jismoniy mashqlar yordamida erishiladi.

Ko’proq yong’oq (+3 yil)

Ko’proq yong’oq (+3 yil)

Ratsionni turli xil yong’oqlar bilan to’ldirish kerak. Loma Linda universiteti olimlarining tadqiqotlariga ko’ra, yong’oqni haftasiga besh marta yegan inson 2,9 yil ko’proq umr ko’rar ekan. 34 ming odam ishtirokida o’tkazilgan sinov shuni isbotladiki, yong’oqlar yuqori qon bosimi xavfini, xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak urushini yaxshilaydi va diabetda foydali hisoblanadi. Bundan tashqari yo’ng’oqlardagi oqsil va yog’ to’q tutadi, bu esa o’z navbatida vazn kamayishiga xizmat qiladi.

Tana vaznini nazorat qilish (+3 yil)

Tana vaznini nazorat qilish (+3 yil)

Insonning jismoniy holati sog’lomligini tana vazni indeksi orqali bilish mumkin. Alabama Universiteti olimlarining ta’kidlashlaricha, ortiqcha vazn umrning qisqarishiga sabab bo’lishi mumkin. Tanadagi yog’ diabet, yurak kasalliklari, insult, uyqudagi apnoe (nafas to’xtab qolishi), yo’g’on ichak saratoni va boshqa bir qancha kasalliklarni rivojlanish xavfini kuchaytiradi

Xursandchilik va pozitiv fikrlash (+7 yil)

Xursandchilik va pozitiv fikrlash (+7 yil)

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, hayotga pozitiv qarash va kulgu uzoq umr ko’rishga xizmat qilar ekan. Keksa insonlar orasida o’tkazilgan sinov shuni ko’rasatadiki, qarish jarayoniga pozitiv nazar bilan qaraganlar 7 yil ko’proq umr ko’rganlar. Pozitivlik va kulgu 100 yoshga kirib yurgan insonlarning asosiy sifatlaridan biridir. Pozitiv fikrlash miyaning uzoq vaqt davomida qarimay turishini ta’minlaydi, xotiraga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, tushkunlikni ketkazadi va hattoki Altsgeymer kasalligiga qarshi kurashadi. Oddiy kulguning ruhiy zarba gormoni bo’lmish kortizolni kamaytirishdagi ta’siri dorilarnikidan kam emas.

Xom sabzavotlar (+2 yil)

Xom sabzavotlar (+2 yil)

Sabzavotlar chindan ham foydalidir: kuniga kamida 60gr sabzavot yegan insonlar 2 yil ko’proq umr ko’rar ekanlar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, issiqlik ishlovi berilmagan sabzavotlar organizmga samaraliroq ta’sir ko’rsatar ekan. Pazandachilik ishlovi sabzavotlardagi antioksidantlarning 50% ini olib tashlaydi.

Og’iz bo’shlig’i gigiyenasi (+6 yil)

Og’iz bo’shlig’i gigiyenasi (+6 yil)

Ha, og’iz bo’shlig’ining tozaligi muhim omillardan biridir. Og’iz bo’shlig’idagi bakteriyalar tanada yallig’lanish jarayonini keltirib chiqarib, yurak qon tomir kasalliklari, insult, diabet va autoimmun kasalliklariga sabab bo’lishi mumkin. Muntazam ravishda tish tozalovchi iplardan foydalanish inson umrining 6,4 yilga uzayishiga sabab bo’lar ekan.

Turgan holda ishlash (+2 yil)

Turgan holda ishlash (+2 yil)

Kunni o’tirgan holda o’tkazish yaqin 3 yil ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’lim xavfini 40% ga oshiradi. Otirgan vaqtda qon aylanishi kamayadi, kalloriyalar kam sarf qilinadi, moddalar almashinuvi yomonlashadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kun davomida uch soatdan ko’p o’tirmaslik inson umrini 2 yilga uzaytirar ekan.

Do’stlarning ko’p bo’lishi (+7 yil)

Do’stlarning ko’p bo’lishi (+7 yil)

Avstraliyada 1500 nafar yetmish yoshlik insonlar ishtirokida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, keng do’stlar davrasi bilan muloqot qilish inson umrining 7 yilga uzayishiga xizmat qilar ekan. Gap shundaki,do’stlik oksitotsin gormonining ko’payishiga xizmat qiladi. Bu gormon esa miyani tinchlantirish xususiyatiga ega bo’lib, qon bosimining normallashishiga, ortiqcha vazndan xalos bo’lishga va kasallikdan keyin tezda oyoqqa turishga yordam beradi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations