Qiziqarli

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?
100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Afsuski, kinoda koʻrsatilgan uchar avtovobil va skeytbordlar bizda hozircha yoʻq. Demak, film ijodkorlarining kelajak haqidagi bashoratlari unchalik toʻgʻri boʻlib chiqmadi. Hoʻsh, bizning ajdodlarimiz kelajakni qanday tasavvur qilishgan ekan-a? Shu haqda oʻylab koʻrganmisiz? Ularning XXI asrdagi oʻzgarishlar haqidagi bashoratlari toʻgʻri boʻlib chiqdimi? Bu haqda ushbu maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

1899-1910 yillar davomida Jan Mark Kote boshchiligidagi fransuz rassomlari “Frantsiya 2000 yilda” nomli rasmlar toʻplamini yaratdilar. Har bir illyustratsiya rassomning 2000 yilda hayot qanday boʻlishi haqidagi tasavvurini namoyon etardi. Ushbu rasmlarning birinchi toʻplami 1900 yilda Butunjahon savdo koʻrgazmasida sotuvga qoʻyilgan sigareta qutilari uchun bezak sifatida bosilib ham chiqqan. Keyinchalik bu rasmlar asosida otkritkalar ham yaratildi. Ha, rasm mualliflarining XXI asr haqidagi tasavvurlari unchalik ham toʻgʻri boʻlib chiqmadi.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Bilim olishning jadal kursi. Rasm muallifi kelajakda maxsus texnika yordamida darslikdagi maʼlumotlarni oʻquvchilarning ongiga singdirish mumkin boʻladi, deb hisoblagan. Ha, rassomning tasavvuri haqiqatdan ancha yiroq.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Rassom uyni oʻzi tozalaydigan mashinalar paydo boʻlishiga ishongan. Biroq rasmdagi  mashina uy tozalovchi xizmatkorning vazifasini unchalik ham yengillashtirganga oʻxshamayapti.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Ha, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyasi rasmdagidan ancha ilgarilib ketgan.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Rassom evolyutsiya va tabiat qununlarini chetga surib qoʻyib, kelajakda joʻjalarni monstrsifat inkubatordan chiqarish mumkin, deb tasavvur qilgan. Bir yoqdan tuxum solasiz, bir necha daqiqadan soʻng ikkinchi yoqdan joʻjalar chiqib kelaveradi. 

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Rasmdagi bu uy zamonaviy gʻildirakchali uylarga oʻxshab ketar ekan.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Robot-sartaroshlar barcha ishlarni oʻzlari bajaradilar, shunchaki inson tarafidan boshqarib turilsa, bas.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Oʻzingizni avtomatlashtirilgan mashina ixtiyoriga topshirsangiz, hech qanday goʻzallik salonining keragi, yoʻq, shunchaki uni dastak orqali boshqarib tursangiz, boʻldi.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Mijozning oʻlchamini olib, bir zumda kostyumni bitirib, tayyor qilib beradigan mashinalar yaratilishi taxmin qilingan. 

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Oʻzi chaladigan orkestr. Ha, iPod ularning hayolining uchiga ham kelmagan koʻrinadi.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Ushbu texnika vertolyotni eslatadi. Muallif deyarli adashmagan.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

1937 yildagi “Gindenburg” dirijablining halokati boʻlmaganda, ular urfdan chiqmas edi va kelajakda rasmdagi narsalar boʻlishi mumkin edi.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Muallifning ushbu tasavvuri amalga oshmagan boʻlsa ham, aerotaksilar haqidagi hayoli yomon emas.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Uchish moslamasi boʻlgan oʻt oʻchiruvchilar. Ha, muallifning kelajak haqidagi tasavvuri tahsinga loyiq.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Bizning pochtachilar esa haliyam velosipedda yuradilar. Rasm muallifi hayolida ancha ilgarilab ketibdi.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Uchar politsiyachi havoda uchish qoidalarini buzgan shumtakalarni toʻxtatmoqda.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Ushbu rasm muallifi texnika juda rivojlanishi haqida oʻylabdu-yu, biroq kiyimlar shunga yarasha oʻzgarishi haqida oʻylab koʻrmabdi-da.

100 yil avval odamlar kelajakni qanday tasavvur qilishgan?

Muallifning smartfonlar haqidagi ushbu rasmi haqiqatga judayam yaqin. Kelajak haqidagi eng genial bashorat mana shu rasm boʻladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar