2019-yilda ajralish qaroriga kelgan 5 ta mashhur juftlik

Albatta, 2019-yil koʻp quvonchli voqealarni (masalan, Jennifer Lopezning unashtiruvi kabi) onlarni berdi, ammo juda koʻp juftliklarning ajralishlariga ham guvoh boʻldi.
Yilning eng shov-shuvli ajrimi. Gollivud yulduzlari deyarli oʻn yil uchrashishdi va 2018 yilda turmush qurishdi. Biroq, olti oydan soʻng, taniqli shaxslar ajralish haqida eʼlon qilishdi (Instagramdagi sahifalarida). Mayli Sayrusning vakili ham Liam va Mayli ajralishgani haqidagi xabarni joylashtirdi. Oʻz navbatida Liam Xemsvort Instagramda oʻzining sobiq xotiniga baxt va sogʻlik tilab soʻzlar qoldirgan.

Ledi Gaga Kristian Karino bilan unashtirilganligi barchaga maʼlum edi, ammo tez orada ular aloqani toʻxtatdi. Insayderlarning soʻzlariga koʻra, ajralish sababi Karinoning haddan tashqari rashqchiligi boʻlgan. Bundan tashqari, xanandaning doʻstlari uning juftiga yoqimsiz munosabatda boʻlishgan. shu kabi balki umuman boshqa sabab bilan ikki yillik munosabatlardan soʻng, juftlik ajralishdi. Ularning birga boʻlishlariga esa hech qanday umid yoʻq emish!

7 yillik munosabatlar va kutilmagan ajralish... Barchasi Gollivud aktyorining xiyonati tufayli yuzaga keldi. Juftlik oʻzaro munosabatlarni yashirgan boʻlishlariga qaramay, janjallar toʻgʻrisida matbuotga xabarlar tarqaldi.

Oʻtgan yilning eng kutilmagan va shov-shuvli ajralishi. Toʻrt yillik kuchli munosabatlar va qiz farzand... Ularning munosabatlari haqida juda koʻp mish-mishlar tarqaldi, chunki bu juftlikdan ular uzoq va kuchli munosabatlarni kutishgan. Hozircha Irina Shayx va Bredli Kuper oʻrtasidagi kelishmovchilikning asl sababi oshkor qilinmadi.

Ushbu yulduz juftlikning munosabatlari har doim beqaror edi. Ular 2015 yildan uchrashishni boshlashdi, lekin doimo ajralishdi va yana birlashishdi. Biroq, mashhur model Malikning ichki muammolarini yengishga qodir emas edi, bu uning ishi va doʻstlari bilan munosabatlariga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Jiji Malik bilan xayrlashishga qaror qildi, ammo uning fikriga koʻra, u mashhur qoʻshiqchini hali ham yaxshi koʻradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



