Qiziqarli

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar
2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yilning 14 yanvar kuni xonandalar Dilsoʻz va Farrux Raimov xonadonida oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Bu ularning uchinchi farzandlari boʻlib, chaqaloqqa Muhammadsaloh deb ism qoʻydilar. Farrux va Dilsoʻz 2015 yilning oktyabr oyida qiz farzandli boʻlib, unga Dilsoʻz, deb ism qoʻyishgan. 2017 yilning sentyabr oyida yana qiz farzand koʻrgan edilar.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yilning fevral oyida “Ummon” guruhining aʼzosi Shohruh ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar boʻldi. Eslatib oʻtamiz, xonanda 2016 yilning avgust oyida turmush qurgan va 2017 yilning oktyabrida ilk marotaba otalik baxtiga erishgan edi.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yil 4 aprel kuni Nilufar Usmonovaning maʼmuri Jamshid Bobojonov va xonanda Umidaxon xonadonida oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Chaqaloqqa Muhammad deb ism qoʻyishdi.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 aprel oyining boshida aktrisa Saida Saidbekova ikkinchi marotaba qiz farzandli boʻldi.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yil 4 iyun kuni aktrisa Sevara Soliyaeva va xonanda Maʼmur Sultonovlar oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi. Chaqaloqqa Umar, deb ism qoʻyildi. Bu juftlikning birinchi oʻgʻillarining ismi Sultonbek, u 4 yoshda.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yil 7 iyun kuni ʼBravo” guruhining aʼzosi Shahloxon yana bir bor onalik baxtiga muyassar boʻldi. Shahloning bir oʻgʻil va bir qiz farzandi bor edi, bu uning uchunchi farzandi.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

Marhum Moʻmin Oripovning bevasi Kamola Oripova 2019 yilning avgust oyida qiz farzandlik boʻldi. Kamola 2 yil avval turmushga chiqqan edi. Chaqaloqqa Bibi Maryam, deb ism qoʻyildi. Eslatib oʻtamiz, Kamolaning Moʻmin Oripovdan koʻrgan Bilolbek ismli oʻgʻli bor.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yil 25 avgust kuni “Sharq” guruhining aʼzolari Tatyana va Sarvar qiz farzandli boʻldilar. Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurgan. 2016 yilda oʻgʻil farzandlik boʻlishgan edi.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yil 16 sentyabr kuni Muhammad Ali Navroʻzov ikkinchi marotaba ota boʻldi. Chaqaloqqa Madina deb ism qoʻydilar. Aktyor 2018 yil may oyida ogʻil farzad koʻrgan va unga oʻzi kabi Muhammad Ali deb ism qoʻygan.

2019 yilda farzandli boʻlgan yulduzlar

2019 yilning dekabr oyida aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva va aktyor Yigitali Mamajonov oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Chaqaloqqa Xadicha deb ism berildi. Eslatib oʻtamiz, bu juftlik bir yil avval oʻgil farzand koʻrgan va unga Abubakr deb ism qoʻygan edi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar