Sayohat

2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli davlatlar roʻyhati eʼlon qilindi

2020 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli davlatlar roʻyhati eʼlon qilindi

Liviya,Somali, Afgʻoniston va Venesuela, sayohatchilar uchun ayniqsa ishonchsiz mamlakatlar yetakchilari orasida. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bu davlatlarda 2020 yilda uchala koʻrsatkich boʻyicha ham yuqori xavflar kutilmoqda.

Niger,Gvineya, Syerra-Leone Respublikasi, Liberiya, Janubiy Sudan, Eritreya va Markaziy Afrika Respublikasi mutaxassislar tomonidan sayyohlarning salomatligi uchun xavfli deb topildi. Shaxsiy xavfsizlik uchun xavf-xatarlar Suriya, Yaman, Iroqva Nigeriya hududlarida mavjud boʻlib, avariya xavfi Beliz, Dominik Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Tailand va Vetnamda mavjud.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, dunyodagi eng xavfsiz davlatlar Finlyandiya, Norvegiya,Islandiya, Shvetsiya va Grenlandiya hisoblanadi. Kelgusi yilda sogʻliqni saqlash uchun minimal xavf Kanada, AQSh, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiyada boʻladi deb tahmin qilindi. Islandiya, Shveytsariya va Sloveniya shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan eng ishonchli hisoblanadi va Evropa mamlakatlarining koʻpchiligida, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada yoʻl transport hodisasiga uchrash ehtimoli kam.

5-sentabr kuni Jahon iqtisodiy forumi ekspertlari sayyohlik raqobatbardoshligining xalqaro reytingi doirasida "Sayohat va turizmning raqobatbardoshligi 2019" hisobotida Finlyandiyani dunyodagi sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakat deb eʼlon qilishdi. Islandiya ikkinchi, Ummon sultonligi uchinchi oʻrinda.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar