Dunyodagi eng badavlat 5 reper kim ekanligini bilasizmi?

Amerikalik ijrochi Jay-Z ning boyligi 1 milliard dollardan oshiqroq boʻlib, u har yiri Forbes jurnali tomonidan tuziladigan eng badavlat reperlar reytingida birinchi oʻrinni egallab keladi.
Avvalroq mazkur jurnal 2019 yilda Jay-Z tarixdagi birinchi milliarder reperga aylangani haqida maʼlum qilgandi. Ijodkorning oilaviy byudjeti esa ushbu raqamlardan ham oshib ketadi. U rafiqasi Beyonce bilan birgalikda umumiy qiymati 1,4 milliard dollarni tashkil qiluvchi aktivlarga egalik qiladi.

Ikkinchi oʻrin esa taniqli reper hamda prodyuser Dr. Drega tegishli. U besh yil avval Apple korporatsiyasi bilan hamkorlikda Beats Electronics quloqchinlari hamda dinamiklarini ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga asosan oʻzining milliarderga aylangani haqida eʼlon qilgan boʻlsa ham, bugungi kunda uning umumiy boyligi 800 million dollarga teng boʻlib turibdi.

Uchinchi oʻrin esa xip-xop ijrochisi Diddyga tegishli boʻlib, reper avvalroq Puff Diddy hamda P. Diddy nomi bilan ijod qilib kelgan. Ijodkorning umumiy boyligi 740 million dollarga teng. Oʻtgan yil natijalari bilan solishtiradigan boʻlsak, ijrochi oʻz kompaniyasi bilan bogʻliq muammolar sababli reytingda bir pogʻona pastga tushib qolgan. Ammo, Forbes jurnali Jay-Z dan keyingi reper-milliarder aynan Diddy boʻlishini tahmin qiladi.

Reytingimizning toʻrtinchi oʻrnidan joy olgan ijodkor Kanye Uest hisoblanadi. Kanye bugungi kunda 240 million dollar miqdoridagi boylikka egalik qiladi. U 2019 yilda Adidas - sport liboslari kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani tufayli ilk marta eng badavlat reperlar beshtaligiga kira oldi.

Dunyodagi eng boy reperlar beshligini xip-xop ijrochisi, kanadalik Drake (Dreyk, Obri Djeyk Grem) yopib beradi. Ayni vaqtda 32 yoshda boʻlgan ijodkor reytingdagi eng yosh ijrochi hamdir, ammo u yosh boʻlishiga qaramay 150 million dollar miqdoridagi boylik yigʻib qoʻyishga ulgurgan. Soʻnggi yil ichida reper omadli sarmoyalari va daromadli gastrol turi sharofati bilan oʻz boyligini ikki karra koʻpaytirish imkoniyatiga ega boʻldi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



