Qiziqarli

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Yosh qizlar kichik klatchlarni kundalik hayotda ham ishlatishga odatlanganlar. Ammo 25 yoshdan soʻng ushbu aksessuarni faqatgina bazm va tantanalar uchun saqlab qoʻyishingiz toʻgʻri boʻladi. Kundalik obrazlar uchun esa kichik oʻlchamli sumkalarga eʼtibor qaratganingiz maʼqul.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Odatda bunday bilaguzuklar oʻz sohibasi uchun juda qadrdon boʻladi va maʼlum bir hodisa yoki inson haqida eslatib turadi. Ammo tan olib aytish kerakki, bu turdagi aksessuarlar bolalarga hos. Shuning uchun yoshi kattaroq insonlarga bunday taqinchoqlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Bunday kolgotkalarni faqatgina maktab yoshidagi qizaloqlar kiysa yarashadi. Yorqin rangli kolgotka kiyib olgan katta yoshli qizlar nafaqat gʻalati, balki juda kulguli koʻrinadilar.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Haddan ortiq keng tolstovka oʻsmir qizlarni nozik va chiroyli koʻrsatishi mumkin, ammo kattaroq yoshdagi qizlarni “oʻziga nisbatan beeʼtibor inson”dek koʻrsatib qoʻyadi. Shuning uchun oʻz oʻlchamingizga mos liboslar tanlashga harakat qiling.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

25 yoshdan oshgach, trikotaj koftalaridan koʻra chiroyli koʻrinishdagi bleyzerlar sizga koʻproq yarashishini oʻzingiz ham tushuna boshlaysiz. Shuning uchun trikotaj kardiganlaringiz bilan xayrlashavering.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Balki bu turdagi koʻylaklar 10 yil avval sizni qoʻgʻirchoqdek koʻrsatgandir, ammo endilikda juda nooʻrin va hunuk koʻrinadi.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Balki qaysidir qoʻshiqchi yoki jamoaning muxlisidirsiz? Ammo bizningcha bunday liboslardan ham voz kechish payti yetdi. Ular koʻrinishingiz haqida kulgusi taassurot uygʻotishi mumkin.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Jozibadorlikdan kulguli koʻrinish sari bir qadam!

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Aslida bunday shimlar hech kimga, hatto yoshlarga ham yarashmaydi. Shuning uchun bu turdagi shimlar harid qilish haqida oʻylab ham oʻtirmang!

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari

Ayni paytda soʻz goʻzallik yoki jozibadorlik haqida emas, aynan salomatlik yuzasidan boradi. Vyetnamkalarning haddan ortiq yumshoq tagcharmi shahar koʻchalarida harakatlanish, kundalik poyabzal sifatida kiyish uchun moʻljallanmagan. Bunday tavakkal qadam oyoqlar salomatligi bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

25 yoshdan oshganlar uchun voz kechish maʼqul boʻlgan moda trendlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar