XX asrning birinchi yarmidagi eng kassabop boʻlgan film haqida 6 ta qiziqarli maʼlumot

Suratga olingan birinchi epizod - Skarlett va Rettning Atlantadagi yongʻindan qochishi. Haqqoniy chiqishi uchun rejissyorlar butun blokni, sahna koʻrinishlari bilan yoqib yuborishga qaror qilishdi. Va oʻsha paytda Skarlett roli uchun aktrisa hali tanlanmaganligi sababli, uni nomaʼlum nomzod ijro etgan.

Klark Gable bu rolga darhol maʼqullandi, ammo Skarlett hali hanuz topilmadi. 1400 nafar nomzodlar tekshirildi. Shundan soʻng kastingda “Salom, men Skarlett Oʻhara!” deya ishtirok etgan Vivien Li tasdiqlandi.

Viven Liva Klark Geybl suratga olish maydonchasi tashqarisida bir-birlariga juda sovuq munosabatda boʻlishardi. Bir marta aktrisa Klarkning ogʻzidan sarimsoq hidi kelib turishi va undan boʻsa olishdan nafratlanishi tan oldi.

Bilasizmi, nima uchun film darhol mashhurlikka erishdi? Chunki u rangli ravishda suratga olingan. Operatorlar Technicolor tizimidan foydalangan holda (qizil, koʻk, yashil filtrlar orqali uchta sinxron oq va qora negativlardan foydalanishgan).Ajablanarli joyi yoʻq, juda katta miqdordagi plyonkalar ketdi va tomoshabinlar Skarlettning zamonaviy qiyofasini koʻrib aqldan ozishdi.

Premyera kuni, 1939 yil 15-dekabr, Atlanta shahridagi kinoteatr yonida 300 ming kishi yigʻilgan edi. Chipta narxi 10 dollar atrofida baholangan boʻlishiga qaramay, bir donasini 200 dollarga sotgan chayqovchilar ham yoʻq emas edi.

Oʻsha mashhur “Shamollarda qolgan hislarim” kinokartinasi 8 ta Oskar mukofotigasa zovor boʻldi. Bundan tashqari, Mammi rolini ijro etgan Xetti Mak Daniel faxriyh aykalchani olgan birinchi qora tanli aktrisaga aylandi. Ammo irqiy kamsitish oʻz taʼsirini oʻtkazmay qoʻymadi: aktrisaga marosimga qatnashish taqiqlangan edi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



