7 nafar eng taniqli "Robinzon"lar

Qiziqqonva oʻzboshimcha boʻlgan Aleksand Selkirk doim kema sardori kapitan Stradling bilan toʻqnashuvlarga yuz tutgan. Mas-A-Tiyerra oroli yonida sodir boʻlgannavbatdagi janjallashuvdan keyin, Selkirk uni orolda tashlab ketishlarini talab qildi. Aytildi-bajarildi, janjalkashning talabi qoniqtirildi. Kemaga qaytishga urinishlar hech nimaga olib kelmadi. Quvgʻin qilingan botsman orolda toʻrt yil bir oʻzi yashadi. Bu erda u ikki kulbani va kuzatish nuqtasini qurib olib, yovvoyi echkilarni ovlash bilan tirikchilik qilgan. U oʻz uyiga qaytgach, oʻzining sarguzashtlari haqida koʻp gapirib bergan. Selkirk yana dengizni sogʻingan edi, u leytenant lavozimida qirollik flotiga qoʻshilib, qirollikning "Veymut" kemasida sariq bezgak kasalliidan halok boʻlgan.

2014-yil boshida Tinch okeanidagi Marshall orollarining bir qismi boʻlgan Ebon atollida ikki mahalliy aholi vakili bir odamni topib oldilar. Topilgan odamning gapiga qaraganda, u dengizda 16 oy vaqtni oʻtkazgan. Ushbu safar davomida uning qayigʻi vayron boʻlib vintidan ayrilgan. Shunisi aniqlanganki Xose Ivan va uning doʻsti 2012- yilning kuzida Meksikadan suzib ketib, Salvadorga yoʻl olgan. Halokat sodir boʻlganidan keyin ular uzoq vaqt okeanni kezib yurishgan, Xosening doʻsti bir necha oy oldin vafot etgan ekan. Ular baliq, qushlar bilan oziqlangan, yomgʻir suvi va toshbaqa qonini ichganlar. Topilgan dengiz Robinzoni hozir juda ismi-jismiga mos koʻrinadi: uning uzun sochlari va soqoli bor.

1977-yilning fevralida Indoneziyaning Sumatra orolida Imayata ismli qiz doʻstlari bilan daryoga baliq ovlash uchun borgan edi. Baliq ovlash paytida qayiq agʻdarilib ketib qizcha uyga qaytib kelmagan. Hamma Imayata halok boʻlgan deb hisoblagan edi. Uni tasodifan 1983- yilda topib olganlar. Olti yildan ortiq bir oʻzi yolgʻiz yashab turgan oʻn ikki yoshli qiz hatto ona tilini ham unutishga ulgurgan edi. Sevimli kizini hayolan allaqachon oʻldiga chiqarib boʻlgan ota-onasi, uni darrov tanigan ekan.
4. Rekordsmen.Djeremi Bibs
1911-yilda Tinch okeanning Janubiy qismida boʻron paytida "Benuqson baxt" ingliz shxunasi choʻkib ketgan. Sohilga yetib borish va kimsasiz orolda jon saqlab qolish faqat 14 yoshli Jeremi Bibsga nasib qilgan. Bolakayni tom maʼnoda adabiyot qutqargan - u Daniel Defoning romanini juda yaxshi koʻrardi va deyarli yoddan bilardi. Bibs yogʻoch taqvim yurita boshlagan, kulba qurgan, ov qilishni oʻrganib olgan, meva yeb, kokos sutini ichgan. U orolda yashagan paytida, dunyoda ikkita jahon urushi sodir boʻlgan, atom bombasi va shaxsiy kompyuter yaratilgan. Bibbs bu haqda hech narsa bilmagan. Uni tasodifan topib olishgan. 1985- yilda german kemasining ekipaji kutilmaganda “Robinzonlar” ichidagi rekord oʻrnatgan 88 yoshli qariyani topib olgan va uni vataniga yetkazib qoʻygan.

Birjadagi amaliyot natijasida 6,5 million AQSh dollarini yoʻqotganda odam nima qiladi? Javoblar juda koʻp boʻlishi mumkin, ammo Devid Gleshin oʻz yoʻlini oʻylab topdi: 1993- yilda Avstraliyaning shimoliy-sharqiy qirgʻogʻida joylashgan “Vozrojdeniye” (Restoration Island) orolining uchdan bir qismini 43 yilga ijaraga olgan. Shartnomaning shartlariga koʻra u bu yerda baliqchilik va sayyohlik infratuzilmasini yaratishi kerak. Devid vaʼda qilingan narsani bajarish uchun pinagini ham buzib qoʻygani yoʻq. U yiliga 13 000 funt toʻlaydi va bu yerda tarki dunyo tarzda hayot olib boradi. Pulni Devid Internet orqali birja oʻyini bilan topadi. U sabzavot yetishtiradi, oʻzi pivo tayyorlaydi. Sud qaroriga koʻra, unga orolni tark etish buyurilgan, ammo Broker-Robinzon katta dunyoga qaytishni istamaydi. U orolda oʻzining Kvazi laqabli iti bilan birga juda qulay yashab kelmoqda.

Oʻtgan asr 60-yillarning boshlarida Brendon Seyshel orollariga mehnat safari bilan borgan. Bu xizmat safari uning hayotini butunlay oʻzgartirib yuborgan - u hayot uchun yaroqsiz boʻlgan Muayen orolida qolishga qaror qilgan edi. Grimshou tadbirkor boʻlgan va oʻzining yolgʻizligiga huquqiy asosni taʼminlash uchun yetarli mablagʻga ega boʻlgan. Brendon orolni sotib oldi va bu yerda avval yashaganlarni qidira boshladi. Uning izlanishlari muvaffaqiyatli boʻlib, u Rene Lafortuno ismli Kreolni topib oldi. U Brendonning tarixidan shu qadar ilhomlangan ediki, oʻzining xotini va bolalarini qoldirib, Grimshouga sherik boʻldi. "Robinzon va Jumaboy" nafaqat orolda shunchaki yashaydi, balki barcha vositalar bilan tabiatni asrab, qoʻllab-quvvatlaydi. Ular 16 000 donadan daraxt ekdilar, toshbaqalarni boqadilar va qushlar hayoti uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan shugʻullanadilar. Buning uchun Brendon hatto oʻz oroliga ichimlik suvini ham oʻtkazgan. Ularning harakatlari ijobiy baholandi: 2008- yilda orol milliy bogʻ maqomiga ega boʻldi. Bugungi kunda Grimshou tarixi keng tanilgan va orol doimiy ravishda sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadi. Brendonning yolgʻizlik kunlari endi boshlangan paytlari toʻgʻrisidagi xotira sifatida u "Erkak va uning oroli toʻgʻrisida hikoya" nomli kitob yozdi.

Qachonlardir Masafuni Nagasaki fotosuratchi boʻlgan, koʻngilochar industriya sohasida ishlagan, ammo jamiyat tomonidan oʻrnatilgan meʼyorlar uning ozodlikni sevuvchi tabiati uchun kamlik qilgan. Shundan keyin u odamlar dunyosini tark etishga qaror qildi. Mana 20 yildan ziyod vaqt mobaynida Masafuni Okinava prefekturasidagi Iriomote orolining gʻarbiy qirgʻogʻi tomoniga chegaradosh Sotobanari orolida yashab keladi. Ihtiyoriy Robinzon guruch bilan oziqlanadi, butun orol boʻylab qoʻyib chiqqan koʻzachalarga yigʻilgan yomgʻir suvini isteʼmol qiladi. Masafuni inson zoti yashaydigan eng yaqin aholi punktiga (okean boʻylab bir soatlik yoʻl) guruch uchun borganida bir haftada bir marta kiyinadi. Pulni unga qarindoshlari joʻnatib turadi. Nagasaki oroldagi oʻz ixtiyoriy qamalib olishining maqsadini juda oddiy ifodalaydi: "Oʻlishni istagan joyni topish juda muhim, va men mana shu yerda sokinlikni topishga qaror qildim" - deydi u.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



