Sayohat

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Sayr hafsalani pir qilmay, haqiqatdan ham kungildagidek oʻtishi uchun u toʻgʻrisida bilish zarur boʻlgan bir talay oʻta nozik jihatlari bor.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Tabiyat qoʻynida tunni oʻtkazmoqchi boʻlganlar uchun uyqudan oldin gulxan yoqishga kerak boʻladigan oʻtin toʻplamogʻi toʻgʻrisida bosh qotirish kerak boʻladi. Shu bilan birga, quyidagi qoidaga amal qilish maqsadga muvofiq: yetarlicha oʻtin yigʻilgandek tuyulgan zahotiyoq undan 5 barobar koʻproq oʻtin yigʻib qoʻyish kerak boʻladi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

"Yomon ob-havo boʻlmaydi, yomon kiyim boʻladi" degan matal bor. Hamma narsaga tayyor boʻlish kerak, ayniqsa sharros yomgʻir yoki jalaga.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Har doim qayerga ketayotganlik toʻgʻrisida va moʻljaldagi qaytish vaqti toʻgʻrisida biror kimsani habador qilib qoʻyish kerak. Shunday qilinsa, agar inson belgilangan vaqtda qaytmagan taqdirda, u yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin boʻladi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Istalgan ob-havoda ham oʻt yoqish imkoni borligiga ishonch hosil qilib olish kerak boʻladi. Bu shuni anglatadiki, qoʻl ostida doim suv oʻtmaydigan narsaning ichida gugurt yoki chaqmoqtosh, zamonaviy til bilan aytilganda esa - zajigalka boʻshlishi kerak.

Shuningdek, koʻpchilik joylar uchun repellent, yaʼni kemiruvchilar va hasharotlarni hurkitib haydaydigan hamda ulardan himoyalaydigan kimyoviy vosita ham kerak boʻladi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Sayr rejalashtirilganida qoʻshimcha bir juft issiq paypoq hech ham zarar qilmaydi. Kiyimning boshqa turdagilari havoda qurib qolganda ham paypoqlar doim nam boʻlib qolaveradi. Nam paypoq esa oyoqlaringizni oʻta badboʻy hid bilan qoplagani yetmaganday oʻz atrofida oʻta xavfli bakteriyalar va zamburugʻlar koʻpayib rivojlanishi uchun juda ham qulay muhitni yaratadi. Shuning uchun, yaxshisi, qoʻshimcha toza va quruq paypoq olib oling.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Yoningizda doimo baquvvat fonarchangiz boʻlsin, ayniqsa toqqa chiqqan paytingizda. Agar fonarchangizning nurlari tuman uzra oʻta olmasa bu juda ham achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Oʻz kuchlarini va imkonlarini bilgan va shuni hisobga olib, ish tutgan maʼqul. Agarda kim avvallari hech ham toqqa chiqmagan boʻlsa, u tajribali yoʻl boshlovchiga murojaat qilgani maʼqul. Bu har qanday holatda ham hech ortiqcha boʻlmaydi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Noqulayliklarga tayyorgarlik koʻrib qoʻyish kerak boʻladi. Piyoda turizm davomida inson doimo oʻzida toliqishni sezishi, sovqotishi, yuqori namgarchilikdan qiynalib, azob chekishi mumkin. Buning hammasiga tayyor boʻlish kerak. Sayohatning jozibadorligi koʻp narsada unga boʻlgan munosabatga bogʻliq.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Quyosh nuridan himoyalovchi kremni ham unutmaslik lozim, garchi tashqarida sovuq ob-havo humronlik qilganda ham. Qordan aks ettirilib qaytadigan quyosh nuri ham oʻta kuchli kuyib qolishga olib kelishi mumkin.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Bugungi kunda hamma ilgʻor texnologiyalarga oʻrganib qolgan boʻlishiga qaramay, agarda kim "taraqqiyotdan uzoqroqqa" safar qilish istagida boʻlsa, oʻzi bilan birga xarita va kompasni olib olishni unutmasligi kerak. Qoʻl telefoni xizmat koʻrsatish doirasidan tashqarida boʻlishiga tayyor boʻlish kerak.

Agar oʻrmonning ichiga yoki toqqa chiqib safar qilinsa, yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan odamlar doim ham topila olmasligini chuqur anglab olmoq lozim.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Agarda kim oʻrmonda hojatxona qogʻozisiz qolib ketguday boʻlsa, u bu haqda juda ham afsuslanadi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Barcha eng muhim narsalarni suv oʻtkazmaydigan ryukzak yoki sumkaning ichiga joylashtirish kerak. Odam chiqqa hoʻl boʻlib ketsa-yu, tashqaridagi harorat tushib ketsa, bunday hollar uchun ana shunaqa ryukzak yoki sumkaga oldindan zahira qilib quruq kiyimni joylash maqsadga muvofiq boʻladi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Doimo oʻzi bilan birga dorilar qutisini ehtiyot - shart olib yurish kerak. Albatta, har qanday tasodifiy hodisadan hech kim sugʻurtalangan emas, ammo, bintlar, antiseptiklar, antibiotiklar va xokazolar doimo qoʻl ostida boʻlishi kerak.

Shuningdek, oʻzi bilan birga lablar uchun malhamni ham olib olish kerak, ayniqsa, safaр shimol tarafga yoki toqqa rejalashtirilsa. Lablardagi yoriqlar butun safarni puchga chiqarishning eng kafolatlangan usuli.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Shishiriladigan yostiqlar - bu dunyodagi eng qulay narsa emas, ammo u boshning tagiga yostiq sifatida oʻrab yoki taxlab qoʻyiladigan sviterdan koʻra ancha yaxshiroq. Uyquni maroq bilan oʻtkazib, dam olishdan oʻzingizni mahrum qilish bunga arzimaydi.

Tabiat qoʻyniga sayr qilishga qaror qilganlar uchun 15 nafar qimmatli maslahatlar

Poyafzalni hech ham chodirdan tashqarida qoldirib boʻlmaydi, ayniqsa, turist janub tomonlarda dam olayotgan boʻlsa. Bu kengliklarda zaharli sudralib yuruvchi jonivorlar va hasharotlar limmo-lim! Yaxshisi poyafzalingizni biror xaltaga solib va mahkam bekitib, chodirning, yaʼni palatkaning ichidagi balandroq joyga xalaqit bermaydigan holda ilib qoʻying.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar