8-mart xotin-qizlar bayramiga taqdim etish mumkin boʻlgan barchaga birdek yoquvchi sovgʻalar

Koʻpgina zamonaviy qizlar kosmetika va zamonaviy gadjetdan foydalanadi. Ushbu sovgʻa esa bu ikki buyumni birlashtiradi. Bunday goʻzallik taxtasi yordamida sovgʻa bermoqchi boʻlgan insoningiz bir vaqtning oʻzida pardoz qilishga ham, sevimli kino yoki koʻrsatuvini tomosha qilishga ham ulguradi.

Kesilgan gullar bilan insonga uzoq muddat sevinch hissini bera olmaysiz. Koʻproq quvonch baxsh etishni istasangiz tuvakda gul hadya eting.

Agar sizning qiz doʻstingiz kitob mutolaa qilishni yoqtirsa yoki boʻlmasa filmlar ishqibozi boʻlsa, unga noodatiy zargarlik buyumlarini berishingiz mumkin.

Goʻzallik salonlari, fitnes markazi, yoga, massaj, raqs, fotosessiyalarga oldindan chipta yoki yoʻllanmalar harid qilib yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin.
Shuningdek, onlayn-doʻkonlar vaqti-vaqti bilan pulli obunalar bilan aktsiyalar oʻtkazadi. Masalan, siz obuna boʻlishingiz orqali qiz doʻstingiz har oy qimmatbaho kosmetika vositalarini oladi. Bu qizlar uchun juda yoqimli albatta!
Asosiysi, uni hafa qilib qoʻymaslik. Masalan, agar siz fitness mashgʻulotlari uchun aʼzolik yoʻllanmasini bersangiz-u, qiz buni haqorat sifatida qabul qilsa: “Men ortiqcha vaznga egamanmi?” kabi oʻy hayolidan ham oʻtishi mumkin. Sovgʻa borasida imkon qadar uning feʼl-atvorini inobatga olgan holda qaror qabul qiling.

Agar 8-mart sovgʻasi shirinlik va guldastasiz toʻliq boʻlmaydi desangiz u holda ularni birlashtiring. Bu sovgʻa juda ajoyib boʻlishiga vaʼda beramiz.

Agar 8-mart uchun telefonni sovgʻa sifatida tanlagan boʻlsangiz, uni muqovasi ajoyib kitobning ichiga joylab taqdim qiling. Qanday deysizmi? Kitob yoki daftarning ichidagi sahifgalarini telefonning kattaligida toʻrtburchak qilib kesib oling. Ichiga telefonni joylang va qiz doʻstingizni qoyil qoldiring.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



