Tarvuz haqida 6 ta kutilmagan fakt


Yuz mingga yaqin manbalar tarvuzni poʻchogʻini tashlab yubormaslikni maslahat beradilar. Maʼlum boʻlishicha, ulardan C, B1, B2 vitaminlariga boy boʻlgan kokteyl tayyorlash mumkin. Tarvuz poʻchogʻini kichkina kubiklar shaklida kesib, uni limon, bodring va ezilgan muz bilan birga blenderga soling.
Tarvuzga qoʻshib uning danagini ham yeyish mumkin. Aslida tarvuzning danagi qovoq urugʻi hamda pistadan farq qilmaydi. Tadqiqotlar tarvuzning danaklari yalligʻlanishga qarshi kurasha oladigan xususiyatga ega ekanligini, teriga ijobiy taʼsir qilishini koʻrsatdi. Bundan tashqari tarvuzning urugʻi tarkibida temir, rux, oqsil va kletchatka kabi moddalar mavjud.

Aslida meva hisoblangan ushbu poliz ekini asosan suvdan iborat ekanligini hamma biladi. Ha, tarvuzdagi suv miqdori 91% ni tashkil etadi. Tarvuz kaloriyasi kam boʻlgan eng shirin poliz ekinidir, 100 gr tarvuzda bor - yoʻgʻi 38 kaloriya mavjud.

Tarvuz A va B6 vitaminiga boy, shuning uchun u koʻz nurini ravshanlashtiradi, aqliy qobiliyatning koʻtaradi, tiniq fikrlashga va xotiraning yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Tadqiqotlardan maʼlumki, tarvuz ham baʼzi mahsulotlar kabi organizmning ultrabinafsha nurlariga qarshiligini oshiradi. Biroq bu quyoshdan himoyalovchi kremlardan voz kechish kerak, degani emas. Axir ular tanani zararli quyosh nurlaridan saqlaydi.

Olimlarning taʼkidlashlaricha, tarvuz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, buyrak va jigarni tozalaydi, yurak qon-tomir tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi hamda tanani chiqindilardan tozalaydi. Agar sizda tarvuzni isʼtemol qilishga qarshi koʻrsatmalar boʻlmasa, kuniga 3 kiloggrammgacha tarvuzni qoʻrqmay yeyishingiz mumkin.

Tarvuz organizm uchun eng xavfsiz hisoblangan mahsulotlardan biridir. Bugungi kunda bu ayniqsa muhimdir. Biroq shuni tan olish kerakki, oxirgi paytda koʻpgina mahsulotlar nitratlar yordamida yetishtirilmoqda, bu esa oʻz navbatida mahsulotning foydali xususiyatini kamaytiradi. Tarvuzning sogʻlomligini tekshirish uchun uning kesilgan bir boʻlagini suvga solib koʻrishning oʻzi kifoya. Agar 1-1,5 soatlardan keyin suv ozgina xiralashsa, tarvuz yeyishga yaroqlidir. Agar suv toʻq pushti, qizil yoki olovrangga kirsa, bu mevani tashlab yuborgan maʼqul.

1.Tarvuz tanlayotganda oʻrtacha kattalikdagisiga eʼtibor bering, uning ogʻirligi 5-7 kg dan oshmasligi lozim.
2. Shakli yassiroq tarvuzlar eng shirini hisoblanadi, ularning danagi ham kamroq boʻladi.
3. Tarvuzning dumi qurigan va sariq boʻlishi kerak – bu uning pishganligining belgisidir. Tarvuzning yashil dumi uning yetilmaganligini bildiradi.
4. Tarvuzning yetilganligini uni urib koʻrib ham bilish mumkin: uning ovozi boʻgʻiqroq boʻlishi kerak va siqib koʻrilganda tarsillashi kerak.
5. Yaxshi tarvuzning poʻstlogʻi biroz yaltirab turadi va bir tarafi ozgina sargʻaygan boʻladi, chunki tarvuz pishayotgan vaqtida aynan shu tarafi bilan yerda yotgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



